Tayanch iboralar
Oromiy yozuv va oromiy tili pahlaviy yozuvi, pahlaviy tili, hind yozuvi, Xitoy Turkistoni, Sharqiy Turkiston, Grek-Baqtriya davlati, Eftalit-xionit davlati
Savollar
-
Oromiy yozuvi qaysi davrlarda va qaysi sulolalar hukumronligi vaqtida qo‘llanilgan?
-
Hind va yunon yozuvlari asosida yozilgan qanday yozma manbalarni bilasiz?
-
O‘rta fors tilining qanday yozma adabiyotlari mavjud?
X. MAVZU
ISH REJASI:
-
O‘rta fors adabiyoti.
-
Diniy va badiiy adabiyotlar.
-
Moniy matnlari.
-
Pahlaviy papiruslari.
-
Parfiyon, so‘g‘d tillari yodgorliklari.
-
Sak (xotan) va Xorazm tillari yodgorliklari.
O‘rta fors (kitobiy pahlaviy) adabiyoti
O‘rta fors tili adabiyotini (kitobiy-pahlaviy) o‘zining mazmuniga ko‘ra ikki asosiy guruhga ajratish mumkin:
-
diniy (otashparastlar-zaroostriylar) adabiyoti;
-
badiiy adabiyotlar.
Bu yodgorliklarning aksariyati oromiy yozuvining biror variantida yozilgan bo‘lib (kitobiy-pahlaviy), keyinchalik parsik alifbosining yaratilishiga asos bo‘lgan. Bu adabiyotlarning ko‘pchiligi Sosoniylar davlati (eramizning III-VII asrlari) davrida yozilgan. Shunday boy adabiyotdan ma’lum bir qismigina bizgacha yetib kelgan. U ham bo‘lsa, Hindiston va Eronda o‘z dinini saqlab qolgan fors jamoalarining qo‘lida turli davrda ko‘chirib yurgan va avloddan avlodga o‘tib kelgan qo‘lyozmalari tufaligina xolos. Bular ham XIV asrdan nariga o‘tmaydi.
Diniy adabiyot
Biz Avesto qismida aytib o‘tganimizdek Avesto Sosoniylar davrida o‘rta fors tiliga tarjima qilinib, unga o‘rta fors tilida izohlar (zend) berilgan edi. Mazkur tarjima va izohlar diniy adabiyotning ma’lum qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari diniy falsafiy xarakterga ega boshqa yodgorliklar ham yaratildi. Bulardan «Ardaviraz nomav» – Ardaviraznoma, Denkard Denkard (Deyanie veri), Bundahish Bundaxish (Sozdanie osnovi), Zaratusht pandnomasi (Pandnamav Zaratust), Minok-i xrat (dvux razoma) kabi asarlarni ko‘rsatish mumkin. Bu kitoblar ichida Denkard otashparastlikning o‘ziga xos diniy ensiklopediyasidir.
Bu kitobning ahamiyati tilshunoslar uchun shundan iboratki u o‘rta fors tili bo‘yicha boy leksik va grammatik material beradi. Tarixchilar esa o‘sha davrning ideologiyasi, diniy dunyoqarashi tabiiy ilmiy xususiyatlari haqida bu kitobdan ma’lumotlar oladilar. Umuman bizgacha yetib kelgan adabiyotlar yordamida Avesto kitobini asl matnini tiklash mumkin. Turfonda topilgan forsiyzabon xristianlarning o‘rta fors tili (pahlaviy tili) va pahlaviy (o‘rta fors) yozuvidagi tarjima fragmentlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |