Тошкент Давлат техника


Gusenisalik traktorning gidrosistemasini ta’mirlash



Download 0,6 Mb.
bet109/156
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#787950
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   156
Bog'liq
2 5238236135330683012

Gusenisalik traktorning gidrosistemasini ta’mirlash. Yig‘ilgan nasosning germetikligi tekshiriladi, buning uchun udan chiqishda qarama-qarshi bosim hosil qilinadi. Stendning gidrosistemasi drosseli bilan bosim indeksi «U» bo‘lgan NSh nasoslarida 0 dan makisimal qiymati 14 MPa gacha, indeksi «2» bo‘lgan NSh nasolarida bosim 17,0 MPa gacha ko‘tariladi.
Germetiklikni tekshirish uch sikldan kam bo‘lmagan yuklanishda, har bir sikl 30 s gacha muddatda o‘tkaziladi. Bunda nasosning zichlangan joylaridan, hamda korpus jismi orqali moyni sizishi ruxsat etilmaydi.
Nasosning uzatishi aniqlanadi, buning uchun nasos bilan stendning monometri o‘rtasida qarama-qarshi nominal bosimi hosil qilinadi va suyuqlik schetchigi orqali nazorat qilinadigan miqdordagi moyni o‘tishi vaqti davomidagi sikllar soni o‘lchanadi. Agar impulslar soni ko‘rsatilgan qiymatlardan kichik bo‘lsa, nasosni traktorga o‘rnatish tavsiya qilinmaydi.
Taqsimlagich bo‘laklarga ajratilganda yuqorgi qopqoqdan chang qaytargich plastinalari chiqarib olinib, chang qaytagich, zichlovchi halqa va zolotnikni boshqarish sferik richagi chiqarib olinadi. Undan so‘ng yuqorgi va pastgi qopqoq echilib, zolotniklar korpusdan chiqarib olinadi. Saqlagich va qayta o‘tkazish klapanlari bo‘laklarga ajratiladi.
Bo‘laklarga ajratish uchun zolotnik maxsus moslamaga o‘rnatiladi, ochgich bilan tayanch tarelkasining tiqini burab chiqariladi va prujina, fikasatorlarning halqasi olinadi. Undan so‘ng zolotnikdan zolotnik avtomatini klapani bilan yig‘ilgan holda burab chiqariladi.
O’z navbatida gilza bo‘laklarga ajratiladi. Buning uchun rostlovchi tiqin va buster prujinasi chiqarib olinadi, klapan uyasi siqib chiqariladi.
Qayta o‘tkazish klapanining konusli sirtida, uni o‘rindiq qirrasi bilan tutashadigan joyida, sezilarli darajadagi eyilish izlari sodir bo‘ladi, bu esa birikmadagi germetiklikni buzilishiga, moyning yo‘qotilishini ortishiga olib keladi. Bunday hollarda kalapan va uning o‘rindig‘i ta’mirlanadi.
Кlapan o‘rindig‘i korpusdan pog‘onali opravka yordamida siqib chiqariladi.
Odatda, yangi qayta o‘tkazish klapani o‘rnatiladi. Ayrim hollarda qayta o‘tkazish klapanining konusli sirti 45º burchak ostida shlifovkalanadi. Кlapanning konusli sirtini tokarlik dastgohining markazida ta’mirlangandan so‘ng mayda qumli qog‘oz bilan 45º burchak ostida shlifovkalash bilan tiklanadi. Кlapan o‘rindig‘ining chetki sirtini tekis shlifovkalovchi dastgohida shlifovkalash talab etiladi. O’rindiqning ichki teshigi va uning chetki sirtida o‘tkir qirra hosil qilinishi kerak.
Taqsimlagichning saqlagich klapani klapan sharigi bilan tutashadigan joyning qirrasi va sharikning o‘zi ham eyiladi (qirrada faska hosil bo‘ladi). Кo‘p hollarda sharik almashtiriladi, klapanning uyasining cheti tekis shlifovkalash dastgohida o‘tkir qirra hosil bo‘lgunga qadar shlifovkalanadi.
Zolotnik avtomatining gilza va busterning ichki sirtining eyilishi uncha katta bo‘lmasa, uni ta’mirlamasa ham bo‘ladi.
Taqsimlagichni yig‘ish zolotnik avtomatini, gilzani yig‘ishdan va ularni rostlashdan boshlanadi. Кlapan sharigining ishchi qirrasiga bolg‘ani engil urish bilan chekanka qilinadi, buning uchun u plitadagi o‘rindiqqa yotqiziladi. O’rindiq sharik bilan gilzaga presslab kiritiladi. Presslashda sharikli o‘rindiqqa gilzani joylashtirishda, u gorizogtal plitada yotishi kerak. Chunki, gilzani yig‘ish ixtiyoriy ravishda olib borilsa, sharik uning boshqa tomoniga dumalab ketishi mumkin va natijada presslash paytida o‘rindiq uni siqib qoladi.
Gilzaga buster klapanining yo‘naltiruvchisi, prujinasi o‘rnati­ladi va rostlovchi tiqin qotirib qo‘yiladi.
Zolotnik avtomatlarining klapanlari (klapan, prujina va tiqin) bilan yig‘ilgan gilza stenda rostlanadi, buning uchun maxsus taglikdan foydalaniladi.
Buning uchun stend yuritmasi ulanadi, uning gidrosistemasi drosseli bilan klapan avtomatining ishlab ketish bosimi oshiriladi. Ushbu holat stendning manometri bo‘yicha belgilab qo‘yiladi. Zarur bo‘lganda zolotnikning klapan avtomatini ishlab ketish bosimi gilza prujinasining tiqinini aylantirib rostlanadi. Zolotnik klapan avtomatini ishlab ketish bosimi tekshirish 2-3 martadan kam bo‘lmasligi lozim. Rostlangan gilzani zolotnikka burab kiritil, uni yig‘ish taqsimlagichni bo‘laklarga ajratishga teskari bo‘lgan ketma-ketlikda olib boriladi.
Yig‘ilgan taqsimlagichda zolotniklar o‘z teshiklarida erkin siljishlari va puxta o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Zolotnik juftligining germetikligi, zolotnik-korpus birikmasidan moyning sizib oqish qiymati tekshiriladi. Buning uchun stendning so‘rish rukavasi istalgan tekshirilishi, kerak bo‘lgan zolotnikning yuqorgi halqasimon bo‘linmasiga ulanadi.
Stend gidrosistemasining drosseli ochiq holatda bo‘lganda, stend elektromotori yurgaziladi, undan so‘ng drossel bilan bosim 8,0 MPa gacha orttiriladi, u manometr ko‘rsatishi bo‘yicha nazorat qilinadi. Agar zolotnik va korpus o‘rtasidagi tirqish ruxsat etilganidan yuqori bo‘lsa, unda moy pastgi qopqoq bo‘linmasidan oqadi.
Ta’mirlangan zolotnikli juftliklar birikmasidan moyning oqishi 3 sm3 dan, R150, R180 taqsimlagichlar uchun esa 9 sm3 dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Saqlagich klapanining ishlab ketish bosimi tekshiriladi. Taqsimlagichning halqasimon bo‘shliqlarini barcha teshiklariga tiqin-zaglushka burab kiritiladi. Uning so‘rish kanali stend bilan birlashtiriladi, taqsimlagichning pastgi qopqog‘i rukavasi stendning to‘kish magistrali bilan birlashtiriladi. Stend yurgizilib, zolotnikning dastasi «Pod’yom» holatiga o‘rnatiladi va uni ushbu holatda ushlab turib, drossel bilan stendning to‘kish magistrali ohista bekitiladi.
Bu holda barcha moy saqlagich klapani tomonidan o‘tkaziladi, stendning manometri bilan aniqlanadigan o‘tkazish bosimi, klapanni haqiqiy ishlab ketish bosimiga mos keladi. Shu paytning o‘zida qayta o‘tkazish va saqlagich klapanlari orqali moyning sizib oqishi ham tekshiriladi.
Tekshirish uchun stend ishga tushiriladi, zolotniklardan birortasining dastasini «Pod’yom» holatiga o‘rnatiladi, stedning magistralidagi bosim drossel bilan 10 MPa gacha ko‘tariladi va taqsimlagichning pastgi qopqog‘ining to‘kish teshigidan moyni sizib oqishi kuzatiladi. Moyning sizib oqishi yangi va ta’mirlangan taqsimlagichlar uchun 0,5 l/mindan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Osgichning kuch silindrlari namlikda, abraziv changida, ayrim hollarda sezilarli darajadagi katta yuklanishlarda va b. sharoitlarda ishlaydi. Silindrlarning asosiy nosozliklariga silindr va shtokning zichlovchilarini eyilishi, uning egilishi, qopqoqlarning qotirish joylaridan, birlashtiriladigan truboprovodlardan moyning sizib oqishi va b. kiradi. Soz taqsimlagichda shtok sezilarli darajada cho‘ksa yoki osilgan uskunaning sekin ko‘tarilsa, unda kuch silindri echib olinadi va detallarini texnik nazoratdan o‘kazish maqsadida bo‘laklarga ajratiladi.
Agar zichlovchi rezina halqalar va manjetlar eyilgan yoki elastikligini yo‘qotgan bo‘lsa, ular almashtiriladi.
Shtokning diametri 0,1-0,2 mm ga nominal o‘lchamdan kichik bo‘lsa (eng katta eyilish kuzatilgan joylarida), shtok almashtiriladi. Shtokning salqiligi uning butun uzunligi bo‘yicha 0,1 mm dan katta bo‘lmasligi ruxsat etiladi. Unda shtok press yordamida soviqligicha to‘g‘rilanadi. Porshenlar va silindrlarning ichki sirti sezilarsiz darajada eyiladi va ular amalda ta’mirlashni talab etmaydi.
Кuch silindrlarini tekshirish uchun ular stendga o‘rnatiladi va taqsimlagichga to‘kish va so‘rish sohasi rukavasi ulanadi.
Stend yurgiziladi va taqsimlagichning dastasi bilan kuch silindrining porsheni bir necha marta harakatlantiriladi, unda ikala soha bo‘linmasi isitilgan moy bilan to‘ldiriladi. Porshen silindrda bir chetgi holatdan ikkinchisiga 0,7 MPa dan katta bo‘lmagan bosimda harakatlanishi lozim. Bosimning kattalashuvi shtokning egilganligini va tiqilib qolganligini ko‘rsatadi. Shtok bo‘yi moyning oqishi ruxsat etilmaydi.
Porshenni chetgi holatlaridan biriga siljitib, silindr bo‘shlig‘idan to‘kish rukavasi ajratiladi va uni o‘lchov bakiga tushiriladi.
Undan so‘ng stendning gidrosistemasi bilan 10 MPa bosim hosil qilinadi va silindrning birikmalarini holati kuzatiladi. Unda moy trubalaring birikmalarini zichlovchilari orqali moyning sizib oqishi bo‘lmasligi lozim.
Birlashtirish rukavalaridan moyning chiqishi ruxsat etiladi, ammo ularning miqdori 1-2 sm3/min dan katta bo‘lmasligi lozim.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish