Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi
Ўзбекистон Республикаси
Вазирлар Маҳкамаси
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi shaharsozlik faoliyatida Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablzarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Tabiaggni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tabiiy resurslardan foydadaanish hamda atrof-muhitni ifloslanish va boshqa zararli ta’sitsrlardan muhofaza qilishda mahsulot, ish va xizmatlar xavfsizligigga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishina taashkkl etadi va ta’minlaydi;
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi orrganlari "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi Qonunda belgilangan vazifalarni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Qonunda texnik reglamentlarni itsilab chiqish jarayoni ushbu soha ekspert kengashlariga yuklatilgan. Ishlab chiqilgan texnik reglament loyihalarini ekspertizadzan o‘tkazish esa vakolatli davlat organlari huzurida tashkil etaladdigan ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida me’yoriy hujjatlarni to‘plash va ular to‘g‘risida ma’lumotlairni etkazish masalalarini tizimli ravishda hal etish maqsadiyada davlat fondi tashkil qilindi.
Joriy etilayotgan tizimni shakllaantirish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininlg 2010 yil 10 maydagi 86- Muvofiqlikni baholash sohasidagi tashkiliy tuzilmani takomillashtirish maqsadida, «O‘zstandart»agentligi qoshidagi xo‘jalik hisobidagi Respublika akkreditatsiya markazi (RAM). ko‘proq xalqaro talablarga muvofiq, akkreditatsiya bo‘yicha faoliyat doirasini (erkinlik va mustaqillik). ajratish hamda bo‘ysunish bo‘yicha bo‘linishni kafolatlaydigan tashkilotni nazarda tutadi. Ushbu tuzilma, akkreditatsiya bo‘yicha ishlar hajmidan kelib chiqqan holda, akkreditatsiya ishlari bilan band bo‘lgan xodimlar sonini belgilanib, Moliya vazirligi bilan kelishishni nazarda tutadi.
Byudjetdan mablag‘ ajratish faqatgina qonunchilikda nazarda tutilgan muvofiqlikni baholash bo‘yicha faoliyat uchun belgilanadi, masalan:
• sertifikatlashtirishni rivojlantirish rejalari va uni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyanomalar hamda qoidalarni ishlab chiqish;
sertifikatlashtirish sohasida rasmiy axborot bilan ta’minlash;
sertifikatlashtirish bo‘yicha xalqaro (mintaqaviy). tashkilotlar ishida ishtirok etish va chet elning sertifikatlashtirish milliy organlari bilan ishlar o‘tkazish;
sertifikatlashtirish bo‘yicha xalqaro (mintaqaviy). qoidalar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish va ishtirok etish;
"' • umumdavlat ahamiyatga ega bo‘lgan sertifikatlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot va boshqa ishlarni o‘tkazish;
•sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilish va sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini o‘tkazish.
SHuningdek, akkreditatsiyalash va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarga jalb etilayotgan auditorlar va akkreditatsiyalash organi hamda akkreditatsiyalangan sertifikatlashtirish organlari tarkibiga kirmaydigan texnik mutaxassislar uchun ish haqi mexanizmini ishlab chiqish talab etiladi.
Texnik reglamentalarni ishlab chiqishda vujudga
kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning
echimlari to‘g‘risida
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish amaliyoti mamlakatimizda mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardanok, sifat infratuzilmasini yaratish va uni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish ustivor yo‘nalish deb belgilangan. Ma’lumki, milliy iqtisodiyotni qo‘llab quvatlash, ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini oshirish va raqobatbardoshligini ta’minlash hamda ichki bozorni sifatsiz import mahsulotlaridan muhofaza kilishda respublikamizda me’yorlashtirish va davlat nazoratini olib borish tizimshga xalqaro savdo sotiq tizimi bilan uyg‘unlashtirilishi juda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
2009 yil 23 aprelda qabul kilingan O‘zbekiston Respublikasi "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonuni amalda bo‘lgan me’yorlashtirish tizimini halqaro amaliyotga yana bir pog‘onaga yakinlashtirdi. Qabul qilingan Qonunda, texnik reglamentlarni ko‘llashning majburiyligi va bir xilligi, texnik reglamentlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi milliy va xalqaro normativ hujjatlarga muvofiqligi, texnik reglamentlarni ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi texnik jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari deb belgilangan. Bu esa o‘z navbatida 1994 yilda Urugvayda imzolangan Tariflar va savdo to‘g‘risidagi Butunjahon sav-do tashkilotining Bosh kelishuvida ham belgilab berilgan. Ushbu kelishuvga muvofiq, mahsulot va xizmatlar xavfsizligini ta’minlash texnik reglamentlarni ishlab chiqish yo‘li bilan amalga oshi-riladi va texnik reglamentlar o‘rnatilgan tartibda xukumat darajasida tasdiqlanadi.
Texnik reglamentlar qo‘llanilishi afzalligiga to‘xtalsak:
Avvalambor, mahsulot va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashda ishlab chiqaruvchi mas’uliyatini oshirish. CHunki, texnik reglament xukumat darajasida tasdiqlanadi va normativ-huquqiy hujjat darajasiga olib chiqiladi. YA’ni Qonunning 20-moddasiga muvofiq umumiy texnik reglamentlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Maxsus texnik regaamentlar esa texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari («O‘zstandart»agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi) hamda o‘z faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning raqobatdoshligini oshirish.Texnik reglamentlarni qo‘llash tizimini joriy etib, xalqaro savdo qoidalarga muvofiq ortiqcha bo‘lgan ma’muriy to‘siqlar echilishiga zamin yaratiladi. Uz navbatida xalqaro mahsulot va xizmatlarni etkazib beruvchilarning ichki bozorimizga kirib kelishi engillashadi. Bu hol mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yanada oshirish borasida zarur choralar ko‘rilishiga, hamda bozorga chiqadigan mahsulotlarga qo‘shimcha servis xizmatlarini rivojlantirishga olib keladi.
.YAngi texnologiyalar kiritilishi, eskirgan jihoz va uskunalarni modernizatsiyalash. Mahsulot sifatini doimiy ravishda yaxshilash uchun, ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni joriy etilishi zarur. Ichki bozorda rakobat kuchaygan sari, ishlab chiqaruvchilar tomonidan yangi texnologiyalarni kiritish hamda eskirgan jihozlarni yangilashga intilish xam kuchayadi.
4.Texnik reglamentlarning ochiklikda ishlab chiqilishi. 1994 yilda Urugvayda imzolangan Tariflar va savdo to‘g‘risidagi Butunjahon savdo tashkilotining Bosh kelishuviga muvofiq, texnik reglamentlarni ishlab chiqish jarayonida barcha manfaatdor taraflar katnashishiga imkoniyat yaratilishi shart. O‘zbekiston Respublikasi "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonunidaushbu omillar belgilanib ko‘yilgan. Qonunning 12-moddasiga muvofiq texnik reglamentlar Texnik jihatdan tartibga solish sohasida ekspert kengashlar tomonidan ishlab chiqiladi. Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan Texnik jihatdan tartibga solish sohasida ekspert kengashlari to‘g‘risidagi Nizomda, kengash tuziladigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi texnik reglamentlar ishlab chiqilishi to‘g‘risidagi xabarlarni belgilangan tartibda nashr qilishi belgilangan. Aytish joizki, hozirgi kunda standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni, sanitariya va gigiena qoidalarini, fito-sanitariya qoidalari va boshqa me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish jarayonida ularni ochiq nashr etish bo‘yicha, amaldagi qonunchilikda talablar belgilanmagan.
Ta’kidlashimiz lozimki, "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonun bilan kiritilgan texnik regaamentlarni ishlab chiqish, tasdiklash va joriy etish mexanizmi hamda Qonnunning 22-moddasiga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish bo‘yicha ularda ko‘rsatilgan mahsulot, ish va xizmatlarga doir ilgari qabul kilingan tegishli normativ xujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi hamda qo‘llanilishda ixtiyoriylik kasb etishi Tariflar va savdo to‘g‘risidagi Butunjahon savdo tashkilotining Bosh kelishuviga to‘liq javob beradi.
Me’yoriy hujjat ishlab chiqilish zarur bo‘lgan har bir sohada, avval o‘rganish hamda tahlillar olib boriladi. Ularning natijalari yuzasidan sohani rivojlantirish bo‘yicha vakolatli idoraga aniq takliflar kiritiladi. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish jarayoni ham tartibga solingan bo‘lib, ularning ishlab chiqilishi manfaatdor vazirlik va idoralar takliflariga asosan amalga oshiriladi. Amaldagi konunchilikga muvofiq texnik reglamentlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan tayyorlanib «O‘zstandart»agentligiga kiritiladi. Takliflar asosida agentlik tomonidan dastur ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonun bilan joriy etilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 10 maydagi 86-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2010-2013 yillar uchun texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturida 2013 yilda 17 ta umumiy texnik reglamentlar va 10 ta maxsus texnik reglamentlar ishlab chikilishi belgilangan. Dasturni shakllantirish maqsadida tegishli idoralardan avtotransportlarga, axborot texnologiyalari va telekomu-nikatsiya vositalaridan foydalanishga, matbaa mahsulotlari ishlab chiqarishga, o‘kuv binolaridan foydalanishga, temir yo‘l transportiga, don va donni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarishga, go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarishga, veterinariya vositalaridan foydalanishga, yog‘-moy mahsulotlari ishlab chikarishga, pochta aloqasiga oid texnik reglamentlar ishlab chiqish bo‘yicha takliflar olingan.
Ammo, tasdiqlangan dasturdan tashqari, boshqa soxalarga oid texnik reglamentlar ishlab chiqilishini tezkor holatda o‘rganib chiqib, tegishli takliflarni tayyorlashimiz va tasdiqlangan dasturga qo‘shimchalar kiritishimiz lozim. Hozirgi kunda texnik reglamentlarni ishlab chiqish xalqaro amaliyotini olsak, Hukumatimiz tomonidan tasdiqlangan dasturga qo‘shimchalar kiritilishi zarurligini ko‘ramiz. Misol uchun, Evro-osiyo iktisodiyot hamjamiyati Davlatlararo kengashining 2005 yil 24 martdagi 207-sonli Qarori bilan 28 ta texnik reglamentlar ishlab chiqilishi belgilanib, hozirda ushbu texnik reglamentlar loyihalari tayyorlangan. E’tiborni ushbu texnik reglamentlar ro‘yxatiga karatsak;
Evro-osiyo miqyosida ishlab chikilayotgan texnik reglamentlarni inobatga olsak, tasdiqlangan dasturga sog‘liqni saqlash, maishiy kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, kimyo mahsulotlarini ishlab chiqish, mebel mahsulotlarini ishlab chiqish, dori vositalarini ishlab chiqish, neft mahsulotlarini ishlab chiqish, mehnat muhofazasini ta’minlash, liftlardan foydalanish bo‘yicha texnik reglamentlar ishlab chiqilishi yuzasidan qo‘shimchalar kiritilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hozirgi kunda texnik jihatdan tartibga solish sohasida hujjatlarni qo‘llash borasidagi xalqaro tajriba bo‘yicha ma’lumot bersam. Evropa hamjamiyatida besh xil huquqiy xujjatlar texnik jihatdan tartibga solish tizimini shakllantiradi. Ulardan uch xili majburiy tusga ega:
-direktivalar, Evropa hamjamiyati mamlakatlari uchun asosiy maqsad va vazifalarni belgilaydi;
-reglamentlar, rasmiy ravishda nashr etilganidan so‘ng Evropa hamjamiyati mamlakatlari uchun bajarilishi majburiy;
-qarorlar, alohida kompaniya, firma, jismoniy shaxs yoki xamjamiyatga a’zo bo‘lgan mamlakat uchun majburiy.
10-ma’ruza. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, qabul qilish, o‘zgartirish va bekor qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonun va ushbu sohasidagi ekspert komissiyalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida nizomiga muvofiq va boshqa ushbu sohadagi me’yoriy-xujjatlarga asosan texnik reglamentlarni ishlab chiqish, qabul qilish, o‘zgartirish va bekor qilish talablari belgilab qo‘yilgan.
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, qabul qilish, o‘zgartirish va bekor qilishda ushbu sohadagi me’yoriy-xujjatlarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarni shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari va huquqlarini, shuningdek a’zolarining majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar (keyingi o‘rinlarda Komissiyalar deb yuritiladi) ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat vakolatli organlari (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb yuritiladi) huzurida tuziladi.
Komissiyalar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, muvofiq tuzilgan Nizomga amal qiladi.
Komissiyalarning tarkibi vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Tuzilgan va tasdiqlangan komissiyalarning vazifalari va huquqlari quyidagilardir.
Komissiyalarning asosiy vazifalari:
a) vakolatli organlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida kompleks va ishlarning oldindan bajarilishini ta’minlaydigan texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirishga doir ishlar rejalarini ishlab chiqish;
b) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish;
v) ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek amal qilish muddati tugagan texnik reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash;
g) o‘z vakolatlari doirasida xulosalar berish va texnik reglamentlarni tasdiqlash yoki ularni puxtalashtirish uchun qaytarish yuzasidan takliflar kiritish;
d) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi rejalar va tadbirlarni ishlab chiqishda texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiquvchi tashkilotlarga metodik yordam berish.
Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
a) texnik reglamentlarni ekspertizadan o‘tkazishga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, loyihalash, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mutaxassislarini jalb etish;
b) ishlab chiquvchi tashkilotlardan hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan texnik reglamentlar loyihalari bo‘yicha zarur axborotlar olish;
v) o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumiy texnik reglamentlarga o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritish;
g) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga qo‘shimchalar va/yoki o‘zgartirishlar kiritish yoki ularni bekor qilish to‘g‘risida takliflar kiritish;
d) boshqa vakolatli organlar bilan kelishuv bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzurida tuziladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari ishida qatnashish.
Komissiya a’zolarining majburiyatlari va javobgarligi qo‘yidagilardan iborat.
Komissiya a’zolari quyidagilarga majbur:
a) Komissiya ishida qatnashish;
b) Komissiya tomonidan qarorlar qabul qilinishida ovoz berishda qatnashish;
v) ko‘rib chiqish uchun kiritilayotgan texnik reglamentlar loyihalari bo‘yicha tegishli xulosalarni o‘z vaqtida taqdim etish;
g) ushbu Nizom talablariga rioya qilish.
Komissiya a’zolari ishlab chiqilgan texnik reglamentlar loyihalari, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar yuzasidan o‘tkazilgan ekspertizaning to‘liqligi va xolisligi, shuningdek amal qilish muddati tugagan texnik reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlanishi va taqdim etilishi uchun javob beradilar.
Komissiya Komissiyaning raisi, rais o‘rinbosarlari va a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. Ish yuritishni tashkil etish uchun Komissiya a’zosi bo‘lmagan Komissiya kotibi tayinlanadi. Komissiya a’zolari soni toq va Komissiya raisini o‘z ichiga olgan holda kamida 5 kishidan iborat bo‘lishi kerak.
Vakolatli organning rahbari yoki rahbarning o‘rinbosari Komissiya raisi hisoblanadi.
Komissiya tarkibi qo‘yidagicha bo‘ladi:
a) texnik reglamentlar talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradigan vakolatli organlar va davlat boshqaruvi organlari;
b) kasaba uyushmasi organlari (mehnatni muhofaza qilish yuzasidan);
v) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi;
g) loyihalash, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari vakillari kiritiladi.
Texnik jihatdan tartibga solish ob’ektining tarmoq mansubligiga qarab (aniq texnik reglament) texnik reglament ko‘rib chiqilishidan manfaatdor bo‘lgan:
a) texnik reglamentni joriy etadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining;
b) qayta ko‘rib chiqilishi, o‘zgartirishlar kiritilishi yoki texnik reglamentlar qabul qilinishi munosabati bilan bekor qilinishi kerak bo‘lgan mahsulotga, jarayonlarga, ishlar va xizmatlarga o‘zaro bog‘liq normativ hujjatlarni tasdiqlagan (qo‘llaydigan) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar va bazaviy tashkilotlarning;
v) tarmoq, ilmiy va loyihalash tashkilotlarining;
g) texnik reglamentlarni ishlab chiquvchi tashkilotlarning etakchi olimlari va mutaxassislari Komissiya a’zolari bo‘lishi mumkin.
Komissiya tarkibi me’yoriy-hujjatlarda ko‘rsatilgan tashkilotlarning taqdimnomasi bo‘yicha vakolatli organning farmoyishi (buyrug‘i) bilan tasdiqlanadi.
Komissiya faoliyatini tashkil etish.
Komissiyaga rais boshchilik qiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
kun tartibini belgilash va Komissiyaning majlislarini chaqirish;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etish;
Komissiyaga yuklangan vazifalar bajarilishi bo‘yicha Komissiya a’zolari ishini muvofiqlashtirish;
Komissiyaning samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa ishlarni bajarish.
Komissiya o‘z ishini Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan yillik reja asosida olib boradi.
Komissiya majlislari tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq va texnik reglamentlar loyihalari ekspertizaga taqdim etilishiga qarab o‘tkaziladi. Komissiya raisi tomonidan navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
Komissiya majlisini uning raisi olib boradi. Komissiya raisi bo‘lmagan taqdirda majlisni uning o‘rinbosari olib boradi. Komissiya majlisi unda Komissiya a’zolarining kamida 75 foizi qatnashganda huquqiy vakolatli bo‘ladi.
Komissiya raisi bilan kelishuv bo‘yicha xolisona sabablarga ko‘ra majlisda qatnashmagan Komissiya a’zolarini ularning ovoz berish huquqisiz qatnashayotgan vakolatli vakillari almashtirishi mumkin.
Vakolatli organning rahbari tomonidan belgilanadigan vakolatli organning tarkibiy bo‘linmasi Komissiyaning ishchi organi, ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy bo‘linmaning mas’ul xodimi — Komissiyaning kotibi hisoblanadi.
Komissiyaning ishchi organi:
navbatdagi davr uchun Komissiyaning ish rejasi loyihasini tayyorlaydi;
Komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi hamda unga zarur materiallar va ekspert xulosalarini Komissiya a’zolaridan olish huquqi beriladi;
tahliliy materiallar tayyorlanishini va kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Komissiyaning majlisi o‘tkazilishini tashkil etadi;
axborot materiallari va tahliliy materiallarni, shuningdek komissiyaning qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni Komissiyaning ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
Komissiyaning kotibi:
barcha zarur hujjatlar Komissiyaning navbatdagi majlisiga o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
materiallarni Komissiya majlisiga tayyorlash bo‘yicha ishchi organ ishini tashkil etadi;
kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Komissiya majlislarini o‘tkazishni tashkil etadi;
majlislarni o‘tkazish muddati va joyini, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini Komissiya raisi bilan kelishadi;
Komissiya a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning o‘tkaziladigan sanasi, vaqti, joyi haqida xabardor qiladi;
Komissiya qarorlari ijrosi monitoringini yuritadi va uning natijalarini Komissiya majlisining ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi;
Komissiya protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Komissiya a’zolariga, manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi.
Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash tartibi
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari texnik reglamentlar loyihalarini vakolatli organlarga ularning vakolatiga muvofiq ekspertizadan o‘tkazish uchun quyidagicha to‘plamda kiritadilar:
a) ilova qilingan xat;
b) kitobcha holiga keltirilgan davlat va rus tillaridagi 2 nusxa texnik reglament loyihasi;
v) texnik reglament loyihasi ishlab chiqilganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma nusxasi;
g) texnik reglament ishlab chiqilishi va joriy etilishining texnik-iqtisodiy asoslanishi;
d) qabul qilinishi texnik reglament talablariga rioya etilishini ta’minlaydigan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy (Evropa) standartlar yoki boshqa normativ hujjatlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan ilova;
e) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining texnik reglament loyihasi to‘g‘risidagi mulohazalari haqidagi ma’lumotnoma;
j) tushuntirish xati;
z) texnik reglament loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (kelishmovchiliklar mavjud bo‘lganda);
i) ishlab chiquvchi tashkilot va texnik reglamentni joriy etadigan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi tomonidan tasdiqlangan texnik reglamentni joriy etish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasi.
k) mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan namunalar olish, mahsulotlarni sinash va o‘lchash metodlarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxatlarini tasdiqlaydi.
Sanab o‘tilgan barcha hujjatlar, ilova qilingan xatdan tashqari, elektron shaklda ham (kelishilgan formatda) taqdim etiladi.
Komissiya texnik reglament loyihalarini ko‘rib chiqish jarayonida qo‘shimcha materiallarni, masalan, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha hisobotlarni, ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash natijalarini, sinash bo‘linmalari akkreditatsiyasi, ishlab chiqarish laboratoriyalari attestatsiyasi, xodimlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rashga haqlidir.
Texnik reglamentlar loyihalari Komissiyaga tushgandan keyin ekspertizaning quyidagi turlari amalga oshiriladi:
a) texnik ekspertiza — texnik reglament nomining texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturiga, shuningdek texnik topshiriqqa (u mavjud bo‘lganda) muvofiqligini aniqlaydi, shuningdek standartlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq texnik reglamentlar bayoni va mazmunining to‘g‘riligi tekshiriladi;
b) iqtisodiy ekspertiza — texnik reglament joriy etilishining texnik-iqtisodiy samaradorligi hisob-kitobi, shuningdek tushuntirish xatida ko‘rsatilgan tasdiqlovchi hujjatlarning to‘g‘riligini tekshiradi;
v) ekologik ekspertiza — texnik reglamentlar mazmunining ekologik normalar va talablarga muvofiqligini tekshiradi;
g) sanitariya-gigiena va epidemiologik ekspertiza — texnik reglamentlar mazmunining sanitariya-gigiena hamda epidemiologik normalar va talablarga muvofiqligini tekshiradi;
d) metrologik ekspertiza — O‘zbekiston Respublikasining o‘lchovlari bir xilligini ta’minlash tizimining normativ hujjatlari talablariga muvofiq o‘tkaziladi;
e) terminologik ekspertiza — hujjatning davlat tilida va rus tilida ekanligini, texnik reglamentda belgilangan ilmiy-texnik atamalar qo‘llanilishi to‘g‘riligini, davlat va tarmoq terminologik standartlariga rioya qilinishini tekshirish bosqichi hisoblanadi;
j) huquqiy ekspertiza — texnik reglamentlar mazmunining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini belgilangan tartibda tekshiradi.
Komissiya kotibi Komissiyaning har bir a’zosini, o‘z vakolatlari doirasida ekspertizadan o‘tkazish uchun, nizomning belgilangan bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘plami bilan ta’minlaydi.
Komissiyaning har bir a’zosi Nizomda ko‘rsatilgan zarur hujjatlar olingan paytdan boshlab ekspertiza natijalari bo‘yicha o‘z mulohaza va takliflarini Komissiya kotibiyatiga 15 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatda yuboradi.
Taqdim etilgan materiallar ishchi organ tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ishchi organ ushbu materiallarni Komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtiradi, Komissiya majlisi kun tartibini tayyorlaydi va hujjatlar to‘plamini Komissiya kotibiga taqdim etadi.
Komissiya kotibi Nizomga muvofiq umumiy yoki maxsus texnik reglament loyihasini ekspertizadan o‘tkazish natijalari, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek amal qilish muddati tugagan texnik reglamentlarni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar bo‘yicha Komissiya a’zolarining fikr-mulohazalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani tayyorlaydi. Taqdim etilgan materiallarni Komissiya majlisida ko‘rib chiqish ishlab chiquvchi tashkilotlarning vakillari jalb etilgan holda amalga oshiriladi.
Komissiya majlisining kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha hujjatlar turkumida qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan materiallar (ekspert xulosalari, tahliliy ma’lumotlar, jadvallar va hokazolar) va Komissiya qarori loyihasi bo‘lishi kerak.
Komissiya kotibi taqdim etilgan materiallar to‘g‘risida Komissiya raisiga axborot beradi. Komissiya raisi kun tartibi va taqdim etilgan materiallar ma’qullangan taqdirda Komissiya majlisi o‘tkaziladigan vaqt va sanani, shuningdek Komissiya majlisiga taklif etiladigan shaxslar ro‘yxatini belgilaydi.
Komissiya kotibi ishchi organ bilan birgalikda majlis materiallarining protokol loyihasi bilan birgalikda Komissiya a’zolariga, zaruriyat bo‘lganda esa — majlisga taklif etilgan boshqa shaxslarga yuborilishini ta’minlaydi.
Komissiya majlisida Komissiya kotibiyati tomonidan tayyorlangan fikr-mulohazalar haqidagi ma’lumotnoma, ishlab chiqilgan texnik reglamentlar loyihalari bo‘yicha ekspertiza natijalari, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek amal qilish muddati tugagan reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar ko‘rib chiqiladi.
Komissiya qarori majlisda hozir bo‘lgan Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya a’zosining Komissiyaning qabul qilingan qaroridan farq qiladigan alohida fikri Komissiya majlisi protokolida aks ettiriladi yoki yozma shaklda alohida rasmiylashtiriladi va Komissiya majlisi protokolining uzviy qismi hisoblanadi.
Komissiyaning qabul qilingan qarori asosida nizomga muvofiq shakl bo‘yicha xulosa rasmiylashtiriladi.
Ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosaga Komissiyaning barcha a’zolari tomonidan viza qo‘yiladi, u kotib tomonidan imzolanadi, Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Komissiya a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Texnik reglamentning kiritilgan loyihasi bo‘yicha Komissiya xulosasini berishning umumiy muddati loyiha ko‘rib chiqish uchun tushgan sanadan boshlab 30 kalendar kundan oshmasligi kerak.
Komissiyaning xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirda umumiy texnik reglamentlar loyihalari belgilangan tartibda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, maxsus texnik reglamentlar loyihalari esa — tasdiqlash uchun tegishli vakolatli organlarga kiritiladi.
Komissiya raisi qarorlarning tezda qabul qilinishi uchun so‘rab chiqish yo‘li bilan Komissiya a’zolari bilan kelishilgan ayrim masalalar bo‘yicha Komissiya qarorini tasdiqlashi mumkin.
Komissiya xulosasining asl nusxasi va unga doir materiallar vakolatli organ Komissiyasi kotibiyatida saqlanadi.
Komissiya qabul qilingan qarorlarning bajarilishini o‘z majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqadi.
Komissiya qarorlarining ijrosini nazorat qilish ishchi organ va Komissiya kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiqishning vaqtinchalik tartibi
Texnik reglamentni yozishning asosiy xususiyatlari
Texnik jihatdan tartibga solish shabloni
Texnik reglamentlarni yaratish bo‘yicha tavsiyalar
Texnik reglamentlarning tuzilishi
Texnik tartibga solish ob’ektlari
Texnik reglamentlardagi standartlarga havolalar
Texnik reglamentlarni uyg‘unlashtirish ta’siri
14-ma’ruza. Davlat standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ruyxatidan o‘tkazish tartibi
Do'stlaringiz bilan baham: |