XXR ni 1990-2020 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari.22
|
Ulchov birliklari
|
1990
yil
|
2008
yil
|
Rivojlanish istiqboli
|
|
|
2010
yil
|
2020
yil
|
Aholi
|
mln.kishi
|
1143,3
|
1326
|
1380
|
1480
|
YaIM
|
mlrd.AQSh doll.
|
1854,8
|
4294,2
|
9989,3
|
17061,2
|
Energiya tashuvchilar
|
mln. tonna
|
1310,0
|
1775,5
|
2308,2
|
2777,9
|
ko‘mir
|
mln.tonna
|
1082,0
|
1500,0
|
1963,0
|
2277,.0
|
neft:
|
mln.tonna
|
276,0
|
365,0
|
484,0
|
576,0
|
Jumladan,
-iste’mol
|
mln.tonna
|
138,0
|
203,0
|
284,0
|
355,0
|
-qazib olish
|
mln.tonna
|
138,0
|
165,0
|
200,
|
221,0
|
-import
|
mln.tonna
|
-
|
38,0
|
84,0
|
135,0
|
Gaz
|
mlrd.kub.m
|
31,6
|
60,0
|
100,8
|
189,2
|
Jumladan,
-iste’mol
|
mlrd.kub.m
|
15,8
|
30,0
|
59,9
|
119,3
|
-qazib olish
|
mlrd.kub.m
|
15,8
|
30,0
|
49,9
|
79,9
|
-import
|
mlrd.kub.m
|
-
|
-
|
10,0
|
39,.4
|
Elektro energiya
|
mlrd.kvatt/s
|
661,6
|
1330,9
|
2269,7
|
3241,5
|
Po‘lat
|
mln.tonna
|
66,4
|
120,0
|
140,0
|
170,0
|
Plastmassa
|
mln.tonna
|
2,3
|
4,2
|
10,0
|
16,0
|
Avtomobillar:
|
ming dona
|
524,0
|
2500,0
|
6000,0
|
-
|
Jumladan
-yuk tashishuvchi
|
ming dona
|
289,7
|
800,0
|
2000,0
|
-
|
-engil mashinalar
|
ming dona
|
224,3
|
1700,0
|
4000,0
|
-
|
sement
|
mln.tonna
|
290,7
|
550,0
|
850,0
|
-
|
mineral ug‘itlar
|
mln.tonna
|
18,8
|
32,0
|
38,2
|
-
|
Don yetishtirish
|
mln.tonna
|
446,2
|
500,0
|
560,0
|
595,0
|
suv xo‘jaligi mahsulotlari
|
mln.tonna
|
12,4
|
38,0
|
45,0
|
-
|
Tashqi savdo aylanmasi
|
mlrd. AQSh dollarida
|
55,6
|
474,3
|
980,0
|
1400,0
|
jumladan:
-Eksport
|
mlrd. AQSh dollari
|
29,9
|
249,2
|
500,0
|
800,0
|
-Import
|
mlrd. AQSh dollari
|
25,7
|
225,1
|
480,0
|
600,0
|
Bu bosqichda, iqtisodiy o‘sishning ekstensiv turidan, uning intensiv turiga o‘tish bo’lib, ya’ni unda resurslarni tejash, kapital va ilm sig‘imi yuqori bo‘lgan texnologiyalardan foydalanish vazifasi hal etilishi lozimdir. Mamalakat ichki integratsiyasini kuchaytirish, yagona milliy bozorni tashkil etish va uni jahon bozori bilan bog‘lash masalalari ham, hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Xitoyning “ochiqlik siyosati” ni asosiy yo‘nalishlaridan biri, uning boshqa davlatlar bilan savdo va texnik- iqtisodiy hamkorlik olib borishi sohasidir. 1979-yildayoq, bu sohada Xitoy, tez sur’atlarda, rivojlanishga erishdi. 1990-yillarning oxiriga kelib esa, Xitoy 227 ta davlat va mintaqalar bilan savdo iqtisodiy aloqalarini o‘rnatdi va shu bilan birga, xorijda o‘zining 4379 korxonasini ochdi. Xozirgi kunda, Xitoy eksportida mashinasozlik va elektrotexnika sanoati mahsulotlari ortib bormoqda va bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha mamlakat, dunyoda 1-o‘rinlarni egallamoqda. Xitoy importida esa, hom ashyo, energiya tashuvchilar va transport uskunalari ustunlik qiladi. Undan tashqari, Xitoy eksportida oxirgi paytlarda, yana, kiyim-kechaklar, matolar, sanoat mahsulotlari, ayniqsa, turistik anjomlar, sport inventarlari, oyoq- kiyim, saotlar va h.k.lar asosiy o‘rinni egallamoqda.
Xitoy iqtisodiy islohotlari davrida ATES, ASEAN davlatlari bilan savdo sohasidagi olib borayotgan xamkorligi ancha o‘sdi, xususan, Yaponiya, AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya xamda MDX davlatlari bilan Xitoy o‘zining rivojlanishida texnik-iqtisodiy xamkorlikni, asosan, 3 ta yo‘nalishda olib bormoqda:
1.Boshqa davlatlarga texnik -iqtisodiy yordam ko‘rsatish;
2.Xorijdagi qurilish ob’ektlarida pudrat ishlarini bajarish, ularga ishchi kuchini yetqazib berish va xorijiy davlatlarga o‘zining kapitalini qo‘yish;
Undan tashqari, o‘z navbatida, boshqa davlatlardan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama, xalqaro bitimlar asosida, texnik-iqtisodiy yordam olish.
8.3.Xitoyning shaxsiy kompyuterlar bozori.
Hozirgi davrda, Xitoy hukumati informatsion texnologiyani rivojlantirish zarurligini tushunib, bu borada dadil qadamlar qo‘ymoqda. Bu yo‘nalishda, hukumat markazlashtirilgan rejalashtirish va bozor tomonidan tartibga solish tadbirlarini birgalikda olib bormoqda.
Xitoyning 9-besh yillik rejasiga asosan, mamlakatda yangi komponentli mikrosxemalar, kompyuterlar va aloqa tarmog’i uchun kerakli uskunalar ishlab chiqarildi. Mamlakatda kompyuterlar hamda uning extiyot qismlarini va komponentlarini ishlab chiqarish va uni eksporti bo‘yicha baza yaratildi. 1993-yilda, shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarayotgan korxonalar uchun, Xitoyda imtiyozli soliqlar turi keng tarqatildi.
Xitoy kompyuterlar bozorida xorijiy kapitallar ulkan rolni o‘ynaydi. Xorijiy investorlarning bu sohaga qiziqish sabablaridan biri, Xitoyda shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalar, har doim ham kompyuter komponentlarini import qilish uchun, boj to‘lamasligidir. Xorijiy sarmoyadorlar kompyuterlar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalarga, nafaqat, o‘zining sarmoyasini, balki, korxonalarni boshqarish sohasidagi bilimlariniini va texnologiyalarini jalb qiladi. Xitoy tomon esa, o‘z navbatida, xorijiy sheriklariga yer (fabrika-zavodlari maydonlari), arzon ishchi kuchi va kerakli hom ashyolarni, Xitoy qonunlari va mahalliy bozor talablaridan kelib chiqib, taklif etadilar.
Ko‘pincha, Xitoy hukumati, g‘arb davlatlarida ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiyalarni o‘ziga jalb etishga qiziqadi. Shu bilan birga, ko‘p hollarda, Xitoy qo‘shma korxonalarida ishlab chiqarilgan shaxsiy kompyuterlar xorijga, faqatgina, hukumatning eksportni qo‘llab-quvvatlash talabini qondirish uchungina olib chiqiladi va keyinchalik esa, u ayrim hollarda, import mahsuloti sifatida legal va nolegal holatda mamlakatga qaytib olib kelinadi (reeksport).
Xitoy hukumati o‘zining savdo siyosatida, mahalliy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni himoyalash (Proteksionizm) siyosatini olib bormoqda. Xitoydagi shaxsiy kompyuterlar savdosining gurkirab o‘sishi, Ay-Di-Si ma’lumotiga ko‘ra, 1996-yilga keliboq, Xitoy bozorini ATR mintaqasidagi yirik bozorlaridan biriga aylantirdi. (albatta, Yaponiya va Janubiy Koreyadan so‘ng). 1997-yil ma’lumotiga ko‘ra, ATR mintaqasida sotilgan shaxsiy kompyuterlarning 1/4 qismi Xitoyga to‘g‘ri kelgan, biroq, qiymat ko‘rsatkichi nuqtai nazaridan, bu mahsulotning 18% i gina Xitoy bozoriga to‘g‘ri keladi. Bu degani, Xitoy bozorida kompyuterlarning uncha qimmat bo‘lmagan narxdagi modellari ustunlik qilayotgani hamda bozordagi Noutbuklar xajmi esa, ancha kichkinaligini bildiradi. Hozirgi kunda, Xitoy o‘zining shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarish bozorining hajmi bo‘yicha, AQSh, Yaponiya, Germaniya, Angliya, Fransiya davlatlaridan keyin, 6- o‘rinni egallamoqda.
Biroq, Ay-Di-Si ning ma’lumotiga ko‘ra, kelajakda Xitoy bu sohada AQSh va Yaponiya va Janubiy Koreyadan so‘ng 4-o‘rinni egallashi mumkin. Xitoyning kompyuterlar savdosi xolatini quyidagi jadval 8.3.1. dan ko‘rishimiz mumkin.
Jadval 8.3.1.
Dunyoning davlat va mintaqalar bo‘yicha kompyuterlar savdosi ko‘rsatkichlari (mln. dona).1997-2007 yy.23
Davlatlar
|
1997 yil
|
2007 yil
|
O‘sishi % da
|
XXR
|
3,0
|
13,5
|
430,0
|
Yaponiya
|
7,9
|
14,5
|
197,3
|
ATR Yaponiyasiz
|
10,3
|
13,0
|
103,0
|
AQSh
|
31,5
|
42,3
|
13,6
|
Dunyo bo‘yicha
|
79,9
|
103,6
|
13,4
|
Do'stlaringiz bilan baham: |