Bibliografik yozuvlarni guruhlash usuliga ko’ra kataloglarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
alfavit katalogi;
sistemali katologlar;
toporafik katologlar;
predmet katologlari;
raqamli katologlar;
xronologik katologlar.
Yaratilish texnologiyasi va foydalanishiga ko’ra katologlar an’anaviy, kartochka ko’rinishida va elektron bo’lishi mumkin
Alfavit katologlari (AK)
Bu katologlarda bibliorafik yozuvlar alfavit tartibida joylashtirilgan bo’ladi. Yozuvlar mazmuniga ko’ra yakka yoki jamoaviy mualliflar familiyalari, tashkilotlar yoki hujjat sarlavhalari va b. kabi bo’lishi mumkin.
AK ning vazifasi ikkita asosiy savolga javob berishdir:
Kutubxonada kitobxon qidirgan kitob mavjudmi?
Kutubxonada shu muallifning boshqa kitoblari ham bormi?
AK yordamida quyidagi talabnomalar shaklida qidiruvlar olib borish mumkin:
-kutubxona fondlarida muayyan muallifning asarlari mavjudmi;
-ushbu asarning qaysi nashrlari kutubxonada mavjud;
-nashrlar qaysi seriyaga kiradi;
- nashr yili va joyi.
AK ni rasmiylashtirish tashqi va ichki shaklda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |