Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

Malayziya va Indoneziya
davlatlari bilan davlatlararo 
aloqalar o‘rnatildi. Yurtboshimiz I.A. Karimovning 1992- yil 19-23-iyun kunlari bu 
ikki davlatga safari diplomatik aloqalar boshlanishida muhim ahamiyatga molik 
bo‘ldi. Ushbu davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy sohalardagi 
aloqalar tobora kengayib bormoqda. 
Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston. 
O‘zbekiston Respublikasi va XXR 
o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik tizimida o‘zaro munosabatlar muhim rol 
o‘ynaydi. Xitoy O‘zbekiston mustaqilligini 1991- yil 27 - dekabrda tan olgan. 1992- 
yil 2 -yanvarda ushbu mamlakt bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. Har ikki 
mamlakat o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgandan keyin iqtisodiyot, savdo, fan 
va texnika, madaniyat va san’at sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik jadal 
rivojlanishi uchun ko‘pdan ko‘p imkoniyatlar vujudga keldi. O‘tgan yillar maboynida 
ikki davlat o‘rtasida sheriklik munosabatlari va hamkorlikni yanada rivojlantirish 
to‘g‘risida bir qancha deklaratsiyalar, memorandumlar va boshqa hamkorlikka oid 
bitimlar imzolangan. Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 1992-yildan to 2009- yilga 
qadar O‘zbekiston va XXR o‘rtasida o‘zaro 
tovar aylanmasi o‘sha davrga nisbatan 6 
barobarga oshgan bo‘lsa, 2008-yilda dunyoda 
kechayotgan moliyaviy inqiroz tufayli bu 
ko‘rsatkich 1.200 mln. dollarni tashkil qilgan 
va 2007 -yilga nisbatan o‘zaro tovar aylanmasi 
25 -% ga kamaygan. 2008- yilga qadar 
O‘zbekistonga kiritilgan Xitoy investitsiyalari 
hajmi 11 mlrd. dollarni tashkil qilgan. 
Kiritilayotgan investitsiyalar nafaqat neft-gaz 


201 
sohasiga, balki transport, telekommunikatsiya, gidroenergetika, engil sanoat kabi 
sohalarga ham jalb qilinmoqda.
O‘zbekiston Xitoyga energiya resurslari, neft va neft kimyosi mahsulotlari, 
paxta tolasi, ipak, o‘g‘it, meva-sabzavot kabi mahsulotlar eksport qiladi. Xitoydan 
esa mamlakatimizga mexanik va elektron uskunalar, optik apparatlar, dori-darmon, 
to‘qimachilik mahsulotlari, plastmassa va plastmassa buyumlar, rangli va qora 
metallar, yog‘och va yog‘ochdan tayyorlangan mahsulotlar import qilinadi. 
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2016-yilgacha O‘zbekistonda Xitoy 
sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 700 dan ortiq qo‘shma korxona mavjud bo‘lgan. Ular 
asosan engil sanoat, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, 
axborot texnologiyalari kabi sohalarda ish olib boradi. Toshkent shahrida faoliyat 
ko‘rsatib kelayotgan “Elektron hisoblagich” O‘zbekiston - Xitoy qo‘shma korxonasi 
bunga misol bo‘la oladi. 2004 - yildan buyon faoliyat yuritayotgan “Elektron 
hisoblagich” qo‘shma korxonasi “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati hamda 
Xitoydagi “Holley Group” korporatsiyasi hamkorligining amaliy natijasidir. Mazkur 
korxona sarmoyasining 40 % O‘zbekistonga, 60 % Xitoyga tegishlidir. Qo‘shma 
korxona elektr energiyasi sarfini hisoblaydigan turli xil va o‘lchamdagi bir fazali va 
uch fazali elektron hisoblagichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonada ilg‘or 
texnologiyalar asosida tayyorlanayotgan mahsulotlar xonadonlar va tashkilotlar 
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori sifati, qulayligi, xalqaro andozalarga mosligi 
bilan ajralib turadi . 
O‘zbekistonda Xitoyning foizsiz (12 million AQSH dollari) va imtiyozli (36,3 
million AQSH dollari) kreditlari asosida qator ijtimoiy loyihalar ham amalga 
oshirilmoqda. Bundan tashqari, Xitoy “Eksimbanki” O‘zbekistonga 300 million 
dollarlik eksport krediti ajratgan. O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 
bilan Xitoy Eksimbanki o‘rtasida telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish 
hamda To‘polang GES iga agregat o‘rnatish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish 
to‘g‘risida ikkita kredit bitimi, “Farg‘onaazot” OAJ bilan “Grinkul” kompaniyasi 
o‘rtasida qo‘shma korxona tuzish to‘g‘risida ta’sis hujjatlari, “Motor zavodi” da 
“Grinkul” kompaniyasi ishtirokida dvigatellar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish 
to‘g‘risida hamkorlik memorandumi imzolangan.
So‘nggi yillarda ikki mamlakat hamkorligida mobil telefon apparatlari ishlab 
chiqarish bo‘yicha hamkorlik memorandumi, “Markazsanoateksport” kompaniyasi 
tomonidan Xitoyga mis etkazib berish to‘g‘risida bitim ham olib borilayotgan amaliy 
ishlar natijasidir. Shuningdek “O‘zsanoatmashimpeks” kompaniyasi tomonidan 
Xitoyga paxta etkazib berish to‘g‘risida bitim, “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi bilan 
“Luyang Lanbin” kompaniyasi o‘rtasida anglashuv protokoli, “O‘zkimyosanoat” 
kompaniyasi bilan “Grinkul” kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish 
to‘g‘risida bitim imzolangan. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida yana bir qator muhim 
bitimlar bo‘lib, ular ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik rivojiga asos bo‘lmoqda. 
Jumladan, “Xitoy va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy bitim”, “Ikki 
tomonlama soliq solinishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida” bitim, “Xitoy va 
O‘zbekiston o‘rtasida investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risida”gi bitim “Savdo-


202 
iqtisodiy, investitsion va moliyaviy hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida” 
memorandum shular jumlasidandir.
Ushbu ikki davlatning umumiy sa’y-harakatlari bilan hozirgi vaqtda iqtisodiy 
hamkorlikning shartnomaviy - huquqiy negizi shakllantirilgan, o‘zaro savdo hajmi 
faol o‘sib bormoqda, investitsiyalar sohasida, Shu jumladan, iqtisodiyotning neft-gaz 
tarmog‘ida hamkorlik faol rivojlanmoqda, Shuningdek, transport - kommunikatsiya 
jabhasida ham yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Xususan, 2009 -yilda ikki 
mamlakat o‘rtasida imzolangan ikkitaraflama shartnomalar doirasida O‘zbekistonga 
jami 1,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida Xitoy investitsiyalari jalb qilingan. Mazkur 
mablag‘lar energetika, kimyo sanoati, geologiya qidiruv, kommunal xo‘jalik, ta’lim, 
sog‘liqni saqlash kabi sohalarda loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilmoqda . 
XXR kompaniyalari bilan investitsion hamkorlikning muhim yo‘nalishi 
hisoblangan neft-gaz sektorini alohida qayd etish lozim. Mazkur tarmoq bo‘yicha 
hamkorlik ham o‘zining evolyusiyasiga ega. Masalan, bu borada 2005 -yilda 
“O‘zbekneftegaz” kompaniyasi va Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi (NP) o‘rtasida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish bo‘yicha hajmi taxminan 600 mln. AQSH 
dollari bo‘lgan qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi. 2006-yilda 
O‘zbekistonda Xitoyning kapitali ulushi 100% bo‘lgan “NP Silk Road” sho‘ba 
kompaniyasi tashkil etilib, u hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi Buxoro, Xiva, Farg‘ona 
va Ustyurt neft-gaz mintaqalarida beshta investitsion blokda geologiya - qidiruv 
ishlarini amalga oshirishga kirishdi. Bunda Xitoy korporatsiyasi O‘zbekistondagi 
geologiya-qidiruv ishlariga 5 yil mobaynida 208,5 mln. AQSH dollari miqdoridagi 
mablag‘larni investitsiya qiladi. 
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2005-yil Xitoyga 
tashrifi chog‘ida “O‘zbekneftegaz” va Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi 
o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga asosan Buxoro viloyatining Jondor tumanidan 
boshlanadigan O‘zbekiston - Xitoy gaz quvurini qurilishi 2008-yilning iyun oyidan 
boshlandi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi 
va 500 kilometrlik ikkita liniyani qurilishini o‘z ichiga oladi. Ushbu liniyalarning 
birinchisi 2009 -yilning dekabrida, ikkinchisi 2011-yilda qurib bitkazildi . 
Hozirgi kunda davlatlararo iqtisodiy aloqalarda Buyuk Ipak Yo‘lini tiklash 
strategiyasi doirasida O‘zbekiston - Qirg‘iziston - Xitoy temir yo‘lini qurish va 
avtomobil magistralini qayta ta’mirlash loyihasi yaxshi imkoniyatlarga ega. Tranzit 
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish istiqbollari ham Xitoy - Qirg‘iziston - 
O‘zbekiston temir yo‘li (Qoshg‘ar - Irkishtom - O‘sh - Andijon -Toshkent) loyihasini 
amalga oshirish bilan bog‘liq. Loyihaning dastlabki qiymati 1,2-1,5 mlrd. AQSH 
dollarini tashkil etadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, dastlabki 
bosqichning o‘zida tashiladigan yuklar hajmi yiliga 5 mln. tonnani tashkil etadi, 
keyinchalik esa, 17 -20 mln. tonnani tashkil etishi mumkin. Bu yo‘l tovarlarni 
transportda tashish vaqti va masofasini ilgari mavjud bo‘lgan yo‘llarga taqqoslaganda 
tegishli ravishda 7 -8 kun va 900 km ga kamaytirish imkonini beradi, bu esa yuk 
tashish qiymatini kamaytiradi. 
Ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik o‘zaro ishonch va siyosiy hamjihatlik savdo-
iqtisodiy aloqalar rivojida, hamkorlikda ko‘plab qo‘shma biznes loyihalarini hayotga 


203 
tatbiq etishda kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘lmoqda. O‘zaro tovar ayirboshlash 
ko‘rsatkichi 2008-yilda 1,2 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2011-yilda 
2,6 milliard AQSH dollariga etdi. Bu borada savdo-iqtisodiy sohadagi o‘zaro 
hamkorlik tobora o‘sib bormoqda. 2003 - yilda ikki tomon tovar ayirboshlash xajmi 
216 mln AQSH dollariga teng bo‘ldi. O‘zbekistonning Xitoyga qilgan eksport 53 
mln, import 163 mln AQSH dollarini tashkil etdi. 2001-2004 -yillarda Xitoy bilan 
tovar aylanish hajmi to‘rt marotaba oshdi. O‘zbekistonda Xitoy investorlari 
ishtirokida tuzilgan 122 korxona ro‘yxatdan o‘tgan. Shulardan 102 tasi qo‘shma 
korxona, 20 tasi 100% Xitoy sarmoyasi hisobidan Xitoy kompaniyalarining 23 ta 
korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2017 - yilga kelib Xitoyning O‘zbekistonga 
kiritilgan sarmoyasi hajmi 435 mln AQSH dollarini tashkil etadi. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2011-2017- yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash 
hajmi qariyb to‘rt barobar oshgan. 2017- yilning birinchi yarmida o‘zaro savdo 
yanada jadallashib, 59 foiz o‘sdi va 2,3 milliard dollarni tashkil etdi. Davom 
etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz 
oqibatida 
jahon 
iqtisodiyotidagi 
umumiy 
pasayishga 
va 
muammolarga 
qaramay, 
mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo barqaror 
sur’atlarda o‘syapti. Investitsiyaviy hamkorlik- 
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro 
hamkorlikning 
eng 
muhim 
yo‘nalishidir.
Ushbu hamkorlik ayni paytda har ikki tomon 
uchun ustuvor loyihalar xisobidan kengayib, 
eng muhim barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. 
O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan yirik 
sarmoyadorlardan biri bu Xitoydir. O‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 
hajmi 6,7 - milliard dollardan oshdi. Bular qatorida Qo‘ng‘irot soda zavodi, 
Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodini qurish va ishga tushirish, Yangi Angren 
issiqlik elektr stansiyasi va Angren ko‘mir konini texnik qayta jihozlash, Xitoy 
kompaniyalari bilan hamkorlikda neft, gaz hamda uran konlarini qidirish, razvedka 
qilish va o‘zlashtirishga oid qator qo‘shma loyihalar bunday o‘zaro manfaatli 
investitsiyaviy hamkorlikning yaqqol dalillaridir. 
O‘zbekistonda “Jizzax” maxsus industrial zonasi 2013- yildan boshlab tashkil 
etilib, investorlar uchun misli ko‘rilmagan imtiyoz va preferensiyalar joriy qilindi. 
Bugungi kunda “Jizzax” maxsus industrial zonasida mobil telefonlar, zamonaviy 
qurilish 
materaillari 
va boshqa 
yuqori texnologiyali 
mahsulotlar 
ishlab 
chiqarilmoqda.
O‘zbekistonning yirik mamlakat - Hindiston bilan musaqil aloqalariga 1993 - 
yilda asos solinadi. 1992-yil 10 mayda Ashgabadda O‘zbekiston, Qozog‘iston, 
Qirg‘iziston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Pokiston davlat va hukumat 
rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda TransOsiyo temir yo‘lini vujudga 
keltirish maqsadida 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish