Kutubxonalarning katalog va kartoteka tizimlari (KKKT)-bu kutubxona tarmog’idagi fondlar tarkibi va mazmunini har xil aspektlarda ochib beruvchi bibliografik katalog va kartotekalarning tartibga solingan tizimidir. Bu tizim ilmiylik, rejalilik va tejamkorlik asosiga qurilgan. Bunda kitobxon ilmning hamma sohalari bo’yicha o’zini qiziqtirgan barcha savollarga javob topa olishi mumkin.
Kataloglar tizimi kutubxona ma’lumot-bibliografiya apparatining o’ta muhim qismi hisoblanib, fondda saqlanadigan barcha hujjatlarni o’zida aks ettirib turadi. Bu tizim fondlarni jamlash, ulardan foydalanish, ma’lumot-bibliografiya xizmatini tashkil qilish, kitobxonlar bilan yakka tartibda yoki jamoa shaklida ishlash kabilarga imkon beradi. Bu yerda kutubxonada mavjud bo’lgan har bir hujjat, har bir nashr, ma’lumot berish shakli (kitob, jurnal, CD ROM, grammplastinka va b.) dan qat’iy nazar,o’z aksini topgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |