G‘arbiy eroniy tillar
Qadimgi eroniy til davridagi dialektal bo‘linish o‘rta eroniy til davrida ham davom etdi. (Dashti kabirning g‘arbiy qasmida yashovchi fors va midiylar). Moniy matnlarini o‘rganish o‘rta fors tili davrining ikki dialektini aniqlashga imkon berdi. Bular g‘arbiy eron guruhining janubiy-g‘arbiy qismiga oid o‘rta fors tiliga aynan o‘xshash persik bo‘lib, ikkinchisi pahlavik tiliga teng parfyan tili edi. Bular shimoliy-g‘arbiy qismiga tegishlidir. Parfyan tili deganda fan Xuroson, O‘rta Osiyoning janubiy-g‘arbiy, Eronning shimoliy va shimoliy-g‘arbiy qismida tarqalgan o‘rta eroniy dialektlarning katta qismini tushunadi. Parfyan tiliga ko‘plab qadimgi arman va er.av. oxirgi asr hamda eramizning birinchi asrlaridagi eroniy dialektlaridagi leksikalar iqtibos qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |