“Bir makon, bir yo‘l”
xalqaro forumining ishtirokchisidir. Mazkur
hamkorlik ikki yo‘nalish- quruqlik va dengiz orqali davlatlararo hamkorlikni
musathkamlashga qaratilgan. U hozigi kunda Osiyo, Afrika va Yevropadagi 65
mamlakatni qamarab olgan. 2019 yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
mazkur forumda nutq so‘zlab, O‘zbekiston va Xitoy sheriklik aloqalarini
yuksaltirishdan minnatdorligini qayd qilgan edi. Umuman, qayd qilingan
malumotlarga tayanib, O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar
jadal rivojlanayotganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bu esa kelajakda har ikki
davlat o‘rtasidagi sherikchilik aloqalarining strategik imkoniyatlaridan yanada
samarali foydalanishni taqoza etadi.
So‘nggi yillarda respublikamizda ta’lim sohasida ham xalqaro hamkorlikda
sezilarli ijobiy siljishlarga erishildi. Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2019 yil 1 iyul
holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 102 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritgan. Birgina
2018- yilda mamlakatimizda jami 13 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan,
Samarqandda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Rossiya Federal davlat
avtonom oliy ta’lim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti”ning
Olmaliq shahridagi filiali, Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning Puchon universiteti
filiali faoliyat boshladi. Davlatimiz rahbarining 2018- yil 25 - sentabrdagi Farmoni
bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etildi. 2018-
yilda ilk bor xalqaro tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi
yaratildi, ta’lim va ilmiy tadqiqot jarayonlari tahlil qilindi. Mamlakatimizda o‘nga
yaqin oliy ta’lim muassasasi va ularning filiallari tashkil etildi. Masalan, Olmaliq
shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar institutining, Toshkent shahrida esa
AQSHning Vebster universitetining filiali ochildi.
Savol va topshiriqlar
1.
O‘zbekiston bugungi kunga kelib qanday xalqaro tashkilotlarga a’zo
bo‘lgan?
2.
O‘zbekiston YUNESCO bilan hamkorlikda so‘nggi yillarda qanday
tadbirlarni amalga oshirdi?
3.
O‘zbekistonning
MDH
davlatlari
bilan
munosabatlari
qanday
rivojlanmoqda?
4.
O‘zbekiston va BMT aloqalari haqida gapirib bering.
5.
Prezident
SH.Mirziyaevning
Respublika
iqtisodiyotiga
xorijiy
investisiyalarni jalb etish yuzasidan qanday ishlarni amalga oshirmoqda?
6.
Mintaqaviy mojarolar va terrorizm xavfini misollar yordamida tuShuntiring.
7.
O‘zbekiston va Turkiya aloqalari haqida so‘zlab bering.
8.
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida referat
yozing.
9.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar haqida nimalarni bilasiz?
10.
O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida qanday sohalarda
hamkorlik qilinmoqda?
214
11.
MDH qachon tashkil topdi, unga qaysi respublikalar a’zo bo‘lib kirdi?
12.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida
davlatlararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma
qachon imzolandi, uning ahamiyati nimada?
13.
Qanday misollar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning
rivojlanib borayotganligidan guvohlik beradi?
14.
O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalar
haqida so‘zlab bering.
15.
O‘zbekiston va Belorus Respublikalari o‘rtasidagi aloqalar haqida
nimalarni bilasiz?
16.
Orol muammosini hal qilish yo‘lida qanday tadbirlar amalga
oshirilmoqda?
17.
O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan hamkorligi haqida so‘zlab bering.
18.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida
nimalarni bilasiz?
19.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi aloqalar haqida so‘zlab bering.
20.
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi aloqalar haqida nimalarni
bilasiz?
215
Do'stlaringiz bilan baham: |