Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

AQSHga rasmiy tashrifi
(2018- yil 15–16 may) O‘zbekiston 
– Amerika strategik hamkorligini rivojlantirishga kuchli turtki berdi. Tarixiy tashrif 
davomida savdo, fan, qishloq xo‘jaligi, energetika va boshqa sohalarda o‘zaro 
manfaatli aloqalarni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar 
imzolandi. Ikki mamlakat kompaniyalari qiymati 4,8 milliard dollarlik 20 dan ortiq 
yirik shartnomalarni imzolashdi. Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said 
Husayn Halil as-Sisi 2018- yil 4–5-sentabr 
kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda 
bo‘ldi. Davlatlarimiz o‘rtasida yoshlar, sport, 
investtitsiya, qishloq xo‘jaligi sohalarida 
hamkorlik 
to‘g‘risida 
anglashuv 
memorandumlari, ta’lim, turizm, arxeologiya, 
madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida 
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga 
doir bitimlar, ikki mamlakat tashqi ishlar 
vazirliklari o‘rtasida 2019-2020- yillarga 
mo‘ljallangan hamkorlik dasturi va adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik 
memorandumi singari jami 12 ta hujjat imzolandi. Belarus Prezidenti Aleksandr 
Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida (2018- yil 12–14 sentabr) 
19 ta kelishuv va umumiy qiymati 263 million dollarlik 56 ta savdo shartnomasi 
imzolandi. Prezidentimizning Hindistonga davlat tashrifi davomida (2018- yil 30-
sentabr – 1- oktyabr) 20 dan ziyod hukumatlararo hujjatlar va qiymati 3 milliard 200 
million dollarlik shartnomalar imzolandi. Prezidentimizning Fransiyaga rasmiy 


212 
tashrifi (2018- yil 8–9 oktyabr) O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Yevropa 
Ittifoqi davlatlariga qilgan birinchi safari bo‘ldi.
Tashrif yakunida 10 ta hukumatlararo shartnoma va umumiy qiymati 5 milliard 
evroga teng bo‘lgan investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha bitimlar imzolandi. Umuman 
olganda, 2018- yil mobaynida 30 dan ortiq davlatlararo va halqaro tuzilmalar 
rahbarlari bilan oliy darajadagi muzokaralar olib borildi, 180 ta ikki tomonlama 
shartnoma hamda kelishuvlar tuzildi. 
Shuningdek, hukumat, vazirlik, idoralar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari 
darajasida 360 ta tashrif amalga oshirildi. O‘zbekiston diplomatiyasining 
yutuqlaridan biri o‘zbekistonlik taniqli diplomat Vladimir Norovning 2019 yil 1 -
yanvardan boshlab SHHT Bosh kotibi lavozimiga tasdiqlanganligi ham tarixiy voqea 
bo‘ldi. 3 yanvarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev V. Norovni SHHT 
Bosh kotibi sifatida qabul qildi. O‘zbekiston tashqi siyosatidagi ijobiy o‘zgarish va 
natijalarni yana boshqa ma’lumotlar misolida ko‘rish mumkin. Faol tashqi siyosat 
tufayli mamlakati mizning xalqar obro‘ -e’tibori 2018- yil – “Faol tadbirkorlik, 
innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” O‘zbekiston 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev dunyoning turli mamlakatlariga 30 ga yaqin oliy 
darajadagi tashriflar bilan bordi hamda nufuzli tashkilotlarning sammitida qatnashdi. 
Keyingi ikki yil ichida xorijiy mamlakatlar prezidentlari mamlakatimizga 16 ta 
tashrifni amalga oshirdi. Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 7 -2-
sessiyasida nutq so‘zladi. Unda bildirilgan takliflar xalqaro hamjamiyat tomonidan 
katta qiziqish bilan kutib olindi; Prezidentimiz tashabbusi bilan, ilk bor Markaziy 
Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi tashkil etildi; Afg‘oniston bo‘yicha 
“Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” 
mavzusidagi yuqori darajadagi Toshkent konferensiyasi o‘tkazildi; Prezidentimiz 
Xitoyning Sindao shahrida SHHT Davlat rahbarlari Kengashining o‘n sakkizinchi 
majlisida ishtirok etdi; BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Trast fondi 
faoliyati yo‘lga qo‘yildi va hokazo.
Toshkent shahridagi “Miran International” mehmonxonasida 2018-yil 22-
sentabr kuni xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida tashkil etilgan 
“O‘zbekistonning Harakatlar strategiyasi doirasidagi tashqi siyosiy faoliyati” 
mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasi 
Tashqi ishlar vazirligi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari bilan 
bir qatorda AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Belgiya, Fransiya, Xitoy, 
Yaponiya, Pokiston va Hindistondan tashrif buyurgan, jami 26 nafar ekspert ham 
ishtirok etdi. 
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT minbarida so‘zlagan ilk 
nutqidan so‘ng tashkil etilishi ramziy ma’noga ega bo‘lib, O‘zbekistonning xalqaro 
maydonda ijobiy imijini oshirish, olib borilayotgan islohotlar bilan jahon 
hamjamiyatini xolisona tanishtirish kabi tashabbuslar kelgusida yanada qo‘payishi 
tabiiydir. 
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar, birinchi navbatda, Rossiya 
Federatsiyasi bilan, Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi, Amerika Qo‘shma 
SHtatlari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Koreya Respublikasi va Yaponiya bilan 


213 
munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan faol tashqi siyosat olib borishda 
muhim rol o‘ynadi. O‘zbekiston 2017 - yildan boshlab Xitoy tashabbusi bilan tashkil 
qilingan 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish