Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Xitoy qishloqlaridagi sohalar tarkibining o‘zgarishi, % da (1978-2006 yillarda)



Download 3,16 Mb.
bet99/206
Sana12.01.2017
Hajmi3,16 Mb.
#291
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   206
Xitoy qishloqlaridagi sohalar tarkibining o‘zgarishi, % da (1978-2006 yillarda)28

Yillar

Iqtisodiyot tarkibi

Bandlik tarkibi

1-industriya

2-industriya

3-industriya

1-industriya

2-industriya

3-industriya

Qishloq xo‘jaligi

Jumladan, o‘simlikshunoslik.

Sanoat

Xizmat ko‘rsatish

q/x

sanoat

Xizm.ko‘rsatish

1978

68,6

-

26,0

5,4

92

7,1

1,1

1980

68,9

-

25,9

5,2

91,8

6,3

1,9

1985

57,1

69,2

35,7

4,2

85,9

10,5

3,5

1990

42,9

64,7

49,5

7,9

78,7

14,8

6,5

1995

26,5

58,4

62,5

11,0

72,9

17,0

10,1

1997

24,4

58,2

62,9

12,7

70,4

18,1

11,5

2004

27.3

-

49.2

23.5

56,0

22,3

21,7

2006

11,8

-

48,7

39,5

50,9

24,8

24,3

1980 yillardan so‘ng, asta-sekinlik bilan mamlakatda oziq-ovqat bozori erkinlashtirila boshlandi va dexqonlar o‘zlari yetishtirgan mazsulotlarning bir qismini bozorlarda sotish xuquqiga ega bo‘ldilar. Xitoyda g‘alla sotadigan xususiy do‘konlar paydo bo‘ldi.

Davlat tomonidan dexqonlarning mehnat qilishdan manfaatdorligini oshirish uchun bir qator tadbirlar ishlab chiqildi. Xususan, g‘allaga kafolatli narxni belgilash siyosati ishlab chiqildi. Bu esa, o‘z navbatida, g‘allaning narxini juda ham past tushib ketishini oldini oladi. Undan tashqari, davlat tomonidan yana oziq-ovqat rezervi tizimi ishlab chiqilib, bunda omborlardagi saqlangan g‘alla rezervi bozorlardagi g‘alla narxini muvozanatini barqarorlashtirishga va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi.

Xitoy hukumati qishloqlarda soliq solish sohasida ham islohotlarni amalga oshira boshladi. 2004 yilda qishloq xo‘jalik solig‘ini 5 yilgacha to‘lash bekor qilindi. Bu esa, davlat byudjetidagi daromadning yiliga 4% ga qisqarishi demakdir. Ammo, hukumat bu qarorni, atayin bila turib, ishlab chiqdi, chunki bu bilan davlat , qishloq xo‘jaligini qullab-quvvatlashini ko‘rsatdi.

Xitoy qishloq xo‘jaligida ilmiy-texnikaviy jarayon, asosan, quyidagi yo‘nalishlarda olib borildi:

1. Qishloq xo‘jalik fondini yig‘ish va tasniflashda, ya’ni o‘simlikshunoslik va chorvachilikda, ularning miqdorida hamda xilma-xilligida muhim rivojlanish va ilgarilash yuz berdi;

2. Mamlakatga chorva mollarining yangi nasllari va katta miqdorda o‘simliklarning yangi turlari olib kelindi hamda keng miqyosda ishlab chiqarishga joriy etildi. Undan tashqari, Xitoyning o‘zida ham katta miqdorda o‘simliklarning va chorva mollarining yangi turlari yaratildi. 1949 yildan keyin, mamlakatda 5 marotaba asosiy qishloq xo‘jalik ekinlarining urug‘lik fondi yangilandi. Gibridli guruch 227 mln. mu maydonga ekildi. (1 mu = 0,0667 ga). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy dunyoda oldingi qatorlardan joy olmoqda.

Shular bilan bir qatorda, mamlakatda hosildorligi va sifati yuqori bo‘lgan sholi, bug‘doy, proteinli makkajo‘xori, moyli makka, rapsning yangi turlari, transgenli gibridli paxta va boshqalarning oliy navlari ekish uchun joriy qilindi. Ayniqsa, transgenli xashoratga chidamli paxtaning ikkivalentli navi ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etila boshlandi. Ushbu navli paxta, mamlakat paxta ekish maydonlarining 40% ga ekildi va oxirgi 5 yil ichida aynan mana shu navni yetishtirish natijasida dexqonlarning olgan daromadlari 5 mlrd.yu. ga ko‘paydi.

3. Ekin ekish maydonlarini kapital aqrotexnik ko’rikdan o’tqazish sohasida ham mamlakat katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. O‘simliklarni kultivatsiya qilish va chorvani boqishning standart usullari keng tarqala boshladi. Ayniqsa, qizil va sariq yerlarni yaxshilash hamda yer qatlamlarining erroziyalanishini nazorat qilish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi. Bug‘doy va sholini ekish texnikasi takomillashtirildi. O‘simliklarni muvozanatli mineral o‘g‘itlar bilan to‘yintirish texnikasi joriy etila boshlandi. Undan tashqari, 100 mln. mu maydonda, 40 dan ortiq ekin turlarini ekishda va yetishtirishda plastik qoplamalar bilan ishlash texnikasi qo‘llanilmoqda.

Biroq, qishloq xo‘jaligida ilmiy-texnikaviy jarayon natijalarini qo‘llashda Xitoy va rivojlangan mamlakatlar orasida xali ham katta farq mavjuddir. Xitoy qishloq xo‘jaligida ilmiy-texnikaviy omillar salmog‘i 40% ni tashkil etadi. Bu esa, rivojlangan mamlakatlardagidan 30% ga kamdir. Xitoyning yalpi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan ilmiy izlanuvlarga ketgan sarf xarajati 0,53% ni tashkil etadi. Bu nisbat rivojlangan mamlakatlardagi o‘rtacha darajadan, ya’ni 2,3% dan ancha pastdir. Mamlakatda har 10 ming dexqonlarga atigi 15 ta agrotexnik mutaxassisi to‘g‘ri keladi. Bu esa, Xitoyda qishloq xo‘jaligini ilmi-texnik darajasini ko‘tarishda juda ham katta foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi.

Xitoyda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish – bu qishloq iqtisodiyotining bir bo‘lagi hisoblanadi. Uning boshqa bir sohasi – bu volost va poselkalardagi faoliyat ko’rsatayotgan korxonalardir. (VPK). Ularning sub’ektlari dexqonlar va kollektiv xo‘jalik tashkilotlari hisoblanadi. 2002 yilda mamlakatda 21 milliondan ortiq volost-poselka korxonalari mavjud bo‘lib, ularda yaratilgan qo‘shimcha qiymat 3660 mlrd.yuanni tashkil etdi. Ular tomondan amalga oshirilgan eksport operatsiyalarning qiymati esa, 1156,3 mlrd. yu.ga teng bo‘lib, ular 130 mln. mehnatga layoqatli dexqonlarni ish bilan ta’minladi29.

Hozirgi kunda, mamlakatdagi noagrar ishlab chiqarishning miqyosi, uning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishidan oshib ketdi. 2003 yilda ko‘pchilik dexqon oilalari o‘zining daromadlarini mana shu noagrar ishlab chiqarishdan olishdi. Ushbu yilda mamlakatdagi uchta industriyaning salmog‘i quyidagi nisbatda bo‘ldi, ya’ni 30,5%, 52,9 % va 16,6% da. Bu sohalardagi ishchi kuchining salmog‘i esa, 65%, 16,3% va 18,7% dan iborat bo‘ldi. 2003 yil ma’lumotiga ko‘ra, ish bilan ta’minlanmagan qishloq aholisidan 90 mln. kishi shaharlarga ish izlab ketdilar. Mana shu xolatlar bo‘lmasligi uchun Xitoy hukumati qishloq aholisini ish joylari bilan ta’minlash harakatini qilmoqdalar. Xususan, qishloqlarga ichki investisiyalarni kiritib, ular asosida qishloqlarda mayda va o‘rta hajmdagi qayta ishlash korxonalarini tashkil qilmoqdalar.

2004 yilda oziq-ovqat mahsulotlariga belgilanlangan narxning oshishi natijasida, hukumatning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga bo‘lgan e’tibori yanada ortdi. Hozirgi kunga kelib, Xitoy bu yo‘nalishlarda islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqdi. Ular, ayniqsa, qishloq iqtisodiyotini doimiy ravishda rivojlantirishga va ularning xo‘jalik mexanizmini o‘zgartirishga qaratilgandir.

Qishloq iqtisodiyotini tartibga solishda xitoy hukumati “ko‘proq berish, kamroq olish va katta erkinlik berish” tamoyillarini ishlab chiqdi. Ushbu tartibga solish kursi dexqonlarni ish bilan ta’minlash sohasini kengaytirishga, ilmiy-texnikaviy jarayonni tezlashtirishga, qishloqlarda islohotlarni chuqurlashtirishga, sarmoyalarni ko‘paytirishga, qishloq xo‘jaligiga kafolatlar berish va uni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgandir.

Ushbu olib borilayotgan kursning maqsadi, avvalambor, qishloq va shahar orasidagi tafovutlarni kamaytirish, dexqonlar va shahar aholisini daromadlari orasidagi farqni yo‘qotishdan iboratdir. Bunga misol tariqasida, 2003 yilda Xitoy shahar va qishloq aholisini daromadlari orasidagi farqni taxlil qilsak bo‘ladi. Ushbu farq 3,23:1 ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich ko‘p hollarda kamaytirib ko‘rsatiladi. Chunki, Xitoy davlati iqtisodiy jihatdan bir tekis rivojlangan hudud emasdir. Uning ko‘pgina qishloq joylarida dexqonlar oladigan daromadlari hali ham juda pastdir.

Mana shu oradagi farqni kamaytirish yoxud uni yo‘qotish uchun, hukumat quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ydi:

Birinchidan, 20 yil ichida qishloqlarda aholi daromadini o‘rtacha jon boshiga 8000 yuanga yetqazishga erishish. Oxirgi 20 yil ichida, ya’ni 1980 yildan to 2000 yillargacha dexqon oilasining aholi jon boshi to‘g‘ri keladigan daromadi 4,5 baravarga oshdi va u 2000 yilda 2253 yuanni, 2005 yilda 3255 yuanni, 2007 yilda esa 4140 yuanni tashkil qildi30;

Ikkinchidan, butun kuch-g‘ayratni to‘plagan holda, g‘alla yetishtiradigan rayonlarga uni yetishtirishda yordam ko‘rsatish va uning natijasida qishloqlardagi dexqonlar daromadining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatish. Mamlakatda, 2004 yildan boshlab, bir qator davlat bazalarini tao‘kil etish loyihasi tuzildi. Ushbu loyiha bo‘yicha, Xitoyda yirik g‘alla yetishtiruvchi uezdlar va davlat fermalari tanlab olinib, ularda yuqori navli bug‘doy va don mahsulotlari yetishtirilmoqda. Bu yerlarni sotib olish uchun davlat tomonidan maxsus fondlar tuzilgan bo‘lib, ular yuqori hosil beruvchi, barqaror hosilli maydonlarga aylanmoqda. Bu esa, mamlakat g‘alla yetishtirish salohiyatini oshirishga yordam beradi;

Uchinchidan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sifatini oshirish bo‘yicha har tomonlama chora-tadbirlar qabul qilindi. G‘alla yetishtirish salohiyatini saqlash va uni oshirish uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini yuqori mehnat unumdorligi talabiga asoslanib, kengaytirish va chuqurlashtirish lozim. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida industrial va intensiv uslublarni qo‘llash va uning samaradorligini oshirishda va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini rentabelligini oshirishda tolmay yangi imkoniyatlarni ishga solish kerakdir;

To‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligini rivojlanishini industrial yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash. Xitoy hukumati qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini industriallashtirish borasidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlab, bosh korxonalarga jalb qilinayotgan sarmoyalarni ko‘paytirishni mo‘ljallamoqda;

Beshinchidan, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni kuchaytirish va ilg‘or agrotexnikani joriy qilish lozim. Buning uchun, davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ilmiy izlanishlar ehtiyojiga ketadigan assignatsiyalarni sezilarli darajada ko‘paytirish va agrotexnika yutuqlarini ishlab chiqarish kuchlariga aylantirish uchun sarflanadigan pul vositalarini ko‘paytirish ko‘zda tutilmoqda;

Oltinchidan, urbanizatsiya sur’atlarini tezlashtirish, ortiqcha qishloq ishchi kuchi oqimini shaharlar xo‘jalik strukturasiga joylashishini qo‘llab-quvvatlash lozimdir;

Ettinchidan, mamlakat ekin ekish maydonlarini saqlab qolish, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tarkibini tartibga solishni qo‘llab-quvvatlash, qashshoq qishloqlarga maqsadli yordam ko‘rsatishdan iboratdir.




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish