6+2 dasturi
ni 6+3 ga aylantirish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu
tashabbusi I. Karimovning 2008-yil 3-4 aprel kunlari NATO ning Buxaristdagi
samitida ilgari surildi.
O‘zbekiston Respublikasi NATO ning kollektiv xavfsizlikni ta’minlashga
qaratilgan “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” loyihasini 1994-yilning iyulida imzoladi
hamda 1995- yilning iyul oyida ushbu dasturga qo‘shildi. 1995-2001-yillar
mobaynida “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturi doirasida o‘tkazilgan harbiy o‘quv
mashqlarida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari bo‘linmasining tinchlikni saqlash kuchlari
o‘ndan ortiq harbiy o‘quv mashqlarida qatnashdilar.
O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning
1999-yil 23-25-aprel kunlari AQSH
ga hamda
NATO
ning 50 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan
tadbirda
ishtirok
etishi
mamlakatimizning
ertangi kuni uchun muhim ahamiyat kasb etdi.
O‘zbekiston - NATO munosabatlariga va uning
“Tinchlik
yo‘lida
hamkorlik”
dasturida
hamkorlik qilish, bu NATOga a’zo bo‘lish
emas. O‘zbekiston - NATO munosabatlarining
asl mohiyati davlatimizning xavfsizligi va tinchligini ta’minlash, qolaversa mintaqada
barqarorlikni qaror toptirish uchun shart-sharoitni imkon qadar kengaytirish va
mustahkamlashdan iborat ekanligini ta’kidlandi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” Dasturida
ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng
tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O‘zbekistonning ishtirokini kafolatladi.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “NATO bilan hamkorlik qilish harbiy-siyosiy
197
voqealardan xabardor bo‘lib turish, bu uyushma doirasida amalga oshirilayotgan
tadqiqotlar va ishlanmalardan bahramand bo‘lish uchun imkon beradi”. NATO Bosh
kotibi X.Solana va AQShning NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning O‘zbekistonga
tashriflari O‘zbekiston va mazkur tashkilot o‘rtasidagi tinchlik yo‘lidagi siyosatining
hamohang ekanligini ham ko‘rsatdi.
O‘zbekiston yana bir nufuzli tashkilot
YXHT
ga 1992- yil 26 fevralda a’zo bo‘ldi.
Shu
bois
O‘zbekistonning
YXHTdagi
vakolatxonasi Venada 1994 - yildan, 1995-
yildan esa YXHTning Markaziy Osiyo
mamlakatlari bilan aloqalari bo‘yicha byurosi
Toshkentda faoliyat yuritmoqda. 1999- yilda
ushbu
byuroga
YXHTning
mintaqadagi
markazi maqom berildi. Markaz faoliyati
nazariy jihatdan siyosiy-harbiy, iqtisodiy-ekologik va inson xuquqlari kabi sohalarda
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan.
1996-yil
Lissabon
Sammitida
O‘zbekistonning
ishtiroki
respublika
rahbariyatining xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etishga ham imkon
berdi. Anjumanda O‘zbekiston xavfsizlik muammosiga doir o‘z qarashlarini bayon
etish huquqiga ega bo‘ldi. Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli zona deb
e’lon qildi. 1999-yil 18-19-noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat
rahbarlari uchun Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuvda
Prezident xalqaro terorrizmga qarshi markazini tuzish taklifi bilan chiqdi.
1996- yilning boshlarida O‘zbekistonda Britaniya Kengashi bo‘limining ish
boshlashi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytarish yo‘lidagi yangi qadam bo‘ldi.
O‘zbekistonning
Niderlandiya, Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, SHveysariya, Italiya,
Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, CHexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya
kabi
Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari
o‘rnatildi va kengayib bormoqda. Shveysariyaning Altendorf shahrida O‘zbekiston
Savdo uyining ochilishi muhim voqea bo‘ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo
uyigina bo‘lib qolmay, O‘zbekistonning Yevropa va jahonda biznes va savdo markazi
hisoblanadigan mamlaka - Shveysariyadagi vakolatxonasiga ham aylandi. 1995- yil
oktyabrda
Jenevada
“O‘zbekistonda
xususiylashtirish:
hamkorlik
uchun
imkoniyatlar” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Shu yil noyabr oyida esa
Londonda o‘tgan “O‘zbekistonda biznes” konferensiyasida iqtisodiy islohotlarning
xususiyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston jahon iqtisodiyotida integratsiyalashish yo‘lidan borib,
Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy
taraqqiyotga ko‘maklaShuv tashkiloti va boshqa moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlarga
a’zo bo‘lib kirdi va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Shu bilan birga O‘zbekiston
BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti,
Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning bolalar
fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon
198
meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi
kabi yana bir qancha
tashkilotlarga a’zo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |