Toshkent davlat transport universiteti " Avtomatika va telemexanika "


Stansiyani rels zanjirlari bilan jihozlash



Download 2,67 Mb.
bet5/15
Sana17.07.2022
Hajmi2,67 Mb.
#815893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Shokh

3. Stansiyani rels zanjirlari bilan jihozlash.


O‘zbekiston temir yo‘llarida harakatchi birikmani joylashgan o‘rnini ko‘rsatib beradigan stansiya datchigi sifatida rels zanjirlari juda keng miqiyosda qo‘llaniladi. Ushbu rels zanjirlarining har xil turlari mavjud, lekin ularni stansiyada qo‘llash uchun quydagi alohida xususiyatlarni hisobga olish kerak bo‘ladi:
1-xususiyat. Rels zanjirlarini ta’minot manbasini va yo‘l relsini EM postiga joylashtirish, ya’ni ularni rels liniyasidan etarli darajada uzoqlashtirish. Releni chiqishlarini relsga ulash uchun xizmat qiladigan o‘tkazgichni qarshiligi 0,075 Om dan oshmasligi kerak. Rele chiqishlarini relsga ulash 1 km uzunlikdagisi 23,5 Om ni tashkil etadigan namunaviy kabel yordamida amalga oshiriladi. Agar rels liniyasi uchlari 0,5 km uzunlikdagi kabel yordamida EM posti bilan bog‘langan bo‘lsa, u xolda o‘tgazgichga bo‘lgan meyorni (0,075 Om) ta’minlash uchun 157 ta kabel tolasi parallel ulanishi ((23,5 x 0,5)/0,075= 157 ta) kerak bo‘ladi. Misning narxi baland bo‘lgani uchun bu juda katta harajatga olib keldi (bu holat o‘zgarmas tok uchun).
2-xususiyat. Strelkali elektr o‘tkazgichlar joylashgan yo‘lning tarmoqlangan qismida o‘zaro bir qancha rels liniyalari bog‘langan tarmoqlangan rels zanjirlari qo‘llaniladi.
Bu ichki izolyasiyalangan tutashma (izolyasiya stiklari) (ВИС) va o‘tkazuvchi strelka ulagichi deb ataladigan (ПСС) qo‘shimcha izolyasiyalangan tutashmalarni ulashni talab etadi.
3-xususiyat. Stansiyani rels zanjirlarida bir tomonlama yo‘nalish bo‘ylab ALS signalini (tokini) uzatish “ta’minot manbasi oxiri” dan amalga oshiriladi.
Stansiyani rels zanjirlari bilan jixozlashda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:

  1. Tarmoqlangan rels zanjirlari parallel shaklda izolyasiya qilinadi.

  2. Bitta strelkali yo‘l seksiyasiga ikkitagacha strelkali o‘tkazgich ulanadi. Agar uchta strelka komplekt ko‘rinishda joylashgan bo‘lsa va yon yo‘llar uzunligi kichik bo‘lsa, u xolda bitta strelkali seksiyaga uchta strelkali o‘tkazgich ulanishi mumkin .

  3. To‘xtamay o‘tib ketish yo‘llariga tutashgan yon yo‘llardagi va yo‘lovchi poyezdlarni qabul qilish, xamda jo‘natish yo‘llaridagi rels zanjirlari yo‘l relelari bilan jixozlanishi kerak.

  4. Bitta tarmoqlangan rels zanjir uchtagacha rele oxirini o‘z ichiga olishi mumkin.

  5. Uzunligi 60 m dan ko‘p bo‘lgan yon yo‘llar rele bilan ta’minlanishi kerak.

Stansiyadagi rels zanjirlarni o‘zgaruvchan tok bilan ta’minlash, o‘zgarmas tokli rels zanjirlaridan foydalanishga qaraganda, ancha kabelni tejashga imkon beradi. Kodlanmaydigan stansiya yo‘llarida P yo‘l relesi sifatida AНВШ2-2400 turdagi rele bo‘lgan 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan tokli rels zanjirlari ishlatiladi. Rels zanjiri yo‘l transformatori PT dan rezistor R0 orqali oziqlanadi. Bunday rels zanjirining rele uchida РТ releli transformator o‘rnatiladi. Bu transformator yordamida rels liniyasidan kelayotgan kuchlanish П yo‘l relesining tortish kuchlanishigacha oshiriladi. Agar rels zanjir soz va bo‘sh bo‘lsa, unda P yo‘l relesi o‘z langarini o‘zakka uzluksiz tortilgan holda ushlab turadi. Rels zanjirga poyezd kirib kelganida П yo‘l relesi qarshiligi kichik bo‘lgan poyezdning g‘ildirak juftliklari bilan shuntlanadi va rele cho‘lg‘amida kuchlanish kamaygani sababli o‘z langarini qo‘yib yuborib, rels zanjirning bandligini qayd etadi. Bunday rels zanjirning chegaraviy uzunligi 1500 m tashkil etadi va ularni oziqlantiruvchi hamda releli uchlaridan kodlash mumkin.
Rels zanjirning oziqlantiruvchi va releli uchlaridagi apparaturani muvofiqlashtirishi, transformator qutilarida joylashgan yo‘l ПТ hamda releli РТ transformatorlar yordamida amalga oshiriladi. Transformator qutilaridagi 2A tokli saqlagichlar rels zanjirga xizmat ko‘rsatilishda elektr zanjirlarni o‘chirishga imkon beradilar. Ushbu turdagi rels zanjirlarining chegaraviy uzunligi 1200 m tashkil etadi. Yo‘l reledagi kuchlanish, rostlash jadvallariga muvofiq, yo‘l transformator ПТ ning ikkilamchi cho‘lg‘amida kuchlanishni o‘zgartirish orqali rostlanadi. R0 rezistori yo‘l transformatorni poyezd oziqlantiruvchi uchini shuntlaganida, qisqa tutashuv rejimida asraydi.
Yondosh relslar orasidagi izolyasiyalovchi tutashmalarning qisqa tutashuvligi nazorati, yondosh rels zanjirlarida signal tokning faza almashinish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Rels zanjirda fazani almashtirish uchun yo‘l transformatorni ikkilamchi cho‘lg‘amiga ulangan simlar uchlarini joyi bilan almashtirish kifoya etadi.
Fazasezuvchi rels zanjirni oziqlantiruvchi hamda releli uchlaridan kodlash mumkin. Rels zanjirning kodlanishi, uni poyezd qirib kelishi va yo‘l relening frontalal kontakti ajralishidan so‘ng boshlanadi. Transmitterli T relesi oldingi yo‘l uchastka band bo‘lishi bilan ishga tushadi. Transmitterli rele T kontaktini uchkunlanishini oldini olish maqsadida, yo‘l transformatori cho‘lg‘amiga parallel ravishda rezistor Ri va kondensator Si dan iborat bo‘lgan himoyalovchi kontur ulanadi. Releli uchida kodlash uchun maxsus KT kodlash transformatori o‘rnatiladi. Elektrtortqi mavjud bo‘lgan stansiyalarda 50 yoki 25 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok bilan uzluksiz oziqlanuvchi fazasezgir rels zanjirlari ishlatiladi. Bunda asosan ikki ipli, signal tokning chastotasi 25 Gs bo‘lgan DСШ-13A releli, fazasezgir rels zanjirlari qo‘llaniladi . Bunday rels zanjirning oziqlantiruvchi va hamda rels liniyasining kichik qarshiligini apparaturaning katta qarshiligi bilan muvofiqlashtiruvchi ИТ transformatorlari o‘rnatilgan. Chegaralovchi R0 rezistor rels zanjirning belgilangan shuntli sezuvchanligini ta’minlaydi. DСШ turdagi П yo‘l relesinig yo‘l hamda mahalliy cho‘lg‘amlari alohida bo‘lgan chastota o‘zgartirgichlardan maxsus sinfazalash qurilma orqali oziqlanadilar.



2 – rasm. Rels zanjiri



Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish