Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov


 Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’naviy-madaniy va ta’lim sohadagi



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’naviy-madaniy va ta’lim sohadagi 
yangilanishlar. 
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha sohalarda 
bo‘lganidek madaniy-ma’naviy sohalarda ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. Xususan, 
bu davrda Nukus shahrining 60 va 70 yilligi, To‘rtko‘l shahrining 120 yilligi, 
Ajiniyoz Kasiboy o‘g‘li va Berdaq Qarg‘aboy o‘g‘lining 170 yilligi, Nukus 
pedagogika institutining 60 va 70 yilligi, Qoraqalpoq Davlat universitetining 25 - 
yilligi, Allayor Do‘stnazarovning 100 yilligi, Ernazar Alakozning 200 yilligi, 
I.Yusupov va T.Kaipbergenovlarning 70 yilligi keng nishonlandi. Qoraqalpoq 


190 
xalqining atoqli farzandlarini nomini abadiylashtirish maqsadida Nukus pedagogik 
institutiga Ajiniyoz shoir nomi, Qoraqalpoq universitetiga Berdaq nomi berildi. 
Berdaq va Ajiniyoz, Ulug‘bek 
haykallari 
o‘rnatildi, 
Berdaq 
muzeyi, 
Amet 
va 
Aimxon 
Shamuratovlar muzeyi tashkil etildi. 
1994 -yili Qoraqalpog‘istonda 
“Ma’naviyat, madaniyat va ma’rifat 
markazi” tashkil etildi. Dastlab 
markaz raisi sifatida - Ibroxim 
Yusupov 
tayinlangan 
bo‘lsa, 
hozirda Ulmambet Xo‘janazarov 
faoliyat olib bormoqda. Shuningdek 
“Oltin meros”, “Amir Temur”, “Nuroniy”, “Navro‘z” fondlari tashkil etildi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining fidoyi farzandlari Allaniyoz Uteniyozov, Agitoy 
Adilov, Onesya Saitova, Tulepbergen Qaipbergenov, Ibroxim Yusupovlar 
“O‘zbekiston Qaxramoni” yuksak unvoniga sazovor bo‘ldilar. 
1993 -yili respublika Ministrlar Kengashi qoraqalpoq tilidan yangi lotin 
yozuviga o‘tish hakida qaror qabul qiladi. “Bilim” nashriyotidan 1996-1997 -
yillarning o‘zida 65 bosmada darsliklar lotin yozuvi asosida chop etildi. 1993 -yili 
Nukusda turk-qoraqalpoq litseyi tashkil etildi. 1996-yili respublikada 743 ta 
umumta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatdi. Hozir Qoraqalpog‘istonda 6 ta gimnaziya, 13 
ta litsey, 19 ta kollej, 18 ta maktab-litsey, 6 ta bank-klass va biznes-maktablar 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikadagi 22 ta o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining 
kunduzgi bo‘limlarida 11,8 ming o‘quvchi ta’lim olmoqda. 1990 -yili Qoraqalpoq 
universiteti uchta fakulteti va ikkita bo‘limi asosida Nukus davlat pedagogik instituti 
qayta tashkil etildi.
1991-yili universitetning tibbiyot fakulteti asosida Toshkent 
pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali tashkil etildi. Unda talabalar soni 2001-yili 
1000 taga yetdi. 1995-yili yana universitetning qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot 
fakultetlari asosida Toshkent agrar universiteti Nukus filiali, Toshkent arxitektura-
qurilish instituti Nukus filiallari tashkil etildi. 2005 -yili Toshkent informatsion 
texnologiyalar universiteti Nukus filiali tashkil etildi. Beshta oliy o‘quv yurtlarida 9 
ming nafar talaba o‘qimoqda.
Yosh avlodning hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishi, 
iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoit yaratish davlatimiz 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘tgan davr mobaynida hududda 
zamonaviy sharoitlar yaratilgan 99 kasb-hunar kolleji, 9 akademik litsey 
foydalanishga topshirildi. 2015-yilda 9 ming 7 00 o‘rinli 22 ta zamonaviy maktab 
binosi barpo etildi. Ayni paytda hududdagi 370 umumta’lim va ixtisoslashtirilgan 
maktablarda 170 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar zamonaviy bilimlarni o‘rganmoqda.
1991-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston 
filiali bo‘lim statusiga ega bo‘ldi. Bo‘lim tarkibida Tarix, arxeologiya va etnografiya 
instituti, Bioekologiya, Orolbo‘yi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti tashkil 
etilib, mustaqillikdan avvalo uchta institut bo‘lsa, endi 6 ta institut tashkil etildi. 


191 
Bo‘limni akademik S.Kamalovdan keyin akademiklar Ch.Abdirov, T.Eshanovlar 
boshqardilar. Hozirgi vaqtda bo‘lim raisi bo‘lib professor Nagmet Aimbetov ishlaydi. 
Shuningdek, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston 
bo‘limi tashkil etilib, tarkibiga Shamurat Musaev nomidagi Chimboy dehqonchilik 
instituti, “Sholi” uyushmasi, Oltinko‘l stansiyasi, molchilik, bog‘chilik, uzumchilik 
muassasalari kirdi. Qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot sohalari bo‘yicha J.Mambetullaev 
va 
B.Mambetnazarov 
kabi 
akademiklarimiz 
mavjud. 
Bugungi 
kuni 
Qoraqalpog‘istonda 65 fan doktori, 600 dan ortiq fan nomzodi faoliyat ko‘rsatmoqda, 
Shu jumladan 60% fan doktori va 40% fan nomzodlari mustaqillik davrida ilmiy 
unvonga ega bo‘ldi. Ilgari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga 
saylangan S.Kamalov (197 -9), Ch.Abdirovlar (1989 -) qatoriga 1994 -2000 - yillari 
J.Bazarbaev, A.Baxiev, T.Eshanov, A.Dauletov, H.Hamidov ham qabul qilindilar. 
1997 -yili esa ikki nafar rassom J.Izentaev va J.Qulmuratov O‘zbekiston Respublikasi 
Badiiy akademiyasining akademikligiga saylandi. TilShunos olimlar M.Kalenderov, 
R.Esemuratova, A.Turabaev, K.Dauletbaevlar, faylasuf Po‘lat Seitov O‘zbekiston 
Respublikasi Beruniy nomidagi davlat mukofatini oldilar. Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Berdaq 
nomidagi 
davlat 
mukofatini 
A.Baxiev, 
R.Reimov, 
L.Konstantinova, 
J.Bazarbaev, 
K.Dauletova, 
M.Ametov, 
J.Sapar-niyazov, 
T.Eshanov, M.Ajibekov, S.Kamalov, K.Allambergenovlar oldilar. Ginekolog Oral 
Ataniyazova xalqaro “Goldman” nomidagi ekologik mukofatiga sazovor bo‘ladi. 
Qoraqalpoq davlat universiteti qoshida qoraqalpoq tili va adabiyoti bo‘yicha 
doktorlik va nomzodlik, UzFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi tarix, arxeologiya va 
enografiya instituti yonida tarix bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyalarni himoya 
qiluvchi ixtisoslashgan kengashlar tashkil etilib fan doktorlari va nomzodlari 
o‘zimizda himoya qiladigan bo‘ldi. Tarix fanidan hozirgacha 51 fan nomzodi himoya 
qildilar. 
Respublika olimlari mustaqillik yillarida chet el mutaxassislari bilan 
hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bioekologiya instituti olimlari 
Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993 -yildan beri Orolbo‘yi ekologiyasi 
muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. 1995-yili Mo‘ynoqda 
Germaniya yordamida bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stansiyasi ochildi. 
Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti olimlari Avstraliyaning Sidney universiteti 
olimlari va fransuz arxeologlari bilan birgalikda ekspeditsiyalar tashkil etmoqda. 
Tarixchilar Qoraqalpog‘iston hududida turizmni targ‘ibot qilish maqsadida “Oltin 
marshrut”-ni ishlab chiqib, unga Mizdaxkon, Ellikal’a yodgorliklarini kirgizdilar. 
1997 -yili sentabrda Nukusda “Qirqqiz” dostoni va turkiy folklorni tadqiq etish 
muammolariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Mustaqil 
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston dolzarb masalalari respublika shoir va yozuvchilari 
ijodida katta o‘rin egallaydi. O‘zbekiston qahramonlari, O‘zbekiston va 
Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroxim Yusupov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston 
xalq yozuvchisi Tulepbergan Qaipbergenovlar qatoriga Tolibay Kabulov, Xalmurat 
Saparov, Gulaysha Esemuratova, Kengesbay Raxmonov, Uzakbay Abduraxmanov, 
Murotbay Nizonov, Kengesbay Reimov, Saginbay Ibroximov, Kengesbay Karimov, 
Xalila Dauletnazarov, Jiyanbay Izbaskanov, Baxtiyar Genjemuratov, SHarapatdin 


192 
Ayapov, Gulistan Matyakupova, Nabiyra Toreshova, Munayxan Jumanazarova, 
Gulnara Nurlepesova, Abdimurat Atajanov, Xurliman Utemuratova, Sharigul 
Payzullaeva, Saylaubay Jumagulov, Bazarbay Kazakbaev va boshqalar kelib 
qo‘shildi. 
1993 -yili yanvarda Toshkentda Qoraqalpog‘iston madaniyati kunlari, noyabrda 
esa Qoraqalpog‘istonda Toshkent madaniyati kunlari o‘tkazildi. 1993 -yili Toshkent 
konservatoriyasida milliy “Ajiniyoz” operasi ijro etildi. 1996-yili qoraqalpoq 
xoreografiyasi tarixida birinchi marta “Oyjamol” nomli balet sahnalashtirildi. 
Kompozitorlardan 
N.Muxammaddinov, 
K.Zaretdinov, 
G.Amaniyazov, 
Sh.Paxratdinov, T.Esirkepov va boshqalar mustaqillik yillari yaxshi faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Muyassar Razzakova, Kegesbay Serjanov, Mirzagul Sapaeva, 
Gulxatiysha Aimbetova, Roza Kutekeeva, Makset Xo‘janiyozov, Makset 
O‘temuratov, Gulnara Utepova, Eleonora Qutlipulatova, Anifa Artikova, Gulnara 
Allambergenova va boshqa qo‘shiqchilarimiz butun O‘zbekiston va Markaziy 
Osiyoga taniqli bo‘ldi. Jumabay jirov Bazarov, Baxtiyar jirov Esemuratov, baxshilar 
Turg‘unbay Qurbanov, Ziyada Sharipova, Zulfiya Arzыmbetova, Jarilkagan Eshanov, 
Tenel Kalliev va boshqalar Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlarda qoraqalpoq 
dostonlari va she’rlarini ijro etib, butun dunyoga tanildi. Qoraqalpoq universiteti 
“Xurliman” ansambli 2000 -yili Toshkentda “O‘zbekiston - Vatanim manim” 
konkusida 1-o‘rinni egalladi. Mustaqillik yillari Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq 
milliy san’at muzeyi va Qoraqalpoq o‘lkaShunoslik muzeyi, Berdaq muzeyi milliy 
o‘zligimizni targ‘ibot qilishda katta faoliyat ko‘rsatmoqda. 
2002-yili 
may 
oyidan 
boshlab 
milliy 
televideniyada 
“Assalom 
Qoraqalpog‘iston” tonggi ko‘rsatuvi tashkil etildi. Shuningdek, “Mavrit”, “Tarix va 
taqdir”, “Boyterek”, “Shanarak”, Yoshlar kanali” ko‘rsatuvlari tashkil etildi. 
Prezidentimiz Erkin Kutibaev, Alisher Avazbayev, Baxtiyar Nurullaev, Muratbay 
Baltaniyazov, F.Orazimbetov va boshqalarning sport sohasidagi mardliklarini tan 
oldi. Mustaqillikning o‘tgan davri - tarix uchun bir lahzadir. Lekin Shu muddatda 
Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilgan ishlar salmog‘i va ko‘lami bilan bir necha un 
yilliklarga teng keladi. Tarixan qisqa davrda mamlakatimiz hayotida ham, odamlar 
turmushida ham keskin burilish yasaldi.

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish