Тошкент Давлат техника



Download 0,6 Mb.
bet111/156
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#787950
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   156
Bog'liq
2 5238236135330683012

G’adir-budurlash. Pokrishkani ta’mirlanadigan joyining ta’mirlash material i bilan tishlashish maydonini oshirish va kesilgan uchastkalarning silliq o‘tirishini ta’minlash maqsadida ular g‘adir-budurlanadi,
G’adir-budurlashda ish asbobi sifatida diskli rashpil, ishqalagich, po‘lat simdan yasalgan cho‘tka, kord tasma, jilvirtoshlar, ignali va plastinkali sharoshkalar ishlatiladi. Mahalliy shikastlangan uchastkalarga diskli rashpil bilan ishlov beriladi. Yuzaga donadorligi 100 — 50 bo‘lgan jilvirtosh bilan yakuniy ishlov beriladi.
G’adir-budurlashda protektor rezinasi yoki karkasi yonlarining rezinasi yirtilib ketishining oldini olish maqsadida, uning kesuvchi qirralari karkas tomon harakatlanishi lozim. Shinaning g‘adir-budurlangan uchastkasi, ta’mir materiallari yotqiziladigan uchastkaning o‘lchamlaridan barcha tomonlari bo‘yicha 15 — 20 mm ga katta bo‘lishi lozim.
Yangi protektor quyish uchun tayyorgarlik operasiyalarini bajarishdan avval pokrishkada maxalliy shikastlanishlarni bartaraf etish lozim. Undan so‘ng eski protektor yostiq qatlamigacha olib tashlanadi va g‘adir-budurlash dastgohida yoki plastinkali silindrsimon sharoshkalar bilan ishlov beriladi. Bu opreasiyalarni qaynatish kamerasi o‘rnatib pokrishka ichiga havo damlanib bajarish mumkin. Ishlov berilgan yuza oqish rangda bo‘lib, unda past-balandlik va yirik tirnalishlar bo‘lmasligi lozim. G’adir-budurlashning changi cho‘tka yoki chang yutkich bilan tozalanadi.
Elim surtish. Protektor rezinasiga surtilgan elim qatlami quritish kamerasida 30 — 50°S temperaturada 30 — 40 minut davomida qurililadi. Qurigan elim qatlamiga qo‘lning orka tomoni yaqinlashtirilganda tuklar elim qatlamiga yopishishi lozim. Elim qatlamini oshirish, ta’mirlash materialini pokrishka sirti bilan birlashish sifatini yaxshilash maksadida elim ikki marta surtiladi.
Ta’mirlash materialini o‘rnatish. To‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy shikastlanishlarni to‘ldirishda ta’mirlash materiali pokrishkaning ichki tomonidan qo‘yiladi.
Tozalangan karkasga muayyan o‘lchamga to‘g‘ri keluvchi kord qatlami qo‘yib chiqiladi. Кordning birinchi qatlami tagiga vulkanizasiyalanmagan rezina qatlami, har bir qatlamning chetiga qatlamlangan vulkanizasiyalanmagan rezina tasma qo‘yib chiqilladi. Har bir qatlamning ipi kord karkasi ipining yo‘nalishiga mos tushishi lozim. Protektor tomonidan kesilgan uchastka, vulkanizasiyalanma­gan protektor rezinasi qatlamlari bilan to‘ldiriladi. Qo‘yiladigan ta’mirlash materiallari vulkanizasiya paytida sifatli presslanishi uchun protektorlar 6 — 8 mm chiqib turishi lozim. Ta’mirlash materialining har bir qatlami qo‘yilganda materialning zich yotishi va havo pufakchalarini chiqarib yuborish uchun uning ustidan rolik yurgizib chiqiladi. Qo‘yiladigan tamir materiallari orasida havo qolsa, material qatlamini bigiz bilan teshib, havo chiqarib yuboriladi va bu uchastkaga yaxshilab rolik yurgiziladi.
Shikastlangan uchastkalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri manjetlar qo‘yib kuchaytiriladi. Ular yaroqsiz shina karkasidan kesib olinadi. Bu maqsadda shinadan bortlar kesib olinadi, chig‘ir yorlamida protektor va karkasning yonlari ko‘chirib olinadi. So‘ng karkasning yarokli uchastkalaridan kerakli o‘lchamda manjetlar kesib olinadi. Manjet chetlari burchak ostida kesiladi. Manjetlar g‘adir-budurlanadi, elim surtiladi, quritiladi. Manjet tagiga rezina qatlami qo‘yiladi, uning o‘lchami manjet o‘lchamidan 10 — 15 mm ga katta bo‘liish lozim. Manjet konturi bo‘yicha kengligi 20 — 30 mm bo‘lgan qatlam rezina tasma qo‘yiladi. Protektor bo‘lagi tagiga bir necha qatlam vulkanizasiyalanmagan protektor rezinasi qo‘yiladi.
Pokrishka bortining tayyorlangan uchastkalari ikki qatlam kord va bir qatlam bort o‘zakni qamrab oluvchi bort gazlama bilan to‘ldiriladi. Tashqi tomondan materialga vulkanizasiyalanmagan protektor rezina qatlami, ichki tomondan esa tayyorlangan manjet qo‘yiladi.
Yangi protektor o‘rnatishda elim surtilib, quritilgan pokrishka yuzasiga dastlab qavatli rezina qatlami, so‘ng quritishda profillangan, vulkanizasiyalanmagan protektor rezinasi o‘rnatiladi, va ustidan roliklar yurgizib chiqiladi. Materiallar yotqizilganda, uning surilmasligi, qatlanib qolmasligi, qatlamli rezina tagida havo pufakchalari qolmasligi lozim. Shundan so‘ng ta’mir materiallari vulkanizasiyalanadi.
Vulkanizasiyalash. Bu fizik-kimyoviy jarayon bo‘lib, bunda ta’mirlash materialiga ko‘yilgan plastik massa, ma’lum vaqt ichida, ma’­lum temperatura, va presslash bosimida mustahkamlik va elastiklik xususiyatiga erishadi.
Pastroq vulkanizasiyalash temperaturasida buyumni tekis qizdirish imkoniyati yaxshilanadi. Bunda vaqt ko‘p sarflansada, qatlamlar tarkibi bo‘yicha bir jinslilik ta’minlanadi.
Qalin qatlamli mahalliy shikastlangan pokrishka ta’mirlangandan so‘ng, talab darajasidagi sifatni ta’minlash uchun, dastlab uning ichki tomoni vulkanizasiyalanadi. Кeyin plitada profillangan alyuminiyli ostqo‘yma yoki isitish uchun bug‘ beriladigan maxsus formada tashqi tomonidan vulkanizasiyalanadi.
Vulkanizasiya jarayonini tezlashtirish va pokrishkani ikki tomondan isitish uchun bort matodan tayyorlangan elektr manjetdan foydalaniladi. Matolar qatlamlari orasiga elektr spirali o‘rnati­ladi. Sektorda vulkanizasiyalashda elektr manjet pokrishkaning tash­ki tomonidan o‘rnatiladi.
Vulkanizasiyalashda pokrishkani ikki tomonlama isitish uchun pokrishkaga rezinalangan matodan tayyorlangan bug‘-havo qopi joylashtiriladi. Unga vaqti-vaqti bilan bug‘ va siqilgan havo berilib turadi. Bug‘ va havoning bosimi ta’sirida vulkanizasiyalanadigan materiallar presslanadi. Vulkanizasiyalash muddati vulkanizasiyalana­digan uchastkaning qalinligiga ham bog‘liq. Temperatura 140°S bo‘lganda, kord to‘rt qatlamli bo‘lsa, Vulkanizasiyalash muddati 40—50 minutni, kord o‘n qatlamli bo‘lsa, 90 — 120 minutni tashkil etadi,
Vulkanizasiyalashda foydalaniladigan ta’mir materiallarining zarur bo‘lgan zichligini, ta’mirlanadigan uchastkaning puxta presslanishini hamda bu materiallarning pokrishka bilan mustahkam bog‘lanish hosil qilishini ta’minlash lozim. Mahalliy shikastlanishlarni ta’mirlashda vulkanizasiyalanadigan uchast­kaning presslanishi maxsus moslamalarda olib boriladi. Buning uchun zarur bo‘lgan bosim 0,6 — 1,2 MPa ni tashkil etadi. Vulkanizasiyalashdan avval vulka­nizasiya apparati qizdirilgan yuzalariga rezina yopishib qolishining oldini olish maqsadida shikastlangan joylarga yaxshilab talk sepiladi. O’rnatilgan protektor individu­al halqasimon vulkanizatorlarda vulkanizasiyalanadi. Ochiq vulkanizator dastlab isitiladi, protekgor rasmining matrisasi giposulfit eritmasi yoki sovun va eritma surtiladn, qurigandan so‘ng qaynatish kamerasi bo‘lgan vulkanizatorli pokrishka o‘rnatiladi. Vulkanizator boltlari bir tekis qotiriladi.
Pokrshpka suv tarmog‘idan suv nasosi bilan qaynatish kamerasiga uzatiladigan bosimi 1,2 — 1,4 MPa bo‘lgan sovuq suvda presslanadi. Shinaning vulkanizasiyalanadigan uchastkasi bug‘ ko‘ylagidan 0,4 — 0.45 MPa bosim bilan uzatiladigan bug‘ bilan qizdiriladi. Кerakli presslash bosimi hosil qilingaidan so‘ng yopish ventilidan suvning uzatilishp to‘xgatiladi. Pokrishka qizigan sari presslash bosimi ortib boradi. Vulkanizatorning havfsiz va avariyasiz ishlashi uchun saqlagich klapan 2,0 MPa bosimga rostlanadi. Vulkanizaniyalash nihoyasida qaynatish kamerasidagi suvning temperaturasi 85 ° S gacha etadi.
Protektor bir tomonlama qizdirilsa, vulkanizasiya vaqti ikki tomonlama bug‘-havo bilan qaynatish kameralarida qizdirilganiga qaraganda 12 - 15% ga ortadi. Ammo bunda karkasning katlamlanib ko‘chishi kuzatilmaydi, chunki karkasda qolgan namlpk presslash bosimining yuqoriligi va suv bilan sovitilganligi uchun bug‘ga aylanmaydi. Кarkas qatlamlarining qizish temperaturasi bu holda 95°S dan oshmaydi. Ikki tomonlama qizdirishda esa karkasning temperaturasi 120— 130°S gacha ko‘tariladi, bu esa vulkanizasiyalangan uchastkaning mustahkam-ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Vulkani­zasiya sifati reznnaning kattiqligi bo‘yicha, qattiqlik o‘lchagichda aniqlanadi. Protektor rezinasining vulkanizasiyadan so‘nggi qattiqligi Shor buyicha 58 — 62 birlik chegarasida bo‘lishi kerak. Pokrishka monolit butun holda bo‘lishi lozim. Ta’mirlangan uchastkalarda bo‘shliqlar bo‘lmasligi kerak. Manjet chetlari karkas bilan silliq kirishib ketgan bo‘lishi zarur. Vulkanizasiya jarayoni tugagandan so‘ng qaynatish kamerasidagi suv nasos bilan chiqarib tashlanadi, yuk ko‘tarish qobiliyati 10 kN bo‘lgan elektr telfer yordamida vulka­nizator ochiladi, bort kengaytirgich yoki maxsus moslama bilan qaynatish kamerasi pokrishkadan chiqarib olinadi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish