6.5. Mashrutli (М) va qulflovchi (З) relelari sxemasi tahlili.
Marshrutli seksiyalarni qulflash va ochish uchun mo‘ljallangan marshrutli relelar sxemasini qurish stansiya rejasi bo‘yicha amalga oshiriladi. СП-M tipli bloklarda o‘rnatilgan qulflovchi rele, bevosita marshrutlarda strelkalarni qulflaydi.
Bloklarni funksional sxemaga muvofiq ravishda o‘rnatilgach, bloklarda ijrochi guruhning to‘liq sxemasining uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi zanjirlarini ko‘rsatib o‘tish kerak. Uchinchi va to‘rtinchi zanjirlarda berilgan seksiyaga poyezd kirib kelishi va oldingisi bo‘shaganligi nazorat qilinadi, beshinchi zanjir bo‘yicha esa keyingi seksiyaga poyezd kirib kelishi va berilgan seksiyaning bo‘shaganligi tekshiriladi. Ikkala yo‘nalishda poyezdlar harakatlanganda seksiyani ochish uchun uning chegarasida (tutashmalar o‘rnatilgan joylarda) uchinchidan to‘rtinchiga va qo‘shni bloklarning to‘rtinchidan uchinchi zanjirlariga krestga o‘xshash o‘tishlarini ko‘rib chiqish kerak.
1M, 2M marshrutli relelari ikkita cho‘lg‘amdan iborat. Har bir relening cho‘lg‘amlaridan biri stansiya rejasi bo‘yicha chiziladigan uch chiziqli sxemalarga, boshqasi esa o‘zi bloklanish zanjiriga ulangan.
Ikkala relelar normal holatda toksiz bo‘ladi - qulflovchi rele ishga tushgach seksiyalardan poyezd o‘tib bo‘lgandan keyin toksizlanadi. Poyezdlar harakati marshrutida seksiyalarni ochish marshrutli relelarning ketma-ket ishga tushishi bilan amalga oshiriladi, bunda ularning ishlash tartibi harakat yo‘nalishiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Birinchi harakat yo‘nalishidagi marshrutli rele, masalan 1M, berilgan seksiyaga poyezd kirishini tekshirish bilan ishga tushiriladi (СП1 relesining 11-13 ort kontakti) va oldingi seksiyaning ochilishi (1M relesining 21-22 ro‘para kontakti va 2M relesininig 41-42 ro‘para kontakti).
Marshrutli relening har bir birinchi poyezd yurishining ulanish zanjirida (4-zanjir) shu stansiyaning ikkinchi marshrut relesining 31-33 ort kontakti ham ulanadi. Bu kontaktning mavjudligi qo‘shni seksiyaning sun’iy ochilishida, band bo‘lgan izolyatsiyalangan uchastkada va ko‘rib chiqilayotgan seksiyaning birinchi poyezd yurishidagi marshrut rele tokli holatda bo‘lganda ikkinchi poyezd yurishida marshrut relesi ishga tushish imkoniyatini cheklaydi .
Agar marshrutli seksiya svetofor ortida joylashgan birinchi seksiya bo‘lsa, uning harakat yo‘nalishi bo‘yicha birinchi marshrut relesi KS (signal blokiga qarang) relesining toksiz holatini va o‘zining SP1 relesining toksiz holatini tekshirish bilan ishga tushadi.
Harakat yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi 2M relesi berilgan seksiyaning bo‘shligini (SP1 relesining 21-22 ro‘para kontaktlari), birinchi marshrut relesi ishga tushishini (1M relesining 71-72 ro‘para kontaktlari) va poyezdning keyingi izolyatsiyalangan uchastkaga kirishini (2M relesining 71-73 ort kontaktlari yoki oldingi seksiyada yotuvchi SP1 relesining 61-63 kontaktlari) tekshirib ishga tushiriladi.
Teskari yo‘nalish bo‘yicha harakatda sxema ta’riflangani kabi - dastlab 2M relesi, ikkinchi 1M relesi ishlaydi.
1M, 2M relelar ishga tushgandan so‘ng 1M, 2M relesini o‘chiradigan Z relesi ishga tushadi va o‘zi qulflanadi. R relesining 51-52 ro‘para kontakti bilan marshrutni sun’iy ochish va bekor qilishda Z relesini ishga tushirish amalga oshiriladi.
«УП-M» tipli marshrutli rele bloki sxemasi ko‘rib chiqilgan «СП-M» bloki sxemasidan ishga tushirish zanjirida 1M va 2M relelari hamda yakuniy manyovr relelarining 1KM va 2KM kontaktlari mavjudligi bilan farq qiladi.
1KM va 2KM relesining 21-23 kontaktlari bilan asosiy sxema uning poyezdli marshrutlarda ishlashi uchun ulangan.
Manyovr marshrutlarda yo‘l uchastkalari («УП-M» bloki) qoidaga binoan, yakuniy hisoblanadi va yuqorida ko‘rsatilgan kontaktlar bilan harakat yo‘nalishidan kelib chiqib marshrutning oxiri qayd qilinadi. Bundan tashqari, manyovr marshrutlarida «УП-M» seksiyasi uning band holatida ochilishi kerak, harakat bo‘yicha ikkinchi marshrutli relesining ishga tushishi 1KM yoki 2KM relesining 21-22 kontakti va harakat yo‘nalishiga bog‘liq holda 1M va 2M 31-32 kontakti yordamida bajariladi.
Marshrutli relelarning ishga tushish zanjirlarida stansiya rejasi bo‘yicha sxema elementlarini ulash uchun strelka bloklarning PK va MK nazorat relesi kontaktlari qo‘llaniladi. NI yoki CHI istisno relesi «П-M» yo‘l blokida joylashtiriladi va chiqish svetoforining qo‘shimcha blokidagi З relesining 41-42 ro‘para kontaktlari orqali yoki yo‘llardan faqat manyovr svetoforlari mavjudligida, svetofor orqasidagi birinchi seksiyaning qulflovchi relesining ro‘para kontakti orqali ishga tushiriladi.
Istisno relesi normal holatda tokli bo‘ladi. Seksiyani nazorat qiluvchi relesi yongan yo‘lga marshrut o‘rnatishda uning 11-13 kontaktlari istisno relesining bitta ta’minot zanjirini uzadi, svetofor orqasidagi birinchi seksiyaning Z relesi toksizlanganda esa ikkinchi zanjir ham uziladi. Istisno relesi toksiz bo‘ladi. Signal relesi zanjirida NI (CHI) relesining toksiz holatini tekshirish bajariladi, KС relesi zanjirida esa qarama-qarshi marshrutlarni istisno qilish amalga oshiriladi. Istisno relesi qo‘shimcha signal blokining qulflovchi relesining 41-42 ro‘para kontakti orqali marshrutni ishlatgandan keyin yoqiladi va o‘zining shaxsiy kontakti 41-42 KС relesining 11-13 orqa kontakti orqali o‘zi qulflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |