Tashqi rasmiylashtirish- shkaflar va katologlar yashiklarini rasmiylashtirishni o’z ichiga oladi. Hamma yashiklar arab raqamlari bilan raqamlanadi, ularga yashikdagi material mazmunini bildiruvchi etiketka-lar yopishtiriladi. Bu etiketkalarda yashiklarga joylashtirilgan birinchi va oxirgi kartochkalardagi bibliografik yozuvlar boshlanadigan harflar yoki bo’g’inlari ko’rsatilgan bo’ladi.
Ichki rasmiylashtirish katalog bo’limchalari orqali amalga oshiriladi. Har bir katalog bo’limchasida 60-70 tagacha kartochka joylashtiriladi. Bo’limchalar shakl va vazifasiga ko’ra turlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |