Litva, Latviya va Estoniya
Respublikalari o‘rtasidagi
ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish
va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma
Deklaratsiyasining
imzolanishi
bu
davlatlar bilan bundan keyingi aloqalarni
rivojlanishini yangi bosqichga ko‘tardi.
O‘zbekiston bu davlatlarga rangli metallar,
ipak paxta, neft va boshqa mahsulotlar
eksport
qiladi.
Respublikamiz
Litva,
Latviya va Estoniyadan elektr mashinalari, ularning ehtiyot qismlari, shakar, efir
moyi, qora metal, sut mahsulotlari, mebel sanoati mahsulotlarini sotib oladi. O‘zaro
hamkorlikka asosan Toshkentda bu davlatlarning qo‘shma korxonalari ish
yuritmoqda.
206
Ta’kidlash joizki,
O‘zbekiston va Rossiya
o‘rtasidagi 1992- yil o‘rnatilgan
diplomatik aloqalardan so‘ng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar
imzolangan. Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri V.Chernomirdin, keyinroq E.Primakov
1998 yil Rossiya Federatsiyasi prezidenti B.F. lsin, 1999-yil dekabr va 2000-yil may
oyida prezident V.V. Putinning O‘zbekistonga qilgan tashriflari Rossiya va
O‘zbekistonning o‘zaro iqtisodiy hamkorliklarini yo‘lga qo‘yishda yangi davrni
boshlab berdi. 2003 -2004 - yllarda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar
yana ham mustahkamlandi. Jumladan, Rossiya davlati xavfsizlik kengashining raisi,
Mudofaa, Tashqi ishlar, Transport vazirlari o‘zbekistonlik davlat rahbarlari bilan
muhim masalalar bo‘yicha bitimlar tuzdi. 16 iyun kuni strategik hamkorlik to‘g‘risida
bitim tuzildi. V. Putinning Rossiya Prezidenti etib saylanishi Rossiya va O‘zbekiston
o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. V. Putin qisqa muddatda
O‘zbekistonda ikki marta: 1999- yil 10-11- dekabrda va 2000 - yil 18-19- may
kunlarida davlat tashrifi bilan keldi. Tashrif davomida ikki mamlakat Prezidentlari va
rasmiy delegatsiyalari o‘rtasida savdo iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish xarbiy
va xarbiy texnikaviy hamkorlik, xavfsizlik, jumladan, Afg‘anistondagi vaziyatni
barqarorlashtirish, xalqaro terrorchilikka qarshi birgalikda kurashish va boshqa
masalalar muxokama etildi.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash xajmi 2000 - yilda bir
milliard AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekistonda 520 ta O‘zbekiston- Rossiya
qo‘shma korxonasi, Shuningdek, Rossiya
Fereratsiyasi
firma
va
kompaniyalari
ro‘yxatga olingan. Rossiyada esa O‘zbekiston
sarmoyasi ishtirokida tushilgan 250 ga yaqin
qo‘shma
korxona
mavjud.
O‘zbekiston
Rossiyadan mashinalar va jixozlar, kimyo
mahsulotlari va plastmassa, qora metal va
boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli
mashina va jixozlar, paxta tolasi, oziq-ovqat
mollarini eksport qiladi.
2001- yil 3-5 may kunlari, 2004 - yil aprel oyida O‘zbekiston Prezidenti
I.Karimovning Rossiyaga tashrifi va Rossiya Prezidenti V. Putinning 2004 - yil iyun
oyida O‘zbekistonga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi tog‘onaga
ko‘tardi. 2001- yili MDH tashkil topganligining 10 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda
savdo, iqtisodiy, ta’lim, madaniyat, soliq, bojxona sohalarida Rossiya bilan
shartnomalar imzolanadi. Bugungi kunda MDH davlatlari, xususan Ukraina,
Belorussiya, Moldova, Boltiq bo‘yi respublikalari ham O‘zbekiston bilan teng
sherikchilik asosida o‘zaro hamkorlik qilmoqdalar.
2004 - yil 16- iyunda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi
o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolanadi. Mazkur 2005 - yil 14-
noyabrda ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma xujjatlari o‘zaro
xavfsizlikni ta’minlash, global taxdidlarga qarshi xarakat qilish, siyosiy, iqtisodiy va
gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan mustaxkam poydevor
bo‘lib xizmat qiladi. “ O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi bilan “ Lukoyl”
207
neft kompaniyasi OAJ xamda “Gazprom OAJ” o‘rtasida mahsulot taqsimotiga oid
bitim imzolandi. Bu xujjat Rossiya tomonidan O‘zbekiston yoqilg‘i- energetikasi
sohasiga 2.5 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni nazarda tutadi.
Ikki davlat o‘rtasidagi savdo xajmi 2004 - yilda 1 milliard 642 million AQSH
dollarini tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2008- yil 5-6 fevral kunlari
rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ldi. Muzokaralar yakunida
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlarining qo‘shma
bayonoti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi hukumati
o‘rtasida 2008-2012- yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi hamda
Aviasozlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimO‘zbekiston Respublikasi Tashqi
ishlar vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2008-
yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.
O‘zbekistonning
Do'stlaringiz bilan baham: |