9.2. Mamlakatda qishloq xo‘jalik maxsulotlarini yetishtirish xususiyatlari.
Xitoyda agrar islohotlarni olib borishning asosiy mexanizmlari nimalardan iboratligini tahlil qilganimizda, quyidagilar amalga oshirilganini ko‘rishimiz mumkin:
Birinchi bosqichda, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, davlat tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olish narxlari 18 ta asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlariga narxlar bir muncha oshirildi. Bir vaqtning o‘zida, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va yordamchi xo‘jalik mahsulotlarining 65 %i, bozor narxlarida sotila boshlandi. Qishloqdarda oilaviy pudrat va ijara munosabatlari aktiv joriy etila boshlandi. Shu bilan birga, taqsimlash tamoyillari ham o‘zgardi. Bu degani, mehnatga haq to‘lashda barobarlikka barham berilganligidir. Ma’muriy taqsimlanishdan nihoyat, iqtisodiy taqsimlanish usuliga o‘tish amalga oshirildi.
Ikkinchi bosqichda esa, (bu 1985-yil boshi) davlat tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olish tizimida prinsipial o‘zgarishlar amalga oshirildi. Markazlashgan sotib olish tizimi oldi-sotdi shartnomalari bilan o‘zgartirildi.
Prodrazverstka bo‘yicha, 39 turdagi mahsulot o‘rniga, hohlagan mahsulotni erkin tarzda ekib, uning xosili davlatga topshirildi, asosiy qishloq xo‘jalik mahsulot turlari bo‘yicha ya’ni: guruch, don, makkajo‘xori, soya, moyli o‘simliklar, paxta va boshqalar shular qatoriga kiradi. Shu tariqa Xitoyda davlatga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetqazib berish shartnomalari tuzila boshlandi. Davlat ekin ekish maydonlari hajmini va ishlab chiqarish hajmlarini rejalashtirishdan voz kechdi. Rejalashtirish asosi bo‘lib, ikki va ko‘p yoqlama shartnoma - bitimlar hisoblandi. Natijada, raqobatlashish uchun sharoit tug‘ildi. Dehqon xovlisi yoki kooperativlar, erkin xolda, davlat tayyorlash tashkilotlari bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish uchun, belgilangan qattiq narxlarda, shartnomalar tuza boshladi. Bu ishlarning xarakterli tomoni shundan iboratki, shartnoma tuzishga o‘tishda, bo‘g‘doy sotib olish hajmi kamaydi. Agar, 1980-yillarda u 70 million tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 1987-yillarga kelib, u 50 million tonnaga kamaygan. Bir vaqtning o‘zida, dehqonlar tomonidan bozorda sotilgan donning ulushi 40% ga ko‘tarildi. 1987-yilda shartnoma bo‘yicha bozor narxida sotilgan don, umumiy tovar xajmining 65 % ni tashkil etdi. Bozorlarda erkin tarzda poliz ekinlari, meva-sabzovotlar, go‘sht, tuxum, balik va dengiz mahsulotlari sotila boshlandi. Ularning narxi talab va taklifdan kelib chiqib, shakllandi.
Umuman, xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, Xitoy agrar islohtlarining xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
Islohotlar yuqoridan turib kuch va buyruq bilan joriy qilinishi emas, balki ularni qishloq xo‘jaligini quyi qatlamlaridan boshlanganligidadir;
-
Islohotlar jamiyat tizimini o‘zgartirishni ko‘zlamaydi, balki, aksincha, ular kamchiliklar va salbiy xodisalarni yo‘qotish yo’li bilan jamiyatni yanayam rivojlantirish va takomillashtirishga yo‘naltirilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |