Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filali



Download 484,08 Kb.
bet1/12
Sana28.04.2022
Hajmi484,08 Kb.
#588495
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filali




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOMKARIMOVnomidagi
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILALI

Konchilik ishikafedrasi


Konchilik asoslari” fanidan



Mavzu :Karyer sharoitida bur`gilash-portlatish ishlari, qazib-yuklash va tashish ishlarini xisoblash


3-19 OKI


Bajardi: Abdusattorov Abdussomad
Qabul qildi: prof. Shakarov B.Sh.
kat.o‘qit. Xasanov O.A.
kat.o‘qit. Xasanov A.A.
kat.o‘qit. Gʻoybnazarov B.A.
ass. Alimov Sh.M.
Olmaliq – 2021


MUNDARIJA.

K Kirish……………………………………………




  1. Karyerning hajmi, o‘lchamlari, ishlab chiqarish unumdorligi hisoblash......................................................................................

II. Kon jinsini qazib olishga tayyorlash..................................


2.1. Kon jinslarining burg‘ulanuvchanligi................................
2.2 Burg‘ilash dastgoxi unumdorligini xisoblash....................
2.3.Skvajina zaryadlari konstruksiyasi va ularni
xisoblash....................................................................................................

III. Tog‘ jinslarini qazish va yuklash ishlari............................................


3.1. Ekskavatorlar ish unumdorligini hisoblash.....................

IV. Kar’yer yuklarini tashish........................................................................................................


V.Otval xosil qilish.......................................................................




Xulosa………………………………………………………..


Foydalanilgan adabiyotlar……………………………….


















TDTU Olmaliq filiali 5311600


















Izm

Varaq

Hujjat

Imzo

Sana

Tayyorladi













Lit.

Varaq

Varaqlar

Rahbar

























Kaf. mudiri.










TDTU Olmaliq filiali
3A-19 KI guruhi

























KIRISH.
O‘zbekiston dunyodagi juda katta oltin, kumush va boshqa qimmatbaho hamda yer bag‘rida kam uchraydigan metallar zaxiralariga ega bo‘lgan davlatlar jumlasiga kiradi.
Hozirgi vaqtda 40 ta qimmatbaho metall konlari qidirib topilgan. Oltinning asosiy zaxiralari oltin konlarining o‘zida – Markaziy Qizilqumda joylashgan bo‘lib, tasdiqlangan zaxiralar bo‘yicha respublikani dunyoda to‘rtinchi o‘ringa olib chiqadi.
Muruntov koni dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiradi.U Yevroosiyo qit’asidagi ruda tarkibida oltin yuqori darajada bo‘lgan eng yirik kondir. Muruntov konining topilishi halqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng katta kashfiyot deb e’tirof etildi.
Muruntov koni – juda katta manba bo‘lib, unda har yili millionlab kub metr kon tuprog‘i qazib olinadi.Undan dunyodagi eng sifatli oltin olish mumkin. Bu xolning o‘ziyoq dunyoning oltin qazib oluvchi sanoati uchun noyob namunadir.
Oltin tozalashda affinaj ( eng sof metall olish) jarayonining zamonaviy texnologiyasi joriy etilgan. Bu texnologiya bir qator Bu texnologiya bir qator “ nouxau ” ni o‘z ichiga oladi. Natijada oliy tovar ko‘rinishiga ega bo‘lgan, soflik darajasi
“to‘rtta to‘qqiz” ga teng asl oltin olinmoqda . Ana shu oltin O‘zbekistonga ko‘plab xalqaro sovrinlar keltiradi .
Ko‘p yillar foydalanish natijasida Muruntov konining chetida katta xajmda minerallashgan uyumlar ajratilgan va to‘plab qo‘yilgan edi . Uning tarkibidagi oltin miqdorini olish imkoni yo‘q edi . Bugungi kunda ana shu minerallashgan uyumlar Amerikaning “Nyumont Mayning Korporeyshn ” kompaniyasi ishtirokida eng yangi texnologiyalar jalb etilib, qayta ishlanmoqda .
So‘ngi yillarda infrastrukturasi yaxshi rivojlangan Samarqand va Toshkent viloyatlarida oltin rudali konlar aniqlandi va qidirib topildi. Dunyoning eng yirik oltin rudali viloyati bo‘lgan Qizilqumda Muruntovdan tashqari Ajbugut , Bulutkon , Balpantov , Aristontov , To‘rboy va boshqa yangi konlar aniqlanib, o‘rganilmoqda.
Qizilqum mintaqasidagi barcha oltin konlarining muhim xususiyati shundan iboratki, rudaning tarkibida oltin ko‘p miqdorda bo‘lib, u ochiq usulda qazib olinadi. Muhandisliktarmoqlari, kommunikatsiyalar ( suv, gaz, elektr energiyasi, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari ) ham mavjud.
Respublikada kumush konlari xam bor . Bular Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoye, O‘qjetpes, Kosmonachi konlari va Namangan viloyatidagi oqtepa konidir. Tasdiqlangan zaxiralarning katta miqdori oltin va mis – porfir konlaridir.
Oqtepa koni kumush qazib chiqarish bo‘yicha eng istiqbolli bo‘lib, chet el investitsiyalarini o‘ziga jalb etadigan kondir.
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar bilan bir qatorda uran ham ishlab chiqariladi.Uning uchun yirik mineral – xom ashyo bazasi barpo etilagan. Aniqlangan uran zaxiralari 50 – 60 yil mobaynida qazib olishga yetadi.
Uran bilan yo‘l – yo‘lakay reniy, skandiy, lantanoidlar va boshqalar ham qazib olinmoqda. Mazkur elementlarning aksariyati ma’lum darajada eritmaga o‘tadi.Binobarin, ularni ajiratib olish texnologiyasini joriy etish konlarni ishlash samaradorligini ancha oshirish imkonini bergan bo‘lur edi.
Uchinchi. O‘zbekiston rangli metallar – mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning aniqlangan zaxiralariga ega.
Mis rudalari bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi, chunonchi, oltin, kumush, molibden, kadmiy, indiy, tellur, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy va boshqalar ham qazib olinadi.
Muhimi shundaki, ruda asosan ochiq usulda qazib olinadi.Bu esa konlarning rentabelli ishlashini ta’minlaydi.Ishlab turgan konlar mis va unga yo‘ldosh metallarni 40 – 50 yil, rux va qo‘rg‘oshinni 100 yildan ko‘proq vaqt qazib olishni ta’minlaydi.
Rangli metallar rudalarining zaxiralari asosan Olmaliq ruda maydonida joylashgan.Qalmoqir koni noyob konlardan bo‘lib, u mis – molibden rudalarini qazib chiqarish bo‘yicha chet ellardan ancha ustun turadi. Bu konning rudasini Olmaliq kon – metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Kombinat O‘zbekistondagi eng yirik koxonalardan biridir.
Bundan tashqari, istiqbolli Dalneye mis koni topilgan. Uning mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurt zaxiralari katta.
Bu konda chet el sarmoyasi ishtirokida mis ishlab chiqaradigan va yo‘ldosh metallarni ajiratib oladigan ishlab chiqarishlar qurilishni amalga oshirish yangi boyitish fabrikasi qurishni talab qiladi. Bufabrikani ruda xom ashyosi bilan ta`minlash ikki yuz yilga mo‘ljallangan.
Mazkur kon qidirib topilgan zaxiralari, qazib olishning tannarxi, foydali qazilmalarning ajiratib olinishi jihatidan MDH mamlakatlari orasida teng keladigani yo‘qdir.
Qo‘rg‘oshin – rux asosan Jizzax viloyatining Uchquloch va Surxandaryo viloyatining Xondiza konlarida jamlangan.
Xodizadagi konda qo‘rg‘oshin va rux bilan birga mis, kumush, kadmiy, oltin va indiy bor. Xalqaro bozorda bu metallning mavqeyi oshgan sari O‘zbekistonda ularni qazib chiqarishni kengaytirish mumkin.
Ishlab turgan korxonalarni texnikaviy va texnologik qayta jihozlash uchun oz miqdorda investisiya sarflab, mis rudalarini qayta ishlash chog‘ida ajiratib olinadigan nodir metallarning oliy markalarini olish imkoni mavjud. Ularning tarkibida asosiy metall 99,99 foizni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi bir qator nodir va tarqoq holda uchraydigan metallarni ajiratib olish hamda ishlab chiqarish uchun ishonchli xom ashyo bazasiga ega. Ularning bir qismi, masalan, litiy, mustaqil konlarda jamlangan, boshqalarini mis, polimetallar, uran va boshqa foydali qazilmalar konlaridan yo‘ldosh moddalar sifatida ajiratib olish mumkin.
Selen va tellurdan asosan yarim o‘tkazgichlar, quyosh batareyalari, termogeneratorlar, po‘lat, shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
O‘zbekiston reniyning noyob zaxiralariga ega. U Olmaliq konlaridagi rudalari bilan bog‘liq.Molibden konsentratidagi reniyning miqdori jihatidan bu rudalar jaxon amaliyotida tengsizdir. Sanoatda reniydan aviatsiya va kosmik texnika uchun o‘tga chidamli qotishmalar, elektron uskunalar, neftni parchalash uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
Jahonda osmiy izotoplari oilasida osmiy 187 bor – yo‘g‘i 1,6 foizni tashkil etadigan tabiy manbalar ( Afrika, Shvetsariya, Rossiyada) mavjud. Ayni vaqtda O‘zbekiston konlaridagi tarkibida reniy bo‘lgan mis – molibden rudalarida barqaror izotopning foiz miqdori ancha yuqori.

Download 484,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish