Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti dariy-ingliz guruhi talabasi imomov abduaziz



Download 306,5 Kb.
bet12/15
Sana20.07.2022
Hajmi306,5 Kb.
#831204
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Imomov Abduaziz

II bob bo‘yicha xulosalar
Eron va afg‘on tilshunoslarining XX asrda yaratilgan grammatik asarlari tahlili quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon berdi:
1. Rossiyada fors tilshunosligi tadqiqiga oid 4 ta ilmiy ish (V.S. Rastorguyevaning “Краткий очерк грамматики персидского языка”, Yu.A. Rubinchikning “Грамматический очерк современного персидского языка”, L.S. Peysikovning “Очерки по словообразованию персидского языка” kitoblari va I.K. Ovchinnikovaning “К вопросу о классификации именных частей речи в персидском языке” nomli ilmiy maqolasi) o‘rganildi. B.S. Rastorguyeva fors tilida ismiy (atash) xususiyatlarga ega so‘zlarni 1) otlar; 2) sifatlar; 3) ot va sifat oralig‘idagi so‘zlarga, I.K. Ovchinnikova ismiy so‘zlarning ma’no guruhlarini ularning ot yoki sifat turkumiga yo‘nalganidan kelib chiqib 1) predmetlik ma’nosiga ega ismlar (otlar); 2) belgi-xususiyatni anglatuvchi ismlar (sifatlar); 3) ma’nosi chegaralanmagan ismlar, ya’ni ham predmet belgisini, ham shu belgi egasini nomlay oladigan ismlar (sifat-otlar)ga,
Yu.A. Rubinchik fors tilida ismiy turkumni leksik-grammatik nuqtai nazardan 3 guruhga: 1) predmetlilik ma’nosini beruvchi ismlar; 2) predmеtlarning sifat xususiyatlarini ifodalovchi ismlar; 3) ham belgi-xususiyat, ham shu belgi-xususiyat egasi nomini bildiruvchi ismlarga ajratishni taklif qiladilar, L.S. Peysikovning fikricha, affikssiz so‘z yasalishi (transpozitsiya), so‘zlar distributsiyasi, sinonimiya muammolarini hal etmay turib, aralash, ya’ni gibrid so‘z turkumlarini ajratib olish imkoniyati yo ‘q.
2. Eronda yaratilgan 9 ta grammatik asar o‘rganildi. Tehron universitetining besh nafar professori A. G‘arib, M. Bahor, B. Foruzanfar, J. Humoiy va R. Yosamiy tomonidan yaratilgan “دستور زبان فارسی” Dastur-e zabān-e fārsi (“Fors tili grammatikasi”) asarida mualliflar so‘z turkumlarini to‘qqiztaga ajratishgan, A. Humoyun Farrux “دستور جامع زبان فارسی” Dastur-e jāme’ zabān-e fārsi (“Fors tilining to‘liq grammatikasi”) kitobida oltita so‘z turkumi, Abdurasul Xayyompur “دستور زبان فارسی” Dastur-e zabān-e fārsi (“Fors tili grammatikasi”) kitobida oltita so‘z turkumi, P.N. Xonlariy “دستور زبان فارسی” Dastur-e zabān-e fārsi (“Fors tili grammatikasi”) asarida sakkizta so‘z turkumi, A. Mavlaviy “دستور زبان فارسی” Dastur-e zabān-e fārsi (“Fors tili grammatikasi”) asarida oltita so‘z turkumi, H. Anzo‘liy, M. Mu’aniyyan, A. Giviy va H. Anvariy, H. Omuzgor va M. Zafepanjiyning ishlarida yettita so‘z turkumi ajratilgani aniqlandi. So‘z turkumlari tasnifidagi tafovut sabablari quyidagicha: A. Humoyun Farrux grammatik tasnifda son va undovni so‘z turkumi sifatida ajratmagan, old ko‘makchi va bog‘lovchilar bitta guruh (حروف horuf)ga kiritilgan. A. Xayyompur va A. Mavlaviy tomonidan olmosh va son ajratilmagan, lekin undov, old ko‘makchila va bog‘lovchilar qatorida bitta guruh (حروف horuf)ga kiritilgan. A. Xayyompur, A. Humoyun Farrux, J. Mashkur, P.N. Xonlariy va A. Mavlaviy so‘z turkumlarini ajratishda sintaktik mezonga asoslanadilar. H. Anzo‘liy, M. Mu’aniyyan, A. Giviy va H. Anvariy, H. Omuzgor va M. Zafepanjiylarning tasniflarida g‘arb tillaridagi mavjud tasnif asos bo‘lib xizmat qiladi.
3. Dunyo dariy tilshunosligiga oid 6 ta grammatik asar (R. Farhodiy “Le Persian parle en Afghanistan. Grammaire du Kabuli”, L.N. Dorofeyevaning “О языке фарси Афганистана”, L.N. Kiselevaning “Язык фарси-кабули”, T.N. Paxalinaning “К вопросу о вокализме фарси-кабули”, B.Ya. Ostrovskiyning “Вопросы морфонологической системы разговорного языка кабули (чередование и дистрибуция алломорф)” ilmiy ishlari) o‘rganildi. Ulardan ikkitasida so‘z turkumlari masalasi haqida fikr yuritilgan. R. Farhodiy “Le Persian parle en Afghanistan. Grammaire du Kabuli” kitobida so‘zlarning oltita turkumga ajratilishi haqidagi ma’lumotni keltirayotib, olmoshlarning nisbiy (относительное местоимение)va noaniq olmosh (неопределенное местоимение) turlari ham borligini ta’kidlaydi, L.N. Kiseleva “Язык дари Афганистана” kitobida so‘z turkumlarini yettitaga: ot (имя существительное), sifat (имя прилагательное), olmosh (местоимение), son (числительное), ravish (наречие), fe’l (глагол) hamda old ko‘makchilar (предлоги)ga ajratadi. Muallif dariy tilida so‘zlarni turkumlarga ajratishda ot va sifat turkumlarining muhim xususiyatlaridan biri deb baholaydi. So‘z turkumlarini ajratishda g‘arb tillarida mavjud so‘z turkumlaridek taqsimlangan.
4. Afg‘onistonda yaratilgan 5 ta grammatik asar tahlil qilindi. Muhammad Nasim Neghat Saidiyning “دستور معاصر زبان دری” Dastur-e zabân-e mo’âsser-e dari (“Hozirgi dariy tili grammatikasi”)(kitobida fe’llar guruhi
(گروه فعلها goruh-e fe’lhâ); ravishlar guruhi (گروه قیود goruh-e qoyud); ismlar guruhi گروه اسمها) goruh-e esmhâ). Ravishlar guruhiga holat (قید حالت qayd-e hâlat), zamon (قید زمان qayd-e zamân), makon (قید مکان qayd-e makân), miqdor (قید مقدار qayd-e meqdâr) va so‘roq (قید پرسشی qayd-e porseši) ravishlarini, ismlar guruhiga ot (اسم esm), olmosh (ضمیر zamir), sifat (صفت sefat)ni kiritadi; 1970- yilda Muhammad Rahim Ilhomning “دستور زبان دری” Dastur-e zabân-e dari (“Dariy tili grammatikasi”) kitobida fe’llar ( فعلها fe’lhâ (, ismlarاسمها) esmhâ( va ravishlar قیود) qoyud(. Muallif M.N. Neghat Saidiydan farqli ravishda ismlarga undovاصوات) oswât( ni ham kiritadi; Muhammad Husayn Yaminning “دستور زبان دری، صرف. فونولوجی و مورفولوجی” Dastur-e zabân-e dari, sarf. Fônôluji wa môrfôluji (“Dariy tili grammatikasi, morfologiya. Fonologiya va morfologiya” ( kitobida so‘z turkumlarining uch turini ajratib ko‘rsatgan: fe’l guruhiگروه فعل) goruh-e fe’l(; ravishlar (قیود qoyud); ism guruhi ( گروه اسم goruh-e esm). U ism guruhiga ot ) اسم esm(, sifatصفت) sefat), olmosh ضمیر) zamir) va son (عدد adad(ni, ravishlarga holat (قید حالت hâlat-e qayd), zamon (قید زمان qayd-e zamân), makon (قید مکان qayd-e makân), miqdor (قید مقدار qayd-e meqdâr), ta’kid (قید تاکید qayd-e tâkêd) va boshqa ravishlarni kiritadi.
5. Grammatik asarlardagi umumiylik va farqlar quyidagilarda kuzatildi:
5.1. Eron va afg‘on tilshunoslarining asarlarida ot, fe’l, ravish mustaqil so‘z turkumi sifatida aniq ajratilgan.
5.2. Grammatik asarlarda morfologiya va sintaksis o‘rtasida qat’iy chegara yo‘q: ot bilan ega, ravish bilan hol birga aralash yoritiladi.
5.3. Eron tilshunoslarining asarlarida so‘z turkumlari mustaqil va yordamchi so‘zlarga ajratilmaydi. Afg‘on tilshunoslarining asarlarida esa mustaqil va yordamchi so‘zlarga ajratilgan.
5.4. Afg‘on tilshunoslari asarlarida sifat, olmosh, sonni ot tarkibida o‘rganiladi. Chunki bular ismiy so‘z turkumlari deb hisoblanadi.
5.5. Afg‘on tilshunoslari ravishni holning gapdagi vazifasidan kelib chiqqan holda bir necha turlarga bo‘lib tahlil qiladilar. Masalan, payt, zamon va boshqa hol turlari kabi.

Download 306,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish