132
-
natural ko‘rinishda beriladigan imtiyozlarni tegishli pul to‘lovlari bilan
almashtirish jarayonini tugallash;
-
norasmiy sektorda tadbirkorlik faoliyatidan, shuningdek pul o‘tkazmalari
hisobidan daromad olayotgan oilalarni chiqarib tashlash yo‘li bilan moddiy yordamga
muhtojlik sezayotgan oilalarni aniqlash usulini takomillashtirish. Tejab qolingan
mablag‘lar eng muhtoj oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish
uchun qayta
yo‘naltiriladi;
-
joylarda muhtojlarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish, shuningdek, mablag‘larni
ijtimoiy himoyaning ayrim moddalari o‘rtasida qayta taqsimlash bo‘yicha qarorlar
qabul qilishda davlat organlari mustaqilligini kengaytirish;
-
o‘zini o‘zi boshqarish organlarida kam ta’minlangan oilalarga nafaqa to‘lovlari
to‘lashni tashkil qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar tayyorlash darajasini
oshirish;
-
aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun
byudjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan, xayriya tashkilotlari va homiylarning
mablag‘larini
jalb qilish, bu kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy to‘lovlar hajmi va
qamrovini oshirishga imkon beradi;
-
ayrim nafaqa to‘lovlari va imtiyozlarni tugatish natijasida bo‘shagan
mablag‘larni muhtoj oilalarga manzilli nafaqa to‘lovlarini moliyalashtirish hajmini
oshirishga yo‘naltirish;
-
minimal ijtimoiy standartlarni, jumladan, mintaqaviy
xususiyatlarni hisobga
olgan holda, hisob-kitob qilish usulini takomillashtirish;
-
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun aholining ijtimoiy zaif guruhlari,
avvalambor, talab qilinmagan mehnat salohiyatiga ega, kam ta’minlangan oilalarni
kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan
mikromoliyalashtirish institutlarini kengaytirish.
Aholi farovonligini oshirishda bandlik masalasining o‘rni katta. Bugungi kunda
mehnatga layoqatli aholining bandligini ta’minlash maqsadida yangi ish o‘rinlari
yaratayotgan ish beruvchilar rag‘batlantirilmoqda, ularga soliq,
kredit va boshqa
masalalarda imtiyozlar berilmoqda; mehnat bozorida ishchi kuchi sifati va
raqobatdoshligini
oshirish
chora-tadbirlari
ko‘rilmoqda;
aholini
ish
bilan
ta’minlashning eng samarali vositalari bo‘lgan kichik biznes, xususiy tadbirkorlik,
kasanachilik, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi yanada jadal sur’atlarda
rivojlantirilmoqda; aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan
toifalari moddiy
qo‘llab-quvvatlanmoqda, ular uchun ish o‘rinlarini kvotalash tartibi yo‘lga qo‘yildi;
davlat va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan vaqtinchalik va jamoat ishlari
tashkil etilmoqda; tashqi va ichki migratsiyani tartibga solishga e’tibor
kuchaytirilmoqda. Mamlakatimizda mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash
maqsadida har yili yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Jumladan, 2013- yilda 97 -2,7 -
mingta yangi ish o‘rni tashkil etilgan. Bu ish o‘rinlari yangi yirik sanoat obyektlarini
ishga tushirish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirish, kichik
biznes, xususiy
va oilaviy tadbirkorlikni, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini
rivojlantirishni bundan buyon ham rag‘batlantirish, kasanachilik imkoniyatlarini, shu
jumladan, yirik korxonalar bilan kooperatsiyalashgan kasanachilik imkoniyatlarini
133
kuchaytirish hisobidan tashkil etiladi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida ishlab chiqarish va ijtimoiy soha yetarli
darajada
rivojlanmagan, ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan tog‘li, chegara
hududlarda joylashgan 28 - ta olis tumanga alohida e’tibor berildi. 2013- yilda bu
hududlarda kamida 126 mingta yangi ish o‘rni yoki 2012- yildagidan besh foiz ko‘p ish
o‘rni tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: