O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_________________
“___” __________ 2019 yil
STANDARTLARNI VA ME’YORIY HUJJATLARNI ISHLAB CHIQISH TEXNOLOGIYASI
fanidan
O‘QUV – USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi:
|
300 000 – Ishlab chiqarish texnik soha
|
Ta’lim sohasi:
|
310 000 – Muhandislik ishi
|
Ta’lim yunalishi:
|
5310900 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (sanoat)
|
Jizzax – 2019
O‘quv-uslubiy majmua tarkibi
№
|
Mundarija
|
Mavjud
|
Bet
|
|
O‘quv materiallari (ma’ruza matni)
|
+
|
|
|
O‘quv dasturi
|
+
|
|
|
O‘quv ish dasturi
|
+
|
|
|
Masalalar va mashqlar to‘plami
|
+
|
|
|
Testlar
|
+
|
|
|
Nazorat uchun savollar (JN, ON, YAN)
|
+
|
|
|
Umumiy savollar
|
+
|
|
|
Tarqatma materiallar
|
+
|
|
|
Glossariy
|
+
|
|
|
Referat mavzulari (dasturga muvofiq mavjud bo‘lsa)
|
+
|
|
|
Adabiyotlar ro‘yxati (asosiy, qo‘shimcha)
|
+
|
|
|
Baholash mezonlari (jadval shaklida)
|
+
|
|
Tuzuvchilar:
Bozorov A.G’ – JPI “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi asistenti
Boboev G‘.G‘. – ToshDTU “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Mazkur majmuada “Sifat menejmenti tizimi” fanidan namunaviy dastur, ishchi o‘quv dasturi, ma’ruza mashg‘ulotlarining ta’lim texnologiyasi va texnologik xaritasi, ma’ruza slaydlari, ma’ruzalar matni, amaliy mashg‘ulotlarning ta’lim texnologiyasi va texnologik xaritasi, amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy ko‘rsatmalar, nazorat turlari uchun tayyorlangan topshiriqlar variantlari, test savollari, fandan umumiy nazorat savollari va glossariy (izohli lug‘at) jamlangan.
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua texnika oliy o‘quv yurtlari “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (MSMSM)” talim yo‘nalishining pedagog-o‘qituvchilari uchun tavsiya etiladi. SHu bilan birga o‘quv-uslubiy majmuadan ilmiy xodimlar, katta ilmiy xodim va mustaqil tadqiqotchilar hamda “Sifat menejmenti tizimi va uni sertifikatlashtirish” faniga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
O‘quv-uslubiy majmua “Metrologiya va standartlashtirish (MS)” kafedrasi majlisida (201 yil “ ” № -son bayonnoma) muhokama etildi va fakultetning o‘quv-uslubiy kengashiga tavsiya etildi.
Kafedra mudiri: ______________ dots Qo‘ziev B.
O‘quv-uslubiy majmua “Elektromexanika va radioelektronika” fakultetining o‘quv-uslubiy kengashida ko‘rib chiqildi (201 yil “ ” № -son bayonnoma) va institutining Ilmiy-uslubiy kengashiga tasdiqlashga topshirildi.
O‘quv-uslubiy kengash raisi ______________
O‘quv-uslubiy majmua Jizzax politexnika instituti Ilmiy-uslubiy kengashining 201 – yil “”№ - sonli qaroriga muvofiq o‘quv jarayoniga tatbiq etish uchun tavsiya etilgan.
Ilmiy – uslubiy kengash kotibi ______________
O‘QUV MATERIALLARI (MA’RUZA MATNI)
1-mavzu. Fanga kirish, standartlarni va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi halq xo‘jaligida tutgan o‘rni va ahamiyati
“Standartlarni va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi” ma’ruza matni hayotimizning barcha jabhalarida, xalq xo‘jaligining, sanoatning barcha tarmoqlari uchun o‘ta zarur bo‘lgan, standartlashtirish haqidagi asosiy tushunchalar va ta’riflar, me’yoriy hujjatlar, standart va uning toifalari, standartlarni ishlab chiqish tartiblari, standartlarni rasmiylashtirish talablari, standartlashtirishning huquqiy va qonuniy asoslari hamda O‘zbekiston respublikasi davlat standartlashtirish tizimi kabi masalalari xususida etarli va zarur ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu ma’ruza matni mohiyatan hozirgi kunlarda respublikamizdagi ta’lim va iqtisodiyot borasidagi rivojlanishi va o‘zgarishlari fan-texnika hamda texnologiyani jadal o‘zgarib borishini hisobga olingan holda yaratildi.
«Standartlarni va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi» asosan standartlashtirish faoliyatini paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixiy manbalardan ma’lumki, uzoq tariximizga o‘zaro bog‘liq bo‘lishi bilan bir qatorda, ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xos bo‘lgan, doimiy ravishda va uzluksiz tarzda rivojlanishda bo‘luvchi faoliyatlar turkumiga mansubdir.
Mustaqil O‘zbekistonimiz juda boy va ko‘hna madaniy va ma’rifiy meroslarga ega bo‘lib, ushbu meros G‘arb falsafasini shakllanishida, buyuk olimlarni va allomalarni muvoffaqiyat qozonishlarida munosib o‘rin egallagan. Bundan tashqari respublikamiz «Buyuk ipak yo‘li» asosiy tomirida joylashganligi va yirik savdo markazlariga ega bo‘lganligi sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etgan.
Ma’lumki, respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali bozor munosabatlarini shakllantirishga kirishishda eng avvalo, uning strategik maqsadlari belgilanib olindi. Bu maqsadlar ichida «raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlash» alohida ta’kidlab o‘tilgan. Iqtisodiy islohotlarning ustivor sanalgan yo‘nalishlarida ham quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin:
ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;
aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash;
mamlakatning eksport quvvatidan to‘la-to‘kis foydalanish, uni jadallik bilan rivojlantirish.
Bu borada respublikamizda qisqa muddat ichida ulkan ishlar amalga oshirildi va natijada O‘zbekiston sanoatlashgan hamda iqtisodiy jihatdan buyuk imkoniyatlarga ega davlatlar safiga qo‘shildi.
Standartlashtirish faoliyati yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar va sanoatimizning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarishdagi zamonaviylikni aks ettirish, texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirish, ishlab chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan turli xil mahsulotlarning sifati yuqori darajada, me’yoriy xujjatlarning belgilangan talablariga mos bo‘lishini, iste’mol mahsulotlarining aholi uchun xavfsizligini ta’minlash, ilg‘or, ko‘p yillik tajribadan o‘tgan jahon andozalaridan foydalanish va ularni respublikamizda tadbiq etish kabilarni o‘ziga mujassamlashtirgan. Tabiiyki, barcha soha mutaxassislari qaysi toifada bo‘lishidan qat’iy nazar ushbu borada etarli bilim va malakaga ega bo‘lishlari lozim.
SHu sabablarga ko‘ra, ushbu o‘quv qo‘llanma respublikamizdagi amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ta’lim borasidagi islohotlarga yondashgan holda jumladan, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish sohalaridagi bilimlarni etkazishda standartlashtirish asoslari tayanch faoliyat ekanlagini inobatga olib yaratishga harakat qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |