O‘rta fors tillarining yodgorliklari
O‘rta fors tilining boshlang‘ich davridan (er.av.VI-IV asrlar) to eramizning III asri o‘rtalarigacha bu tilning rivoji haqida birorta manba qolmagan. Fors tili taraqqiyotining deyarli 6 asri xujjatsiz qolyapti. Faqat Sosoniylar sulolasi o‘rnatilgandan so‘ng turli toifadagi manbalar yozilinib, ba’zilari bizgacha yetib kelgan. O‘rta fors tili yodgorliklarini biz quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin:
-
tosh yozuvlar;
-
muhr, idish, tangaga yozilgan yozuvlar;
-
o‘rta fors tilidagi kitobiy va diniy adabiyotlar (otashparastlar tomonidan saqlanganlari);
-
moniy matnlari;
-
turli papiruslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |