Jadval 9.3.2.
Xitoyni asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtrishda dunyodagi o‘rni25
O‘rni
|
Mahsulot nomi
|
1-o‘rinda
|
Paxta, guruch, raps, go‘sht, tuxum
|
2-o‘rinda
|
Choy, g‘alla
|
3-o‘rinda
|
Soya
|
4-o‘rinda
|
Qand-shakar
|
1998 yilda Xitoy tarixida birinchi marotaba g‘alla yetishtirish bo‘yicha xosildorlik eng yuqori darajaga yetib, u 500 mln. tonnani tashkil etdi. Uning oqibatida, bozordagi g‘alla taklifi uning talabidan oshib ketdi.
G‘allaning narxi esa, uzoq yillar davomida eng past narxlarda bo‘lib keldi. Bu borada davlat tomonidan ushbu mahsulotlarni ekish maydonlarini qisqartirish choralari ishlab chiqildi va ularning xajmi qisqardi. Shular bilan bir qatorda, uning ustiga yana, keyingi 1999 yil tabiiy ofatlarga to‘la yil bo‘ldi. Ularning natijasida esa, mamlakatda g‘alla yetishtirish hajmi qisqardi. 2004 yilga kelib, g‘alla yetishtirishning hajmi uning bozor ta’minotiga o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi va oqibatda bug‘doyning narxi 20% ga ko‘tarildi.
Shunga yarasha, Xitoy Qishloq xo‘jaligi vazirligi g‘alla hajmini oshirish bo‘yicha reja ishlab chiqib, uni bajarish bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni amalga oshirdi va 2007-yilda mamlakatda 501 mln. tonna g‘alla yetishtirildi.26
Shuni ta’kidlash joizki, 1979-2006 yillarda agrar sektorda Yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha o‘sishi 6,8 % ni tashkil etdi, bu ko‘rsatkich esa, uning dunyo darajasidan ancha yuqoridir.
Xitoyda agrar ishlab chiqarishning yalpi ichki mahsulotdagi qiymati 16,4% ni, undagi qishloq mehnat resurslarining salmog‘i esa, 50% ni tashkil qiladi. Mana shu ko‘rsatkichlarni boshqa mamlakatlar bilan taqqoslasak, masalan, AQSh da ular 1,6% ni va 2,6% ni, Yaponiyada esa, 1,7% va 4,8 % ni tashkil qilmoqda. Ammo, shunga qaramay, Xitoy davlati bugungi kunda, o‘z kuch va qudratiga tayangan xolda, mamlakat aholisini, ya’ni 1 mlrd. 320 mln. kishining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini asosan qondirmoqda.
Xitoy bygungi kunga kelib, yerning unumdorligini oshirish bo‘yicha katta yutuqlarga erishdi. Jumladan, bug‘doy, sholi va makkajo‘xori yetishtirishda, u dunyo o‘rtacha darajadagi mamlakatlardan yuqori turadi. Shu bilan birga, Xitoy qishloq xo‘jaligidagi optimal holat omillarni ham sanab o‘tish joizdir:
1.Oziq-ovqat ta’minoti bilan narxlarning uzviy bog‘liqligi. Bunda g‘allaning yetishmasligi, bir zumda narxlarning oshib ketishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, g‘alla yetishtirish uchun manfaatdorlikni keltirib chiqaradi. Bunga misol qilib, 2004-yildagi g‘allaga narxning oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan ekin ekish maydonlarining g‘allani ekish uchun kengaytirilganligini olsak bo‘ladi;
2.Xitoy qishloq xo‘jaligida ilmiy texnik jarayondan hali to‘liq foydalanilmayotganligini ko‘rish mumkin. Hozirgi kunda, mamlakat qishloq xo‘jaligida ilg‘or agrotexnika usullarining atigi 30% gina amaliyotga tadbiq etildi xolos. Yaqin kelajakda bu ko‘rsatkichni 50% ga yetqazish ko‘zda tutilmoqda;
3. Xitoyning 60% ekin ekish maydonlari past va o‘rta darajadagi xosildorlik olinadigan maydonlar hisoblanadi. Bu yo‘nalishda yer qatlamlarini meliorativ usullar orqali yaxshilash ko‘zda tutilmoqda;
4. Xitoy o‘rmon resurslariga juda boy bo‘lib, ularni yetishtirish va sotish evaziga g‘allani o‘rnini bosadigan mahsulotlarni sotib olish mumkin.
Soha mutaxassislarining fikricha, 2030-yilga kelib, Xitoy aholisining soni 1,6 mlrd. kishiga yetadi. Mana shu aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun esa, 681,8 mln.tonna don mahsulotlari kerak bo‘ladi. Bu esa, mamlakatda g‘alla o‘stirishni 1,20% ga ko‘paytirishni talab qiladi. Mana shularni e’tiborga olgan xolda, Xitoy hukumati bu yo‘nalishda ko‘pgina chora-tadbirlarni ishlab chiqmoqda. Xususan, oxirgi 30 yil ichida mamlakatda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini zahirasi va ular bilan muomola qilish sharoitlari yaxshilandi. Mamlakatda 1990-yildan boshlab, oziq-ovqat zahirasi tizimini tuzdi va uning hajmi hozirgi kunda 40 mln. tonnani tashkil etmoqda. Maxalliy don rezervlari esa, 10 mln. tonnadan iboratdir. Undan tashqari, xitoy dehqon xonadonlari zahiralarida 120 mln. tonna g‘alla mavjuddir. BMT ning (FAO) Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti xulosasiga ko‘ra, mamlakatning oziq-ovqat ta’minoti xavfsizligi rezervi, uning mamlakat iste’mol darajasining 17-18% ni tashkil qilishi lozim. Xitoyda oziq-ovqat iste’molining yillik miqdori 480 mln. tonna bo‘lsa, FAO tashkilotining ko‘rsatmasiga binoan, mamlakatning don zahirasi 81,6 - 86,4 mln. tonnani tashkil etishi lozim. Bu ishlarni amalga oshirish uchun esa, Xitoy hukumati, qishloq xo‘jaligida agrotexnikaning ilmiy-texnikaviy yutuqlaridan foydalanishni, bu sohaga ko‘proq turli xil pul vositalarini jalb qilishni (assignatsiya) va agrar sektorga xizmat ko‘rsatish hamda uni tashkil etishning turli shakllarini joriy qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Quyida biz Jadval 9.3.3.dan Xitoyning asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmining 1985-2006 yillarda o‘sish dinamikasi bilan tanishamiz.
Jadval 9.3.3.
Do'stlaringiz bilan baham: |