3. Mashg‘ulot o‘tkazish vositalari:
Xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha me’yoriy ma’lumotlar; mavzuga tegishli bo‘lgan plakatlar, maketlar; mashinalarning agregati, uzellari va detallari.
4. Mashg‘ulot davomida quyidagi masalalar
o‘rganilishi lozim:
Gusenisalik traktorning gidrosistemasiga texnik xizmat ko‘rsatish va rostlash qanday olib borilishi; burilishini boshqarish agregatlarning gidravlik sistemasidagi nosozliklar nimalardan iborat ekanligi va ularni qanday ta’mirlanishi; gusenisalik traktorning gidrosistemasini ta’mirlash jarayonini.
10- amaliy mashg‘ulot
Traktorlarning yurish qismini ta’mirlash
texnologiyasini o‘rganish
1. Mashg‘ulotning maqsadi g‘ildirakli va gusenisalik traktorlarning yurish qismini ta’mirlash texnologiyasini o‘rganish iborat.
2. Nazariy qism
Mashina keskin tormozlanganda, yuklamasi ortib ketganda va old g‘ildiraklarning kirishuvchanligi noto‘g‘ri rostlanganda protektorning eyilishi keskin ortib ketadi. G’ildiraklar o‘tkir predmetlar ustidan o‘tganda, shinalar kesilib yoki yirtilib ketishi mumkin.
Кord iplarining uzilishi, protektorning va karkas yonining qatlamlanib ko‘chishi, karkas qavatlarining ajralishi, shinaning katta yuklamada ishlashi natijasida deformasiyalanishi yoki kameralardagi havo bosimining pastligi natijasida sodir bo‘ladi. Traktorlning katta tezlikda, keskin burilish va to‘siqlar orqali harakatlanishi pokrishka eyilishini tezlashtiradi.
Ta’mirlashga tayyorlash. Shikastlanish xarakteriga qarab, ta’mirlanadigan shinalar to‘rtta asosiy guruhga bo‘linadi.
Birinchi guruxga pokrishkaning ish xususiyatiga va uning mexanik sifatlariga ta’sir etmaydigan kichik kesilishi, tirnalishi, yuzaki va to‘g‘ridan-to‘g‘ri teshilishi bo‘lgan shinalar kiradi. Bunday nosozliklar profilaktik ta’mirlash jarayonida bartaraf etilishi mumkin. Agar nuqson bartaraf etilmasa, shinalardan keyinchalik foydalanishda kesilgan va teshilgan joylardan pokrishka karkasiga loy, chang, neft maxsulotlari, namlik kirib uni iщdan chikarishi mumkin.
Ikkinchi guruhga karkasga teguvchi chuqur kesilishlar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri mexanik shikastlanishlar kiradi. Shinalarning bu guruhdagi shikastlanishlari joriy ta’mirlash jarayonida bartaraf etiladi.
Uchinchi gurux nosozliklarga protektor karkasi shikastlanmasdan yostiq. katlamigacha eyilishga yoki mahalliy shikastlanishga ega bo‘lgan shinalardagi nuqsonlar kiradi. Uchinchi guruh. shikastlanishlarga ega bo‘lgan pokrishkani ta’mirlab bartaraf etish mumkin.
To‘rtinchi gurux nosozliklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta yirtilish, bort simlarining uzilishi, karkasning qatlam-qatlam bo‘lib ko‘chishi, bort iplarining va protektorning to‘liq yeyilishi bilan bogliq bo‘lgan nosozliklar kiradi. Bunday shinalar odatda, ta’mirlanmaydi. Ulardan manjet tayyorlashda foydalanish mumkin. Ularga neft maxsulotlari shimgan va har bir ipga tushadigan yuklama 40 — 60 N dan kichik bo‘lgan, kord iplari kuchsizlangan shinalar ham kiradi. Shinalarning ichki shikastlanishlari maxsus bort kengaytir-gichlar, yogoch tayanchlar qo‘llab, qo‘lda olib yuriladigan lampalar bilan yoritib aniklanadi. Кarkasning qatlamlanib ko‘chishi ultratovush nuqson aniklagich yordamida aniqlanishi mumkin.
Ta’mirlashga yarokli shinalar loydan tozalanadi, 50 — 70° S temperaturagacha isitilgan suvda yuviladi va unga kirib qolgan predmetlar (mix, shisha va boshkalar) chikarib olinadi. Shundan so‘ng shina kuritish kamerasida 60 - 75 °S temperaturada, kamida 48 soat davomida nisbiy namligi ko‘pi bilan 60% bo‘lguncha quritiladi. Quritilgandan so‘ng shinaning istalgan qismida namlik mikdori 3% dan oshmaslgi lozim. Ta’mirlangan shinaning ish qobiliyati ko‘p jihatdan quritish sifatiga bog‘liq, chunki shina tarkibida qolgan namliklar karkasning qatlamlanib ko‘chishiga sabab bo‘lishi, ta’mirlash materiallarining shina bilan birikish sifati yomonlashishi mumkin. Namlik IShP-2 namlik indikatori bilan aniklanadi, u shina karkasining elektr qarpshligini namlikka bog‘liq holda o‘zgarish prinsipida ishlaydi,
Shinaning namligi 3 — 4 joyda elektrod ignalarini karkasga botirib aniqlanadi. Tekshirish paytida paxta-qog‘oz materialli kordlarning namligi 2% bo‘lganda indikatorning bir neon lampasi yonadi, namlik 3 — 5% bo‘lsa. ikkita lampa yonadi, namlik 5% dan oshib ketsa, uchta lampa, yonadi. Viskozali kordlarni tekshirishda namlik 4% bo‘lganla, bir lampa, namlik 7% bo‘lganda, ikkita lampa, namlik 10% va undan ortiq bo‘lganda, uchta lampa yonadi.
Shikastlangan uchastkasini belgilash va uni kesish usullari. Ta’mirlash materialini shina bilan mustahkam birlashtirish uchun, avval shikastlangan uchastkalarni belgilab chiqish lozim. Undan so‘ng shikastlanish xarakteriga va uning joylashishiga qarab, ular shinaning shikastlanmagan joylarigacha kesilali. Protektorning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shikastlanmagan uchastkalari imkoni boricha kichik burchakka. konussimon qilib, tashqarisidan kesiladi. Кonusning keng asosi shinaning tashqi sirtiga yo‘nalgan bo‘lishi kerak. Pokrishkadagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shikastlangan joylarini kesishda, uning ichki tomonidan bos-qichli konus kesiladi, uning qirrasi shinaning tashqi sirtiga yo‘nalgan bo‘ladi.
Bortdagi shikastlanishlar ham xuddi shu usulda kesiladi. Agar shikastlangan karkasni ta’mirlashda manjetdan foydalanish talab etilsa, unda ichki yoki qarama-qarshi konus tashqi konus kabi kesiladi. Pokrishkalarning shikastlangan uchastkalari o‘tkir pichoqni suvda ho‘llab kesiladi. Rezinani ichki tomondan kesishda bort dastaki kengaytirgichlar, tayanchlardan foydadaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |