Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


-rasm. Bakteriofagning tuzilishi



Download 12,75 Mb.
bet109/181
Sana26.02.2022
Hajmi12,75 Mb.
#470615
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   181
Bog'liq
Mikrobiologiya majmua 2017

9-rasm. Bakteriofagning tuzilishi

Bakteriologiya usullarini keng koʻlamda qoʻllanish hozirgi zamon medisinasi tarmoqlarining tez rivojlanishiga turtki boʻldi Ammo bu usul chechak, quturish kabi kasalliklar mohiyatini aniqlashga ojizlik qildi. Koʻp oʻtmay D.I. Ivanovskiy yuqorida aytilgan kasallik qoʻzgʻatuvchilarning bakteriyalarni tutib qoluvchi filtrlardan oʻtishi va odatdagi bakteriyalar oʻsadigan oziqa muhitlarida ularning oʻsmasligini aniqladi hamda yuqumli kasalliklarni oʻrganish sohasida yangi bir usul kiritdiki, bu usul hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.


D.I. Ivanovskiy kashfiyotidan keyin “qirov” kasalligi, qoramol oʻlati, sariq, bezgak, parranda va qoʻylar chechagi, choʻchqalarning quturishi va oʻlati, it oʻlati, chechak, traxoma, poliomilet, bakteriofaglar, qizamiq va uchuq viruslari ochildi. Hozirgi vaqtda virusologik tadqiqotlar natijasida, viruslarning teri, miya, nerv hujayralari, oʻpka, yurak, ichak, turli bezlar va organlarni zararlashi aniqlangan.
Bulardan tashqari xatarli oʻsma kasalligining yuzaga kelishida ham viruslarni hisobga olinsa, hayvon va inson organizmining hamma toʻqimalari viruslar bilan kasallanishi mumkin, degan xulosaga kelinadi.
Viruslar barcha tirik organizmlar uchun umumiy boʻlgan irsiyat mexanizmlari oqsil va nuklein kislota sintezini oʻrganishda eng qulay ob’ekt boʻlib kelmoqda. Keyingi yillarda biologiya fanida boʻladigan katta yutuqlar virusologiyaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga sabab boʻldi
Virusning modda yoki tirik mavjudot ekanligi haqidagi masala viruslar kashf etilgandan beri olimlar orasida qizgʻin bahslarga sabab boʻlib kelmoqda. D.I. Ivanovskiy ularning tirik mavjudot, eng mayda mikroorganizm ekanligini isbotlagan boʻlsa, 1899 yili A.F. Vuds unga qarshi chiqib, tamakidagi mozaika kasalligini tamaki tarkibidagi ayrim fermentlar vujudga keltiradi deb viruslarning tirik organizm ekanligini inkor etdi. Bu fikrni 1943 yili M.V. Vuds qoʻllab, viruslarni normal oʻsimlik mitoxondriyasidan hosil boʻluvchi oksidlovchi ferment deb atadi. Virus protoplazma yigʻindisi, bu protoplazma hashorotlar vositasida oʻsimlikka oʻtib, unda koʻpayib, kasallantirish xususiyatiga ega boʻlishi mumkin, degan fikr 1942 yili J. Jonson tomonidan ilgari surildi. Viruslar modda almashinishining oʻzgarishi natijasida paydo boʻlishi mumkin, degan nuqtai nazar esa mashhur biokimyogar D. Nortrop tomonidan ilgari surildi. Sobiq Sovet virusologlaridan V.A. Rijkov, virusning hujayraga kirishidan to uning oʻziga oʻxshash virus zarrachalarini hosil qilishgacha boʻlgan jarayonlarining bizga unchalik ma’lum emasligini taʻkidlab virus hujayraga kirgandan soʻng koʻpayib, oddiy mikroskop yordamida koʻrish mumkin boʻlgan tanachalar hosil qilishini koʻrsatdi.
Virusologiyaning taraqqiy etishi natijasida viruslarning koʻplab xususiyatlari ochila boshladi. Elektron mikroskop yordamida bakteriofaglarning umumiy morfologiyasi oʻrganildi va ularning irsiy modda DNK (dezoksiribonuklein kislota) tutuvchi boshcha, qisqarish xususiyatiga ega oqsil qobiq bilan oʻralgan dumcha va quticha qismida joylashgan oʻzak va fibrillardan tashkil topganligi va bakteriofag oʻz DNKsini bakteriya hujayrasiga “shprits” mexanizmi vositasida kiritishi, hujayra ichida oʻziga oʻxshash bakteriofaglarni hosil qilishi, DNKning reduplikatsiyasi, bakteriofag struturasida qatnashuvchi oqsillar sintezi va virusning yetilishi kabi jarayonlar aniqlandi.
Sobiq Sovet virusologiyasining koʻzga koʻringan nomoyondalaridan V.N. Jdanov viruslar organik dunyoning bir qismi boʻlishi bilan birga, boshqa tirik mavjudotlardan bir qator xususiyatlari bilai ajralib turishini koʻrsatadi. Viruslar tarkibida DNK yoki RNK (ribonuklein kislota) uchraydi, oʻz kattaliklari bilan viruslarga yaqin turadigan rikketsiyalar, xlamidazoolar va mikoplazmalarda esa, ikkala tip nuklein kislota uchraydi. Viruslar koʻpayganda, ularning tarkibiy qismlari boʻlgan oqsil va nuklein kislotalari hujayraning boshqa-boshqa joylarida hosil boʻlib, virion tashkil topish jarayonida ular qoʻshiladi. Viruslar parazitligi organizm hamda hujayra darajasida boʻlmasdan, balki genetik darajada amalga oshadi. Viruslar hayotning oʻziga xos shakli boʻlib, maxsus usullar yordamida oʻrganiladi.
Viruslarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish uchun ularni oʻziga xos metobolizimini oʻrganish va viruslar kimyoterapiyasidan foydalanish lozim. Purin, pirimidin asoslari analoglar, oksibenzilimidazol tipidagi birikmalar, interferonni qoʻllanishga intilishlar viruslar kimyoterapiyasidagi dastlabki qadamlardandir.



Download 12,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish