Toshkent davlat texnika universiteti



Download 219,58 Kb.
bet3/8
Sana06.11.2019
Hajmi219,58 Kb.
#25196
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
standartlarni va meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi


Standartlarning turlari

Standartlashtirish ob’ektining o‘ziga xos xususiyatidan va unga o‘rnatilgan talablaridan kelib chiqib quyidagi turdagi standart ishlab chiqiladi: asos bo‘luvchi standartlar; mahsulot (xizmat)ga standartlar; ishlar (jarayonlar)ga standartlar; nazorat usullari (sinash, o‘lchash, tahlillar) standartlari.



Asos bo‘luvchi standartlar aniqlangan faoliyat sohasi uchun umumiy tashkiliy-texnik holatlarni o‘rnatadi hamda umumtexnik talablar, me’yor va qoidalarini va quyidagilarni ta’minlaydi:

  • jamiyat hayoti va sog‘lig‘i uchun mahsulotni yaratish va foydalanish jarayonlariga, atrof-muhitni muhofazalash, mahsulot xavfsizligi, jarayon va xizmatlarga umumiy talablarni;

  • turli faoliyat sohalarida boshqarish jarayonlari aloqadorlikni (fan, texnik, ishlab chiqarish);

  • standartlashtirish ob’ektini bir xil ma’noli va ma’lumotlarni bir-biriga mosligini tushunish;

  • mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarishni tayyorlash, saqlash, tashish, ekspluatatsiyasi va ta’mirlashning o‘rnitilgan umumiy usullari.

Asos bo‘luvchi standartlar aniqlangan tizimlar (komplekslar)ni hosil qilish, Davlat (davlatlararo, xalqaro) va tarmoq standartlari uchun tarkib topgan tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlari bilan davlat hisobiga qo‘shishda qoidalari sifatida yuzaga keladi. Ushbu standartlar asosiy (umumiy) qoidalar, tartibi (qoidasi), atama va tushunchalar, umumiy talablar yoki me’yorlar, usullar, ruxsat etilgan chegaralar, namunaviy texnologik usullardan iborat bo‘ladi.

Mahsulot (xizmat)ga standartlar bir turdagi mahsulot (xizmat)lar guruhiga yoki aynan bitta mahsulot (xizmat)ga bo‘lgan talablarni o‘rnatadi.

Bunday standartlar quyidagilarni o‘rnatadi:



  • mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga hamma tomonlama talablarni;

  • mahsulotni o‘zaroalmashinuvchanligi va unifikatsiyasini ta’minlovchi turo‘lchamlari va parametrik qatorlarini;

  • mahsulotni tashish va ishlatishda uning tarkibi saqlanuvchanligini ta’minlash.

Mahsulotga standartlar va texnik shartlarni standart va texnik shartlarga, informatsion reglamentlarga, konstruktiv, metrologik, ergonomik, texnologik, ekspluatatsion va chidamliliklariga mosligi va mahsulotning barcha hayotiy bosqichlarida yuqori ilmiy-texik darajada ta’minlanishi hamda bularning barchasini o‘zarobog‘liq holda shakllantirish lozim.

Texnik shartlar aniq bir turdagi mahsulotga ishlab chiqilib, standartlar bo‘yicha (o‘zaro faoliyat) qat’iy muvofiqligi asosida bir turdagi mahsulotlar guruhiga kiruvchi aniq mahsulot ishlab chiqilgan bo‘lishi shart.

Bunday standartlar mahsulotning asosiy parametrlari va (yoki) o‘lchamlari, turlari, markasi, navini aniqlovchi sifat belgilari, konstruksiyasi va o‘lchami, umumiy texnik talablari, tamg‘alashi, qadoqlanishi, tashish, saqlanishi, ekspluatatsiyasi, ta’mirlanish, umumiy texnik shartlar, texnik shartlarga aloqador bo‘ladi.

Ishlar (jarayonlar)ga standartlar mahsulotni tayyorlash, saqlash, tashish, ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va utillashtirish texnologik jarayonlarini ishlab chiqishda turli xil ishlarni bajarish usullari (usullari, qabul qilishia, ishlar tartibi, rejim va me’yorlari)ga asosiy talablarni o‘rnatadi.

YAngi mahsulotlarni qisqa vaqtda o‘zlashtirilishida avtomatik loyihalashtirish (SAPR) tizimi standartlari buyumlarni tayyorlash texnologik jarayonlarining prinsipial sxemalari bo‘yicha va moduli konstruksiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Namunali texnologik jarayonlar ishlarga tipik standart ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi.

Ishlar (jarayonlar)ga standartlarda texnologik jarayonlarni o‘tkazishdagi tabiat muhitini himoya qilish va aholi sog‘lig‘i hamda hayoti uchun xavfsizlik talablaridan tarkib topgan bo‘lmog‘i lozim. Bunday ta’sirlar kimyoviy (tashlanadigan zararli ximikatlar), fizik (radiatsiyadan nurlanish), biologik (mikroorganizmlarni zaharlanishi) va mexanik tavsiflarda bo‘lishi mumkin.

Mahsulot (xizmat)larni sifatini ta’minlash tizimi doirasida boshqarish jarayonlariga standartlar zamonaviy bosqichlarda katta ahamiyat kasb etmoqda.



Nazorat usullari (sinash, o‘lchash, tahlil)ga standartlar mahulotni yaratishda, sertifikatlashtirish va foydalanishda sinovdan o‘tkazish, o‘lchash hamda tahlil qilish (usullari, qabul qilish, uslubiyoti va boshqa) usullarni o‘rnatadi. Bunday standartlarga mahsulot (xizmat) sifatiga majburiy talablarlar baholash natijalarining aynan aslidek, xolisonalik va aniqliklari eng yuqori darajada bo‘lishi tegishli bo‘ladi. Bu shartlarni bajarish aytarli darajada o‘lchash xatoliklari to‘g‘risidagi ma’lumot standartlariga bog‘liq bo‘ladi.

Tekshirish usullari, qabul qilish va usulublarning turli-tumanlagiga qaramasdan ularni ajratish va umumiy qoidalarini standartlashtirish lozim. Bunday standartlarga tekshirish vositasi va yordamchi qo‘shimcha qurilmalar, tekshirishga tayyorlash va o‘tkazish tartibi, natijalarni qayta ishlash qoidalari va rasmiylashtirish hamda sinovda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tegishli bo‘ladi.

Standartda o‘tkaziladigan amallar ketma-ketligi aniqlangan bo‘lishi va olingan natijalarni qayta ishlash qoidalari, sinov qurilmasining sxemasi, mahsulot to‘pidan olingan namuna miqdoriy tavsifi, joyi va xususiy xolati hamda natijalarning aniq va solishtirilgan bo‘lishiga nisbatan tavsiyalarni beradi.

Masalan aytish mumkinki, mahsulot (xizmat)larga standartlarida tekshirish usullarining bo‘lishi va ular qo‘shilganaralash standartlar bo‘lishi mumkin.



O‘zbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonuni Butunjahon savdo tashkilotining savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha Kelishuviga muvofiq mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga ko‘yiladigan talablarni standartlarda rioya qilinishi ixtiyoriy va texnik reglamentlarda rioya kilinishi majburiy tarzda o‘rnatib, ikki toifali tizimga o‘tishni nazarda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasining"Standartlashtirishto‘g‘risida"'gi Qonuni standartlarga mahsulot, atrof-muhit, aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki xavfsizligiga doir majburiy talablar bilan birga kuyidagi talablarni ham kiritgan:

  • texnik va informatsion muvofiqlikni ta’minlash;

  • o‘zaro almashinuvchanlik ko‘rsatkichlari;

  • ularni nazorat qilish usullari birligi;

  • tamg‘alash birligi.

O‘zSDTda standartlashtirishning quyidagi toifalari o‘rnatilgan:

-davlatlararo standartlashtirish - Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash Kengashi (DSK). Hamda standartlashtirish, texnik normalash va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo ilmiy-texnika komissiyasida tasdiqlanib,


«O‘zstandart»agentligi, Davarxitektqurilish qo‘mitasi qarorlari (bo‘yruqlari). asosida O‘zbekiston hududida amalga kiritiladigan davlatlararo standartlar (GOST), davlatlararo standartlashtirish qoidalari (DSQ), davlatlararo standartlashtirish Kengashi tavsiyalari;

-davlat standartlashtirishi - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (uzluksiz ta’lim tizimida), Mudofa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davarxitektqurilish, «O‘zstandart»agentligi


tomonlaridan tasdiqlanadigan O‘zbekiston davlat standartlari (O’z Dst);

  • tarmoq standartlashtirishi - davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tasdiqlab beradigan tarmoq standartlari (TSt);

  • ma’muriy – hududiy standartlashtirish - hokimiyat (mahalliy boshqaruv organlari). yoki ular topshirig‘i bo‘yicha vakolatli xududiy tashkilotlar tasdiklab beradigan ma’muriy-hududiy standartlar (MNSt);

  • tashkilotlarda, korxonalarda standartlashtirish - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (tadbirkorlik sub’ektlari). Tomonidan tasdiqlanadigan korxonalar standartlari (KSt);

6-ma’ruza. Texnik jihatdan tartibga solish hujjatlari


Ma’lumki, hozirda Respublikamiz iqtisodiyotini xalqaro amaliyotga integratsiyalash borasida qator ishlar olib borilmoqda. Ushbu jarayonda asosiy vazifa savdoda mavjud bo‘lgan texnik to‘siqlarning echilishidir. Bu borada texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat o‘ta muhim ahamiyatga ega. CHunki, texnik talablarning oqilona qo‘llanilishi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar raqobatbardoshligiga ko‘maklashishga olib keladi. SHu bois qukumatimiz tomonidan Butunjahon savdo tashkilotiga kirish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish uchun amaldagi milliy qonunchilikni tegishli kelishuvlarda belgilangan xalqaro talablarga muvofiqlashtirish lozim bo‘ladi.
XALQARO HAMKORLIK


Ўзбекистон республикаси




ISO

EASC

OIML

COOMET

IRSA

ILAC



APLAC

IEC

IAF

CEN


ISO - стандартлаштириш буйича халқаро ташқилот

EASC - стандарлаштириш, метрология ва сертификатлаштириш буйича

халқаро кенгаш

COOMET - Евроосиё давлат метрологик муассалари хамкорлиги ташкилоти

IRSA - стандартлаштириш буйича ренгионлараро уюшмаси


Тўлақонли аъзолик



OIML - Қонуний метрология буйича халқаро ташқилот

ILAC - Лабораторияларни акредитациялаш буйича халқаро ҳамкорлик




Кузатувчи аъзолик



IEC - Электротехника буйича халқаро қўмита

IAF - акредитация буйича халқаро форум

CEN - стандартлаштириш буйича европа қўмитаси

APLAC - Осиё ва тинч океани давлатлари лабораториларни аккредита- циялаш соҳасидаги ҳамкорлик ташқилоти







Режарашти-рилган аъзолик


Xalqaro tajribada mahsulot, xizmat va jarayonlarga bo‘lgan majburiy talablar texnik reglamentlarda belgilanadi. Texnik reglamentlarga tegishli qonunlar, direktivalar va hukumat idoralari tomonidan berilgan farmoyishlar kiradi. Standartlar talablari esa majburiy emas. SHu sababli texnik reglamentlar amaldagi qonunchilikda muhim ahamiyatga ega.

Butunjahon savdo tashkilotining "Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha kelishuv"i talablarini bajarish maqsadida, «O‘zstandart»agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Butunjahon savdo tashkilotiga kirish maqsadida Respublikamizda olib borilayotgan siyosat, avvalambor ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini, eksport salohiyotini oshirishga yo‘naltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Butunjahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo kengashni tashkil etish to‘g‘risida»gi 1995 yil 10 noyabrdagi 45-son va «2007 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha ish Rejasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2006 yil 22 dekabrdagi 264-son qarorlarini bajarish maqsadida ish-lab chiqilgan va 2009 yilning 23 aprelda kuchga kirgan «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning debochasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining tuzilmasi

Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimiga kiruvchi organlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Ushbu tizimni shakllantirish, takomillashtirish va Qonun bilan belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari tayinlangan:



  • texnik shartlar (TSh). - tarmoq va tashkilotlar doirasida
    tasdiqlanadi - aniq standartlashtirish toifasiga tegishli emas,
    chunki hamma darajadagi standartlarning tarkibiy qismida bo‘lishi mumkin;

  • rahbariy hujjatlar (RN). - standartlashtirishning hamma
    toifasida tasdiqlangan bo‘lishi mumkin va ishlarni o‘tkazishning
    tartib va mazmuni, metodlar (uslublar, usullar).ini belgilaydi,
    rioya etish uchun majburiy tashkiliy-usuliy xarakterga ega rahbariy
    ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Rahbariy hujjatlar mahsulotlar,
    ishlar va xizmatlarga talablar va texnik normalarni o‘z ichiga
    olmaydi;

  • tavsiyalar (T). - rahbariy hujjatlarga aynan o‘xshash, lekin
    rioya qilish shart emas. Standartlashtirishning barcha toifasida
    tasdiqlangan bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasiniyag «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq (6-modda). mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga o‘rnatilgan majburiy talablar hamma normativ hujjatlarda bo‘lishi lozim. SHuningdek ushbu talablar mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning turlari, bir turdagi mahsulotlar tarkibidagi guruhlar normativ hujjatlarida ham takrorlanadi.

SHuni qayd qilish kerakki, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga talablar yagona hujjatda, yani bir turdagi mahsulotlar texnik reglamentida to‘planishi bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan maqsadlarga erishishni ta’min lash texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi majburiy talablarining keng spektrini o‘ziga qamrab oladi. Ularga texnik reglament tarkibiga kiritiladigan quyidagi talablar tegishli:

-atamalarga, o‘rov-idishga, tamg‘alarga yoki yorliqlarga hamda
ularni aks ettirish qoidalariga va mahsulotni identifikatsiya
qilishga doir talablar;

-mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan sinovlar, o‘lchovlar qoidalari va usullari.



-davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;

- mahsulotni sinash tartib-taomillari, nazorat qilish, sanitariya - epidemiologiya, veterinariya va fitosanitariya xulosasini berish tartibi;



-sanitariya, veterinariya va fitosanitariya choralari:

-karantin va veterinariya sanitariya qoidalari, shu jumladan xayvonlar va o‘simliklarni tashish bilan bog‘liq talablar;

-namunalar olish usullari va tartib-taomillari, insonning xayoti va sog‘lig‘uga, atrof muhitga zarar etkazilishi xavfini tadqik etish hamda baholash usullari;



-mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga maxsus talablar bo‘lishi
mumkin:

-qonun hujjatlarida belgilangan ayrim toifadagi fuqarolarning muhofaza qilinishini ta’minlaydigan;

- texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda insonning hayoti va sog‘lig‘iga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga, atrof muhitga taxdid soluvchi transchegaraviy xavfli ishlab chikarish ob’ektlariga oid. Uzbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonunining qabul qilinishi iqtisodiyotni boshqarishda tizimli yondoshishga o‘tish, shuningdek ishlab chiqaruvchilarimizning xorijiy raqiblari bilan teng raqobat qilishlariga imkon beradigan Butunjahon Savdo Tashkilotining savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha Bitimi talablarini bajarish va bu to‘siqlarni bartaraf qilish zaruratidan kelib chiqadi.

Butunjahon Savdo Tashqilotining savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha Bitimi xalqaro savdoda ortiqcha to‘siqlarning oldini olish uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilingan. Ushbu Bitim hujjatlarida muvofiqlikni baholash bo‘yicha ISO/MEK Xalqaro standartlari va qo‘llanmalarini keng qo‘llash o‘zaro savdo sotiqni muvofiqlashtirish uchun foydali ekanligi, bo‘ jarayondagi baholash bo‘yicha organlarning olingan natijalarga nisbatan xolislik, qat’iylik va ishonchni ta’minlovchi vakolatga egaligining mezoni sifatida qabul qiladi. SHu tufayli, muvofiqlikni baholash faoliyati doirasidagi ISO/MEK tavsiyalari savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi.

Muvofiqlikni baholash jarayonlarining dunyo miqyosida uyg‘unlashuvi, xalqaro savdo-sotiqni kengaytirish uchun istiqbolli imkoniyatlarni ochib beradi. Mamlakatlararo savdoni amalga oshirish uchun asosiy to‘siqlardan biri shundan iboratki, eksportyorlar mahsulotlarning turli qimmat narxli sinovlari va sertifikatlashlarini o‘tkazishga majburlar. Muvofiqlikni baholashning noshaffof yoki haq-huquqni cheklovchi jarayonlari o‘zaro savdoda "texnik to‘siq" bo‘lishi mumkin.



Xalqaro talablarga muvofiq muvofiqlikni baholash bo‘yicha organlar (sertifikatlashtirish organlari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari, inspeksiya organlari). akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.

Muvofiqlikni baholash bo‘yicha organlarni akkreditatsiyalash Akkreditatsiya bo‘yicha organ tomonidan amalga oshiriladi.

ISO/MEK 17000 «Muvofiqlikni baholash. Lug‘at va umumiy prinsiplar» standartiga muvofiq, akkreditatsiyalash- muvofiqlikni baholashga tegishli bo‘lgan, muvofiqlikni baholash bo‘yicha muayyan vazifalarni bajarish uchun uning kompetentligining rasmiy isboti bo‘lib xizmat qiluvchi, uchinchi taraf tomonidan muvofiqlikni tasdiqlashdir.

Boshqacha qilib aytganda, akkreditatsiyalash - Akkreditatsiya bo‘yicha organ tomonidan Muvofiqlikni baholash bo‘yicha organni belgilangan talablarga muvofiqligini baholash va ijobiy hollarda uning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiklash jarayonidir.

Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining huquqiy asoslari

O‘zbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonuni tizimning asosiy hukuqiy hujjati xisoblanadi, shu asosda, yani ushbu Konun qabul qilinishi munosabati bilan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida" gi Qonun loyihasi ishlab chikilishi kerak.

Inson hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi, atrof muhit muhofaza qilinishi, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalaridir. Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida», «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida», «CHikindilar to‘g‘risida», «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida», «Tabiatni muhofaza kilish to‘g‘risida», «Fukarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida», «Atmosfera xavosini muhofaza qilish to‘g‘risida», «O‘rmon to‘g‘risida», «Gidrotexnik inshootlarning xavfsizligi to‘g‘risida», «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida» gi va boshqa o‘nlab qonun xujjatlari orqali ta’minlanadi.

Uzbekiston Respublikasi mazkur masalalar bo‘yicha xalqaro shartnomalar va bitimlarda faol ishtirok etadi. Masalan atrof-muhitni muhofaza kilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida O‘zbekiston Evropa ittifoki, Gruziya, Qozogiston, Qirgiziston, Xitoy, Turkiya, Ukraina va boshqa mamlakatlar bilan bitimlar imzolagan.

Ko‘rsatib o‘tilgan konun hujjatlari, xalqaro va ikki tomonlama bitimlar ham texnik jihatdan tartibga solish tizimining huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining tashkiliy asoslari

«Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonun qabul kilinishi munosabati bilan quyidagi konun osti xujjatlarini tizimning tashkiliy asoslari katoriga kiritish lozim:

a). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan:

  • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert
    komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom;

  • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom.

b). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" gi qarori.

v). «O‘zstandart»agentligining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari haqidagi qarorni tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i.
Download 219,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish