Referat mavzu: Qovurg‘alar, tо‘sh suyagi va kо‘krak qafasi. Yelka kamari qо‘l erkin qismi suyaklari tuzilishi yoshga doir xususiyatlari



Download 1,67 Mb.
bet1/5
Sana05.04.2022
Hajmi1,67 Mb.
#530966
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Қовурғалар, тўш суяги, умуртқа поғонаси


T OSHKENT DAVLAT STOMATOLOGIYA INSTITUTI

REFERAT
Mavzu: Qovurg‘alar, tо‘sh suyagi va kо‘krak qafasi. Yelka kamari qо‘l erkin qismi suyaklari tuzilishi yoshga doir xususiyatlari.


Bajardi: __________________________
Tekshirdi: __________________________
Toshkent-2022
Qovurg‘alar, tо‘sh suyagi va kо‘krak qafasi. Yelka kamari qо‘l erkin qismi suyaklari tuzilishi yoshga doir xususiyatlari.
Qovurg‘alar costae - 12 juft bо‘lib, 3 guruhga bо‘linadi: birinchi yetti jufti chin qovurg‘a costae verae oldingi uchi bilan tо‘sh suyagiga birikadi; VIII, IX, X qovurg‘alar sohta qovurg‘alar costae spuriae deb atalib, ularning oldingi uchlari tog‘aylar vositasida о‘zidan yuqorigi qovurg‘alarga birikadi; XI va XII qovurg‘alar - yetim qovurg‘alar costae fluctuantes deb atalib, oldingi uchlari erkin xolda qorin mushaklarining ichida joylashadi. Qovurg‘alarning hammasi orqa tarafda, kо‘krak umurtqalariga birikadi.
Qovurg‘aning oldingi uchi tog‘ay moddasidan cartilago costalis, orqa qismi esa suyak qismidan os costale iborat bо‘ladi. Qovurg‘aning oldingi uchiga: extrimitas anterior, seu sternalis; orqa uchiga esa extrimitas posterior, seu vertebralis deyiladi. Ularning orasida esa tanasi corpus costae joylashadi. Orqa uchida boshcha caput costae, bо‘yin qismi collum costae va bо‘g‘im yuzalari facies articularis capitis costae bо‘ladi. II-dan X-chigacha qovurg‘alarning bо‘g‘im yuzalari qirra crista capitis costae vositasida ikkiga ajralgan bо‘ladi. Chunki bu qovurg‘alarning bо‘g‘im yuzalari ikki qо‘shni kо‘krak umurtqalari bilan birikadi. I, XI, XII qovurg‘alarning har biri bittadan umurtqa bilan birlashganligidan, bо‘g‘im yuzalarida qirra bо‘lmaydi.
Qovurg‘aning bо‘yin qismini uning tanasiga о‘tish sohasida yuqorigi 10-ta qovurg‘ada bо‘rtiq tuberculum costae bо‘ladi. Bu burtiqning bо‘g‘im yuzasi facies articularis tuberculi umurtqalarning kо‘ndalang о‘simtalari bilan birikadi. Kovurg‘a tanasida burchak sohasi angulus costae, tashqi va ichki yuzalari bо‘ladi. I qovurg‘ada burchak sohasi burtiqqa tо‘g‘ri kelsa, qolgan qovurg‘alarda bu soha burtiqdan uzoqlashadi. XII qovurg‘ada esa burchak bо‘lmaydi. I qovurg‘a tanasida esa yuqori va ostki yuzalar bо‘ladi. Kovurg‘alar ichki yuzalarining ostki qirrasi sohasida qon tomirlar va nervlar joylashadigan egat sulcus costae bо‘ladi. I qovurg‘aning ustki yuzasida narvonsimon mushaklar birikadigan bо‘rtiq tuberculum m. scaleni anterioris bо‘ladi. Bu bо‘rtiqning tashqi sohasida о‘mrov osti arteriyasining egati sulcus arteriae subclaviae, bо‘rtiqning ichki sohasida о‘mrov osti venasining egati sulcus venae subclaviae bо‘ladi. Shu mavzuni о‘qitish talabalarning boshlang‘ich bilim darajalariga asoslanadi. Dars davomida olgan bilimlari gistologiya, fiziologiya, umumiy xirurgiya, ichki kasalliklar , travmatologiya fanlarini о‘zlashtirishda kerak bо‘ladi.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish