Signalli rele sxemasini ishlab chiqilishi berilgan marshrut chegarasida o‘rnatilgan poyezdli va manyovr svetoforlarining ko‘rsatkichlarini boshqarish imkoniyatlarini ta’minlashi zarur.
Funksional sxemaga muvofiq tarzda bloklarni joylashtirib, bloklarda ijrochi guruhning to‘liq sxemasining ikkinchi zanjirini - signalli relening asosiy zanjirini, manyovr signalli relega ta’minot yetkazib beriladigan qo‘shimcha– uchinchi zanjirini, va beshinchi zanjir – peregonga tegishli blok-uchastkalarining bo‘shligini nazorat qilishni ko‘rsatib o‘tish kerak.
Kirish svetoforining signal relesini ishga tushirishda marshrutlarni o‘rnatish va uzish sxemalari bilan bog‘lash «ВД-M» blok vositasi yordamida amalga oshiriladi. Kirish svetoforining asosiy signal relesi svetoforda ikkita sariq chiroqni yoqadi. Yordamchi signal relesi bitta sariq chiroq, lipillab yonuvchi sariq chiroq, yashil chiroq ko‘rsatkichlarni tanlashni amalga oshiradi.
Asosiy signal relesi marshrut o‘rnatishning 2 zanjiriga ulanadi («ВД-M» bloki 29 kl.). Bu rele takrorlanishga qarshi rele kontaktlari bilan yoqiladi, ishga tushgach, takrorlanishga qarshi releni 21-22 kontaktlari bilan o‘chiradi va ushbu kontakt hamda РУ rele kontakti orqali (kirish svetoforining ruxsat etuvchi ko‘rsatkichini nazorat qilish relesi) bloklanadi.
Asosiy yo‘lga qabul qilish marshrutida svetofor ko‘rsatkichini tanlash nazorat qilinuvchi strelkali relega tegishli takrorlagichlari hisoblangan qo‘shimcha relelar yordamida amalga oshiriladi. Rele signal relesi takrorlagichining ro‘para kontakti orqali o‘zi bloklanadigan zanjirga ega, shunday ekan ular qurilmani bir fiderdan boshqasiga o‘zgartirish vaqtida toksizlanib qolmasligi kerak.
Kirish svetoforining chiqish (marshrutli) svetoforlari (ZS, MGS relesi) ko‘rsatkichlaridan bog‘liqligini ta’minlovchi qo‘shimcha signal relelarini yoqish uchun marshrut relesi sxemalarining beshinchi zanjiri qo‘llaniladi. O‘rnatilgan marshrut da ushbu zanjir KS relesining ro‘para kontaktlari bilan tuziladi. «ВД-M» blokida - 61-62 kontakti bilan, «СП-M» blokida - 41-42 kontakti bilan va «УП-M» blokida - 11-12 kontakti bilan.
Birinchi uchastkani poyezd bosib o‘tishi bilan yoki ЗС va ГМ rele qurilmalarining ta’minot manbai ulanganda S1 relesining ro‘para kontakti orqali va shaxsiy kontaktlari orqali tok o‘tadi, bu esa svetofor yopilgunga qadar yonib turgan ko‘rsatkichlar holatini saqlab turadi.
Chiqish svetoforlaridagi bloklar ikkita asosiy signal relelaridan iborat: C poyezdli signal relesi va MC manyovrli signal relesi.
Bundan tashqari, «BI-M» tipidagi chiqish svetofori blokida qo‘shimcha ЛС relesiga ega bo‘lib, yashil yoki sariq signal chirog‘ini tanlash uchun xizmat qiladi va ikkinchi uzoqlashish uchastkasining bo‘shligini nazorat qiluvchi rele takrorlagichi hisoblanadi; ushbu relening ro‘para kontakti jo‘natish marshrutlarining zanjirlari oxirida blokdan tashqaridagi KС relening kontakti bilan beshinchi zanjiriga ulanadi, shunday qilib, bunda «BI-M» blokdagi ЛC relesi stansiyaga biriktirilgan peregonning ikkita blok-uchastkalarining bo‘sh bo‘lishi sharti bajarilganda yoqiladi.
Chiqish svetofori ortini poyezd bosib o‘tishi bilan ЛС relesi KС relesining orqa kontakti S1 relesining ro‘para kontakti va o‘z kontakti orqali o‘zi bloklanish zanjiri bo‘ylab ta’minot oladi. Shunday qilib ЛС relesining o‘zi bloklanish zanjiri signalni taqiqlovchi ko‘rsatkichga yopayotganda sariq chiroq yiltirashini bartaraf qiladi.
ЛС relesi KС rele kontaktining o‘tish vaqtini yopib turuvchi o‘tishni sekinlatish imkoniga ega.
«ВII-M» chiqish svetofori blokida ЛС relesidan tashqari yana xuddi shu beshinchi zanjir bo‘yicha ulanadigan 2ЗС relesi o‘rnatiladi. 2ЗС relesi chiqish svetoforidagi 2-ta yashil chiroqlarni yoki chiqish (marshrutli) svetofordagi ikki sariq chiroqlarni yoqish uchun xizmat qiladi.
Chiqish svetoforining 2ЗС relesini ishga tushirish uchun beshinchi zanjirga peregon tomondan M batareya qutbi uzatiladi, ЛС relesini yoqish uchun esa boshqa peregon tomonidan П batareya qutbi uzatiladi. Bu ta’minot manbai saqlagichlar guruhi kuyib qolganda simda manfiy potensialga ega bo‘lishni oldini olish uchun alohida saqlagich orqali uzatilishi zarur.
Marshrutli va chiqish svetoforlarining ikkita sariq chirog‘ida 2ЗС relesini yoqish uchun ГМ ko‘makchi rele sxemasi tuziladi. ГМ relesi asosiy yo‘lni aniqlovchi barcha strelkalarning musbat holatini tekshiradi.
GM relesining ro‘para kontakti ГМ relesi yoqish zanjiriga kiritiladi, orqa kontakti orqali esa 2ЗС relesiga M ta’minot manbai bilan 330 Om qarshilik ulanadi. 2ЗС yonishini tekshirish bilan S relesi ishga tushadi.
ЛС relesi barcha KС relesining ro‘para kontaktlari, marshrut relesining orqa kontaktlari va С relesining ro‘para kontakti orqali ishga tushadi. Chiqish svetofori orqasidan poyezd bosib o‘tgandan keyin ЛС relesi ВД-M blokidagi KС orqa kontakti va o‘zining ro‘para kontakti orqali bloklanadi. ЛС relesi С asosiy signal relesi toksizlangandan keyin toksiz holatga keladi.
«BIII-M» tipidagi chiqish svetofori blokida asosiy signal reledan tashqari signal ko‘rsatkichlarini tanlash uchun ikkita qo‘shimcha ЛС va 2ЗС signal relesi o‘rnatiladi.
Ushbu blokda ЛС relesi yashil chiroqni yoqish uchun xizmat qiladi va «BI-M» hamda «BII-M» tipidagi bloklardagi kabi uchta blok-uchastkalarni nazorat qiluvchi marshrut uzish sxemasining beshinchi zanjiri bo‘ylab yoqiladi.
2ЗС relesi svetoforda sariq bilan yashil rangdagi chiroqni yoqish uchun xizmat qiladi va chiqish svetoforlarida ikkita blok-uchastkalar bo‘shligi relesining kontakti va chiqish svetoforiga tegishli blokni tanlovchi strekali nazorat relesi kontaktlari orqali ulanadi.
ЛС, 2ЗС relesining ta’minot zanjiri S relesining ro‘para kontakti bilan o‘chiriladi.
Manyovr svetoforlarning bloki bittadan S signalli manyovr relesiga ega.
Signal relesi sxemasi ПK va MK strelkali rele kontaktlari bilan stansiyaning rejasi bo‘yicha tuziladi va poyezdli hamda manyovr marshrutlari uchun umumiy hisoblanadi.
(НС) signalli rele sxemasida quyidagilar nazorat qilinadi:
- svetoforda taklif etuvchi ko‘rsatkich mavjud bo‘lmaganda (НПС relesining orqa kontakti);
- qarama-qarshi manyovr harakatlanish mavjud bo‘lmaganda (НМ);
- 1 kaskadning harakat xavfsizligi shartlari bajarilganda (КС relesining ro‘para kontakti);
- birinchi seksiyalar bo‘ylab yurishida aniq tutashuvi (З relesining orqa kontakti);
- o‘z gorlovinasida qarama-qarshi ro‘para manyovr marshruti mavjud bo‘lmaganda (1KM relesining orqa kontakti);
- qarama-qarshi hamroh manyovr marshruti mavjud bo‘lmaganda (2KM relesining orqa kontakti);
- elementar marshrutning aniq tutashuvi (1M, 2M relesining orqa kontakti);
- lampa kuyib qolganda svetoforni yopish maqsadida ruxsat etuvchi ko‘rsatkich lampasi simlarining butunligini nazorat qilish (O relesining ro‘para kontakti);
- qabul qilish-jo‘natish yo‘lining bo‘sh bo‘lishi (П relesining ro‘para kontakti).
Bekor qilish komandalari relesi sxemasi ishdan chiqqanda yoki knopkali rele kontaktini payvandlashda svetoforni yopish uchun РИ relesining orqa kontakti ishlatiladi.
Poyezdli marshrutlarda sxema ishlashining katta kafolatini ta’minlash uchun KС relesining ro‘para kontaktlari signalli rele sxemasi oxirida ham kiritilgan. Qabul qilish marshrutlari uchun KС relesi kontakti qabul qilish yo‘li blokida kiritiladi - 31-32 Ч(Н)KС kontakti.
Jo‘natish marshrutlari uchun blokdan tashqarida maxsus Н(Ч)OKС relesi qo‘yiladi va uning kontakti signal relesi zanjiriga ulanadi.
Qabul qilish va manyovr marshrutlarida yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalish marshrutlarni cheklaydigan I relesining toksiz holati nazorat qilinadi.
Boshlang‘ich va yakuniy manyovr rele kontaktlari sxemaga shunday kiritilganki, ular poyezdli marshrutlar uchun signal relesi sxemasini normal holatda ulab beradi.
Signal relelarini zanjirga ulash boshlang‘ich relesi kontakti orqali amalga oshiriladi.
Boshqa tomondan poyezdli marshrutlar zanjiridagi ta’minot seksiyani nazorat qilish relesining ro‘para kontaktlari bilan ulanadi, manyovr marshrutlari uchun esa yakuniy manyovr relesi kontaktlari bilan ulanadi.
Signal relesini yoqish knopkali va takrorlanishga qarshi rele kontakti bilan amalga oshiriladi.
Svetoforda ruxsat etuvchi ko‘rsatkich paydo bo‘lgandan keyin takrorlanishga qarshi rele kontakti signal va olovli rele kontaktlari bilan shuntlanadi.
Hamroh manyovr marshruti zanjiri bo‘yicha poyezdli marshrut chiqarishni istisno qilish bir vaqtda yoqilishi mumkin bo‘lmagan boshlang‘ich rele kontaktlari bilan, shuningdek signal relesi zanjiriga ta’minot berish usuli bilan amalga oshiriladi.
Ta’minot qutblarini yoqishda shuni e’tiborga olish zarurki, bunda poyezdli marshrut boshlanish tomonidan asosiy zanjirga M qutb, marshrut oxiridan esa – П qutb ulanadi. Manyovr signal relesining ta’minoti asosiy zanjiri bo‘yicha manyovr marshrutining boshlanish tomonidan P qutb va uning oxiri tomonidan M qutb ulanishi bilan amalga oshiriladi. Bu bilan ro‘para manyovr zanjirlari bo‘ylab marshrutlarni o‘rnatish imkoniyati cheklanadi, ya’ni KС zanjirdagi kamchilik bartaraf etiladi.
Manyovr svetofori faqatgina svetofor ortida so‘nggi g‘ildirak o‘tgandan keyin avtomatik tarzda ta’qiqlovchi ko‘rsatkichga o‘tiladi. Manyovr signal relesining asosiy ta’minot zanjiri kontakt svetofor ortidan birinchi g‘ildirak o‘tgandan keyin KS relesining ro‘para kontakti bilan uziladi, biroq signal relesi to‘yingan zanjir bo‘yicha tokli holatda qoladi