6. EM prinsipial sxemalari.
6.1. Knopkali rele, yo’nalish relesi, takrorlanishga qarshi rele va bekor qilish relesi sxemalari.
Knopkali rele signallarini boshqarishda DSP komandalarini qabul qiladi. Poyezdli va manyovrli svetoforlar uchun ular bir svetoforga bir rele hisobida o‘rnatiladi. Birlashtirilgan svetoforlar uchun ikkita knopkali rele o‘rnatilgan bo‘lib, birinchisi poyezdli ko‘rsatkichlarni boshqarish uchun komandani qabul qilsa, ikkinchisi esa manyovrli uchun mo‘ljallangan. Turlicha yo‘nalishdagi (juft, toq) va toifalardagi (poyezdli, manyovrli) bir vaqtning o‘zida qarama-qarshi yo‘nalishli marshrutlarni o‘rnatish komandalarni qabul qilish imkoniyatini istisno qilish uchun knopkali rele guruhlanadi. Knopkali rele guruhi o‘zaro bir-biri bilan parallel, biroq o‘z guruhidagi (N, CH, NM, CHM) yo‘nalish relesi bilan ketma-ketlikda ishga tushiriladi. Aynan yo‘nalish relesi turlicha yo‘nalish va toifadagi marshrutlarni o‘rnatish komandalarini bir vaqtning o‘zida qabul qilish imkoniyatini istisno qilish funksiyasini bajaradi. Bu yo‘nalish shinalariga boshlang‘ich va yakuniy releni ulanish tartibini ta’minlab beradi. Sxemalarni ishlab chiqishdan avval [4, 155-158 bet] ni o‘rganib chiqish zarur [4, str.157,158].
Signallarni boshqaruvchi bir xil knopkani bosish natijasida svetoforni ochish yoki uni yopish komandasini qabul qiladi. Bekor qilish komandasi rele sxemasi, svetoforni ochish yoki yopish komandalarini ajratish uchun zarur. Agar strelkalar holatini nazoratini olingandan keyin svetoforni ochish zarurati paydo bo‘lsa, unda ushbu svetofor knopkasi bosiladi. Agar ochiq svetoforni yopish uchun zarurati paydo bo‘lsa, unda oldindan bekor qiluvchi guruhli knopkasi, keyin esa svetofor knopkasi bosiladi.
Himoya funksiyalari to‘liqroq hajmda yo‘nalish relesi yordamida amalga oshiriladi. Ular bir biriga zid bo‘ilishi mumkin bo‘lgan turlicha yo‘nalishdagi (juft, toq) va toifalardagi (poyezdli, manyovrli) har xil marshrutlarni o‘rnatish komandalarni bir vaqtda uzatish imkoniyatini istisno qilish uchun mo‘ljallangan. Yuqorida keltirilgan komandalarni uzatish imkoniyatlarini istisno qilishlar yo‘nalish relesining «ro‘para – umumiy» kontakt juftligining boshlang‘ich, yakuniy va signalli relelarini ishga tushirish zanjiriga ulash hisobiga erishiladi.
Svetoforlarni ochishga komandalar berishni amalga oshirish uchun knopkali rele va yo‘nalish relesi kontaktlari orqali ES avtomatiga ta’minot manbai chiqishlarini ulagan holda bajariladi. Yo‘nalish relesi kontaktlari yakuniy (VNM, VCHM), boshlang‘ich (N, CH, NM, CHM) va signalli (NS, CHS, NMS, CHMS) relelarini ishga tushirish shina(sim)larini hosil qiladi .
Qisqa vaqt ichida signal knopkasiga bitta ta’sirdan bir komandaning kelib tushishi takrorlanishga qarshi rele komplekti bilan ta’minlanadi. U takrorlanishga qarshi ishga tushiriladigan (PPV), takrorlanishga qarshi (PP) va yoqib-o‘chiruvchi (VV) relelardan iborat.
DSP ga bekor qilish komandasi svetofordagi cheklovchi marshrutni yopish va unga kiruvchi yurg‘izuvchi va himoya strelkalarini uzish zarurati paydo bo‘lgandagina beriladi, bunga ko‘ra qarama-qarshi marshrutlarni cheklovchi svetoforlardan va tutashuvlar bekor qilinadi. Eslatib o‘tamiz, BES da bekor qilish komandasi DSP ning ikkita ketma-ket harakati natijasida beriladi. Avval OGK guruhli knopkasi bosiladi, u dastlabki holatiga kelganidan keyin esa ochiq svetoforning signal knopkasi bosiladi va svetofor yopiq holatiga kelgungacha bosib turiladi, bunda tabloda o‘rnatilgan svetofor simvolidagi yashil rangdagi chiroq filtrli lampochka yonishidan to‘xtashiga guvoh bo‘lamiz.
Bekor qilish komandasi murakkab bo‘lib, ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda svetofor yopiladi va shuning uchun birinchi bosqichni «svetoforni yopiq» komandasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Ikkinchi bosqich birinchisi tugallangandan so‘ng avtomatik tarzda ishga tushiriladi. Ushbu bosqichda harakat xavfsizligi shartlarini doimiy ravishda nazorat qilgan holda marshrut uzilishini ta’minlab beruvchi bekor qilish qurilmalari ishga tushadi. Bekor qilish qurilmalarini yoqishni (OT relesi) «marshrutni uzish» komandasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
5 – rasm. Knopkali va yo’nalish relesi
6 – rasm. Takrorlashga qarshi rele
7 – rasm. Marshrutni bekor qilish relesi
Do'stlaringiz bilan baham: |