“Shanxay xalqaro hamkorlik tashkiloti”
ga O‘zbekiston 2001-yilning iyun
oyida a’zo bo‘ldi. Unda
Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izston va Tojikiston
Respublikalari
ham doimiy a’zodirlar.
Bugungi kunda izchil faoliyat ko‘rsatayotgan
xalqaro siyosiy-iqtisodiy tashkilotlar xaqida
so‘z
yuritilganda,
Shubhasiz,
birinchi
navbatda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti
tilga olinmoqda. Dastlab “Shanxay beshligi”
deb nomlangan bu tashkilotga 2001-yilda
O‘zbekiston
Respublikasi
a’zo
bo‘lib
qo‘shilgach,
“Shanxay
Hamkorlik
Tashkiloti” deb ataladigan bo‘ldi. Ayni paytda unga
Rossiya Federatsiyasi, Xitoy
Xalq Respublikasi, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izston
Respublikalari
rasman a’zodirlar.
Shanxay Hamkorlik Tashkilotining “Terrorizm, separatizm va ekstremizmga
qarshi kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi” imzolangan bo‘lib, 2002-yil iyulida
Sankt-Peterburgda u yanada mustahkamlandi. 2003- yil may oyida Moskva
SHHTning tashkiliy organlari, ramzlari tasdiqlanib, O‘zbekiston Tashkilotining yangi
raisi etib belgilandi. 2003 - yil sentabrda Pekinda “SHHTga a’zo davlatlarning 20
yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi” qabul qilinib, mahsulot,
kapital, xizmat va texnologiyalar erkin aylanishi shartlari belgilab olindi, SHHTning
moliyaviy byudjeti ko‘rildi. 2004 - yil iyundan Tashkilot to‘la ravishda ishga kirishdi.
2005 - yil iyulida Ostona sammitida Mongoliya, Hindiston, Pokiston va Eron
kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi. 2010 - yilda Toshkentda o‘tkazilgan navbatdagi
anjuman a’zo davlatlar tashqi siyosatida muhim voqea bo‘ldi.
O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlarida boshlab chet mamlakatlar bilan
teng huquqli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Mustaqillikning dastlabki
kunlaridan e’tiboran mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga kirishga intila boshladi.
Jumladan mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan mamlakat bu Turkiya
respublikasi edi. 1991- yil 16-19-dekabr kunlari O‘zbekiston davlat delegatsiyasi
Turkiyada bo‘ldi. Safar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati
o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to‘g‘risida
shartnoma, konsullik vakolatxonalarini ayirboshlash to‘g‘risida Protokol, iqtisodiy va
savdo sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni
saqlash, sport va turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim, transport va
kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, axborot ayirboshlash,
televidenie va radio eshittirish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida protokollar va
boshqa hujjatlar imzolanadi.
199
Do'stlaringiz bilan baham: |