Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti dariy-ingliz guruhi talabasi imomov abduaziz



Download 306,5 Kb.
bet11/15
Sana20.07.2022
Hajmi306,5 Kb.
#831204
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Imomov Abduaziz

I bob bo‘yicha xulosalar
1. Forsi-ye dariy grammatikasiga oid qarashlarning shakllanishi forsi-ye dariy lug‘atchiligi (farhangnewisi-ye fârsi) bilan bog‘liq. Bu lug‘atchilik tarixi uch davrga ajratiladi:
Birinchi davr (XI-XIV asrlar) lug‘atchilikning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda yaratilgan, o‘zida grammatik qaydlarni aks ettirgan 5 ta lug‘at (“فرهنگ ابو حفص سغدی” Farhang-e Abu Hafsi Soğdi, “سوراخ” Surâx, “محزیب الاسماء” Mohzib al-asma, “السیرح من الصیحح” As-sirax min as-sihah, “قنز اللغت” Qanz al-loğat) haqidagi ma’lumotlar o‘rganildi. Mazkur lug‘atlardan Abu Hafs So‘g‘diyning “فرهنگ ابو حفص سغدی” Farhang-e Abu Hafs-e Soğdi (“Abu Hafs So‘g‘diyning lug‘ati”) lug‘atida asosan, so‘zlarning to‘g‘ri o‘qilishi haqida, ya’ni fonetika sohasi haqida, “محزیب الاسماء” Mohzib al-asma (“Benuqson otlar”) kitobida otlar va yuklamalar haqida ma’lumot berilgan.
Ikkinchi davr (XIV-XIX asrlar)da yaratilgan, o‘zida grammatik qaydlarni aks ettirgan 4 ta lug‘at (“فرهنگ جهانگیری” Farhang-e Jahāngiri, برهان قاطع” Burhān-e qāte’, “فرهنگ سوروری” Farhang-e Sururi, “فرهنگ رشیدی” Farhang-e Rašidi) aniqlandi. Ushbu davr lug‘atlarida xususan, Husayn Injuning “فرهنگ جهانگیری” Farhang-e Jahāngiri (“Jahongir lug‘ati”), Muhammad Husayn ibn Xalaf Tadriziyning “برهان قاطع” Burhān-e qāte’ (“Qat’iy dalil”) lug‘atlarida forsi-ye dariy tili fonetikasi, grammatikasi, leksikasi, so‘zlar etimologiyasi va so‘z yasalishi haqidagi ma’lumotlar jamlangan va nisbatan batafsil ma’lumot berilgan.
Uchinchi davr (XIX asrdan keyingi davr)da yaratilgan, o‘zida grammatik qaydlarni aks ettirgan 4 ta lug‘at (“فرهنگ نفیسی” Farhang-e Nafisi, “لغتنامه دهخدا” Loğatnāme-ye Dehxodā, “صحاح الفرس” Sehāh ul-furs, “فرهنگ فارسی” Farhang-e fārsi) aniqlandi. Bu davrda yaratilgan lug‘atlarda, xususan, Muhammad ibn Hindushoh Naxchivoniyning “صحاح الفرس” Sehâh ul-furs (“Fors tilining to‘g‘riligi”), Muhammad Muinning olti jilddan iborat “فرهنگ فارسی” Farhang-e fārsi (“Forscha lug‘at”) lug‘atlarida grammatik ishoralar, ya’ni so‘z turkumlari, fe’lning zamon shakllari va mayllari, ot va fe’l frazeologizmlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
2. XVII – XIX asrlarda yaratilgan lug‘atlarning tarkibini “فرهنگ رشیدی” (“Rashidiy lug‘ati”) lug‘ati tahlili orqali o‘rganish lug‘at maqolalarida bosh so‘z, so‘zni to‘g‘ri o‘qish uchun fonetik qaydlar, grammatik qaydlar, etimologik ma’lumot, so‘zning ma’nolari, iqtiboslar haqida berilgan ma’lumotlar chuqur asosga ega ekanligini ko‘rsatdi.
3. I bob mavzusi doirasida 15 ta lug‘at qayd qilindi. Bulardan “فرهنگ جهانگیریFarhang-e Jahāngiri (“Jahongir lug‘ati”) lug‘ati forsi-ye dariy tili fonetikasi, grammatikasi, so‘zlar etimologiyasi, orfoepiya va orfografiya haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan ilk lug‘at hisoblanadi va uning muallifi Husayn Inju forsi-ye dariy tili normativ grammatikasining asoschisi hisoblanadi.

Download 306,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish