Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman



Download 12,75 Mb.
bet107/181
Sana26.02.2022
Hajmi12,75 Mb.
#470615
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   181
Bog'liq
Mikrobiologiya majmua 2017

2. Аsоsiy bоsqich
(55 dаqiqа)

2.1. Ma’ruza dаvоmidа virusologiya fanining tarixi va ahamiyati haqida tushuntirilаdi vа tаlаbаlаrni yozib оlishlаrini ta’kidlаydi.
2.2. Odam, hayvon va oʻsimlik viruslarining keltiradigan zarari, viruslarning ochilishi va uning ahamiyati haqida tushuntirilаdi vа slаydlаr оrqаli nаmоyishini оlib bоrаdi.
2.3. D.I. Ivanovskiy ishlarini ahamiyatini slаydlаr оrqаli оchib bеrаdi
2.4. Tаlаbаlаr bilimlаrini fаоllаshtirish vа mus-tаhkаmlаsh mаqsаdidа, jumlаdаn, quyidаgi sаvоllаrni bеrаdi:
- Virus soʻzining ma’nosi nima?
- Odam, hayvon va oʻsimlik viruslarining qanday turlarini bilasiz?
- D.I. Ivanovskiy ishlarini ahamiyatini nimadan iborat?

Tinglаydilаr, yozаdilаr.

Tаlаbаlаr bеrilgаn sаvоllаrgа jаvоb bеrаdilаr.



3. Yakuniy bоsqich
(10 dаqiqа)

3.1. Mаvzuni umumlаshtirаdi vа umumiy xulоsаlаr yasаydi. Tаlаbаlаr diqqаtini mаvzuning аsоsiy tоmоnlаrigа qаrаtаdi.
3.2. Mustаqil ishlаshlаri uchun nаzоаrаt sаvоllаrigа jаvоb tаyyorlаb kеlish vаzifаsini bеrаdi.

Tinglаydilаr.

Vаzifаni yozib оlаdilаr.





Slaydlar


12 - mavzu: Virusologiya fanining sohasi, vazifalari va uning rivojlanish tarixi
Reja:
1. Virusologiya fanining ahamiyati.
2. Odam, hayvon va oʻsimlik viruslarining keltiradigan zarari.
3. Viruslarning ochilishi va uning ahamiyati.
4. D.I. Ivanovskiy ishlarini ahamiyati.
5. Bakteriofaglarning kashf qilinishi.
6. F.V. Tvort, F.D. Errel ishlarining ahamiyati.
7. Viruslar tabiati haqidagi D.I. Ivanovskiy, A.F. Vuds, J. Jonson D. Nortrop va V.A. Rijkovlarning fikrlari.
Virusologiya fanining ahamiyati. XVIII asr oxirlarida ishlangan ba’zi rasmlarda kishilarni shohli qilib yoki ular oyogʻining mol tuyogʻiga oʻxshatib chizilganligini koʻrish mumkin. Buning sababi shundaki, oʻsha davrda, Angliyada odamlarni ancha kuchsiz oʻtadigan mol chechagi bilan emlab, ularda odam chechagiga qarshi immunitet hosil qilish boshlangan edi. Koʻpchilik bunga shubha bilan qarar edi. Chunki ularda, bu xil emlash natijasida odamlarga molning tabiati oʻtishi mumkin, degan fikr hukm surar edi.
Bunday emlash, aslida, Xitoy va Turkiya, keyinchalik esa Angliyada keng qoʻllanilgan. Ammo bu emlash tadbiri yaxshi yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli koʻpincha kasallikdan saqlash oʻrniga kishilarning oʻlimiga sabab boʻlardi.
Angliya sut sogʻuvchilarining koʻpincha mol chechagi bilan yengil – yelpi kasallanib, odam chechagi bilan ogʻrimasligi vrachlar e’tiborini jalb etdi. Kuzatishlar natijasida angliyalik Eduard Jenner chechak bilan ogʻrimaslik yoʻlini topdi. U mol chechagi pufakchalari ichidagi suyuqlikdan odamlarni emlashda foydalandi. Emlangan kishilar mol chechagi bilan engil kasallansada, ogʻir kasal boʻlgan odam chechagi bilan umuman kasallanmagan. Jenner bu usulni vaksinatsiya deb atadi (“vaksa”-lotincha sigir degan ma’noni bildiradi).
Vaksinatsiyaning asl sababi nima? Kishilarni vahimaga solgan chechak, poliomielit kasalliklari qaysi sabablarga koʻra yuzaga keladi? Bu kasalliklarning tabiati qanday degan savollarga yuz yillardan keyin, viruslarning kashf etilishi va ularning asl tabiati oʻrganilgandan soʻnggina javob topildi.
Odamlar, hayvonlar va oʻsimliklarning bir qancha yuqumli kasalliklari qadim zamonlardan beri ma’lum, ulardan eng xavflilari atrofga juda tez tarqalar, koʻplab aholi va hayvonlarning qirilib ketishi, oʻsimliklarning nobud boʻlishiga sabab boʻlar edi. Masalan, VI asrda oʻlat kasalligidan Rim imperiyasining yarim aholisi, 1916 yili Nyu-Yorkda poliomielit kasalligidan 2000 kishi nobud boʻldi va 7000 kishi shol kasalligiga uchradi. 1918 yildagi gripp epidemiyasidan jahon boʻyicha 500 million kishi kasallagan boʻlsa, ulardan qariyib 20 millioni halok boʻldi. Bunga oʻxshash misollarni koʻplab keltirish mumkin.
Buyuk Fransuz olimi Lui Paster quturish kasalligi ustida uzoq vaqt tajribalar oʻtkazib, bu kasallikni vujudga keltiruvchi “sabablar”ning bosh va orqa miyada joylashganligini aniqladi. Lui Paster quturgan hayvon miyasining ma’lum qismidan namuna olib kasallik qoʻzgʻash xususiyatini pasaytirdi va bu moddani sogʻlom itga yuqtirilganda itning bu kasallik bilan kasallanmaganligini aniqladi. Natijada odamlar va hayvonlarda qutirish kasalligining oldini olish chorasi topildi.
Lui Pasterdan bir necha asr ilgari Abu Ali ibn Sino (980-18.06.1037 y.) qutirish, qizamiq kasalliklarini paydo boʻlshi, davolash yoʻllarini oʻzini “Al-Qonun fit Tibb” nomli asarida koʻrsatib berdi.
Hozirgi zamon virusologiyasi va medisinasi “Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi-OITS” virusi tufayli insoniyat oldiga murakkab muammolarni qoʻydi. Bu virus 1970 yillardan boshlab sekin-asta dunyodagi barcha mamlakatlarga tarqala boshladi. Dunyo boʻyicha kasallangan odamlar soni hozirgi kunga kelib 60 milliondan oshib ketdi. Virus zarrasi 1981 yili birinchi marta Amerika Qoʻshma Shtatlarida ajratib olindi. 1988 yilga kelib rasmiy ma’lumotlar boʻyicha 132 mamlakatda OITV (Orttirilgan immunitet tanqisligi virusi) bilan kasallangan odamlar soni 777266 ta deb hisoblandi. Ular Amerika, Afrika, Evropa va Okeaniyadagi 33 mamlakatda aniqlandi.
OITS oʻz irsiy manbasini kasallangan odam hujayrasining irsiy manbasiga kiritadi. U shu holatda yillab saqlanishi mumkin yoki faollashib organizm immun sistemasini oʻta pasaytirib nobud qilishi mumkin.
Oʻsimliklar dunyosida virus kasalliklari, masalan lola gulining har xil tusda ochilishi, kartoshkaning kasallanishi, shaftolining sariq kasalligi qadimdan ma’lum. Virus kasalligi sababli bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklardan olinadigan hosilning kamayib ketishi yoki bu oʻsimliklarning tag-tubi bilan yoʻqolib ketishi kabi hollarni koʻplab uchratish mumkin. Masalan, Amerikaning shimoli – sharqida, shaftoli daraxtining sariq kasalligi keng tarqalgan yillari yuz minglab daraxtlar, Jorjiya shtatida esa, bu daraxtlarning “kalta boʻgʻim” (ukorocheniya mejdu uzlami) kasalligiga uchrashi tufayli milliondan ortiq meva daraxti kesib tashlandi. Bu kasallikdan tashqari, Shimoliy Amerikada shaftolining 18 xil virus kasalligi aniqlandi. Oʻsimliklar virus kasalligi tufayli Gʻarbiy Afrikada millionlab kakao daraxti yoʻq qilib tashlandi. Dunyo miqyosida yetishtiriladigan kartoshka hosili 10 foizgacha kamayadi.
Tamaki mozaikasi virusi ta’sirida Qoʻshma Shtatlarining oʻzida tamakidan kelgan zarar 18143,7 tonnani tashkil etdi. Angliya parniklarida yetishtiriladigan pomidor hosilining kamayib ketishi ham virus kasalliklarining natijasidadir.
Virus kasalligi koʻpgina oʻsimliklar, jumladan, qulupnay va malinaning qimmatbaho navlarining yoʻqolib ketishiga sabab boʻlmoqda. Karam, lavlagi, dukkakli oʻsimliklar, qovoqsimonlar, gullar va hokazolarning ham viruslar bilan kasalanishi qishloq xoʻjaligiga koʻplab zarar yetkazadi.
Yillar oʻtishi bilan bu kasalliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar aniqlana boshlandi.
Ayniqsa, D.I. Ivanovskiy tomonidan viruslarning kashf etilishi mikroorganizmlar dunyosining juda kengligini va bakteriyalardan ham mayda boʻlgan hujayrasiz organizmlar mavjud ekanligini koʻrsatdi. Bular bakteriyalarni tutib qoluvchi chinni filtirlardan ham oʻtuvchan, turli yuqumli kasalliklar tugʻdiruvchi hujayrasiz organizmlardirki, ular fanda filtirlanuvchi viruslar (“virus” soʻzi lotin tilida zahar degan manoni bildiradi) deb ataladi.

Download 12,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish