Pahlaviy papiruslari
Misrning Fayum viloyatida o‘rta fors tilida yozilgan alohida bir guruh pahlaviy papiruslari XIX asrning oxirida topilgan bo‘lib, bular eramizning VII asriga oid edi, kursiv yozuv bilan yozilgan va aftidan ish qog‘ozlari bo‘lsa kerak. Ularni o‘rganish juda sust ketayapti.
Parfyan tili yodgorliklari
Turfondan topilgan moniy matnlari ikki dialektda yozilgani ma’lum bo‘ldi. Bir matnlar o‘rta fors tilida, ikkinchi bir matnlar qandaydir o‘rta Eron dialektida yozilgan. Bu parfyan (pahlavik) tili ekan. Parfyan tilida tosh yozuvlar tanga pullar, moniy matnlari yozilgan. Turkmanistonning Ashxabod yonidagi Nisa shahri atrofida olib borilgan arxeologik qazishmalar parfyan tilidagi xujjatlarni fan olamiga taqdim etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |