Belgili kommunikativ funktsiya “iste’molchi-katolog-muallif” muloqotini olib borishga yordam beradi.
Ma’lumot-qidiruv funktsiyasi kitobxon buyurtmasini bajarish jarayonida amalga oshiriladi.
Pedagogik funktsiyasi kitobxon kutubxona hujjatlari bilan ishlayotgan amalga oshadi.
Katologlar va kartotekalarni tashkil qilishda bosma yoki qo’lyozma shaklidagi kartochkalrdan foydalaniladi.
Kartochkalardagi bibliografik yozuvlar GOST 7.1-2003 «Библиографическая запись. Библиографическое описание. Общие требования и правил» davlat standartlari asosida tuziladi. Har bir hujjatning yozuvi alohida katolog kartochkalariga yoziladi (3.1-rasm).
3.1-rasm.Kitobni qidiruv kartochkasi.
Kartochkaning chap burchagidagi shifr kitobning polkada turgan o’rnini ko’rsatadi.
Shifr va inventar raqamlari–hujjatni qidirish uchun zarur bo’lgan elementlar hisobla-nadi.
Katologlar vazifasiga ko’ra kitobxonlik va xizmat katologlariga bo’linadi.
Kitobxonlik katologlari fondlar tarkibi va mazmunini ochib beradi va kitobxon foydalanishi uchun maksimal qulaylik tug’diradi.
Xizmat katologlari saqlash va ro’yxatga olish funktsiyalarini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |