Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


XXR qishloq xo‘jaligining tarkibiy tuzilishi



Download 3,16 Mb.
bet92/206
Sana12.01.2017
Hajmi3,16 Mb.
#291
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   206
9.1. XXR qishloq xo‘jaligining tarkibiy tuzilishi

Xitoy Xalq Respublikasi rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kirib, u agrar-industrial mamlakat hisoblanadi. Uning agrar sohasi esa, mamlakat iqtisodiyotining muhim va ajralmas qismidir. Ushbu soha mamlakat aholisining iste’moli uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini yetqazib beradi. Bugungi kunda agrar sohada mamlakat mehnat resurslarining 45% i jamlangan bo‘lib, u mamlakat yengil sanoati uchun xom ashyo yetqazib beruvchi asosiy tarmoq hisoblanadi.

Oxirgi 30 yil ichida aholining qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasi yaxshilanib, u ham miqdoran, ham sifat jixatdan sezilarli darajada oshdi. Mamlakat aholisining bunday o‘zgarishlarga yuz tutishiga sabab, undagi olib borilgan agrar islohotlar natijasi bo‘ldi.

1978-yil oxirida Xitoyda mamlakatni inqiroz xolatdan chiqarish yo‘llari intensiv tarzda izlana boshlandi. Shu yilning dekabr oyida Xitoy Kommunistik Partiyasining 11-Chaqiriq, 3-Plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun yo‘llanma berildi.

Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, avvalambor, undagi mavjud ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga halaqit beruvchi to‘siqlarni yo‘qotishdan boshlandi. Bu sohani boshqarishda markazlashgan buyruqbozlikdan voz kechishga va mamlakatdagi mavjud xalq kommunalari tizimini takkomillashtirishga hamda mamlakat iste’mol fondini taqsimlashda barobarlikga yo‘l qo‘ymaslikka qaror qilindi. Uning oqibatida, Xitoy qishloqlarida istiqomat qilayotgan aholining tashabbuskorlik va bunyodkorlik hislari ham ortib bordi.

Islohotlargacha bo‘lgan davrda Xitoydagi umumiy ekin ekish maydonlarining hajmi 145 mln.ga dan iborat bo‘lib, ularning 30,6% i sug‘oriladigan yerlar bo‘lgan. Bu esa, dunyo ekin ekish maydonining 7% ni tashkil etadi va mana shu yerlarning faqatgina 21% i yuqori xosil beradigan yerlar hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatdagi ekin ekish maydonlari turli sabablarga ko‘ra, yil sayin qisqarib bormoqda. Xususan, yerning erroziyasi, pestisidlar bilan zaxarlanishi, suv toshqinlari va h.k. Bugungi kunga kelib, uning ekin ekish maydoni 130 mln. ga ga tengdir.

Hozirda Xitoy, nafaqat o‘zini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlab qolmasdan, balki boshqa davlatlarga ham bu mahsulotlarni eksport qilmoqda. Xitoyda 50 turdan ortiq poliz ekinlari, 100 ga yaqin xilma-xil sabzavotlar, 60 turdan ortiq mevalar, 700 ga yaqin qo‘ziqorin va giyohvand o‘tlar mavjuddir. Undan tashqari, mamlakatdagi qulay tabiiy sharoitlar, yerning yetarli darajada namligi, unda qishloq xo‘jalik ekinlaridan yiliga ikki va hattoki uch marotaba hosil olish imkonini beradi. Takror ekin ekishning o‘rtacha koeffisienti 1,4 ni, asosiy ekin ekiladigan joylarda esa, 3,3 ni tashkil etadi.

Hozirda, mamlakat bir qator qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda, yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan, g‘alla, paxta, turli xil o‘simlik moyi, choy, guruch, go‘sht, tuxum va h.k. Mamlakat qishloq xo‘jalik mahsulotlarining aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishi bo’yicha, dunyodagi belgilangan o‘rtacha darajadan oshib ketdi. Uning qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasi esa, unga bo‘lgan umumiy talab va taklif muvozanatiga mosdir va hattoki, mamlakatda hosildorlik yuqori bo‘lgan yillarda, umumiy taklifning ortib ketganligini ko‘rish mumkin.

Xitoy qishloq xo‘jaligi o‘simlikshunoslik, o‘rmonchilik, chorvachilik va suv mahsulotlari xo’jaligini o‘z ichiga olib, odatda ular ham o‘z navbatida, quyidagilarga taqsimlanadi, ya’ni:


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish