Xitoy YaIM va YaIM ning aholi jon boshiga to‘g‘ri kelish dinamikasi 2005 y. narxlarida va SOQP (sotib olish qobiliyati pariteti)ga ko‘ra.46
yillar
|
YaIM mlrd. yuanda
|
YaIM ning aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishi, yuan.da
|
1978
|
362,4
|
379
|
1985
|
896,4
|
853
|
1990
|
1854,79
|
1634
|
1995
|
5847,81
|
4854
|
2000
|
8946,8
|
7086
|
2003
|
11689,8
|
9073
|
2005
|
18230,1
|
13916
|
2007
|
24720,5
|
17038
|
1980 yillarda qabul qilingan Xitoyning“Turtlik Modernizatsiyasi” dasturi asosida uning yengil sanoatini rivojlantirish davom ettirilib, 2000 yillar boshida mamlakatdagi ozik-ovkat muammosi deyarli hal etildi. Qishloq xo‘jaligini islox qilish mobaynida yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari - 2,2 marotabaga oshdi, xususan, don yetishtirish 42,8 % ga paxta yetishtirish 2,6 marotabaga, kand lavlagisini yetishtirish -3,5 marotabaga, go‘sht yetishtirish esa,- 3,7 marotabaga oshdi.47
Agarda biz Xitoy milliy iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlariga nazar solsak.
-
1- bosqichda Xitoy o‘z oldiga mamlakat YaMM ni 1985 yillarga kelib, 1978 yilga nisbatan, ikki barobarga ko‘paytirish va aholini oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlash muammolarini batamom hal etish vazifalari belgilangan edi. Amalda bu boskich 1980 yillarga kelib muddatidan oldin yakunlandi;
-
2-bosqichda Xitoy xukumati mamlakat YaMM ni 2000 yilga qadar 1980 yilga nisbatan, to‘rt barobarga ko‘paytirish belgilangan edi, amalda esa, 1990-1995 yillarda mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari yukori bo‘lganligi sababli, bu reja ham muddatidan oldin bajarild;
-
3-bosqich 1996-2000 yillarga mo‘ljallangan maqsad va vazifalari belgilanib olinib, unda ikkinchi bosqichni strategik vazifalarini to‘lik amalga oshirish, 2000 yilga qadar axolini 300 mln. kishiga ko‘payishini inobatga olgan holda, 1978 yilga nisbatan, YaMM ning aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishini 4 barobarga oshirish va aholining turmush sharoitini yaxshilab, o‘rta miyona (syaokan) rivojlangan industrial mamlakatlar qatoriga yetkazish maqsad qilib qo‘yildi;
-
4-bosqich 2000-2010 yillarda milliy iktisodiyotni yanada rivojlantirish, mamlakatni jaxon savdo tashkilotiga a’zo bulishni ta’minlash hamda XXR ni rivojlangan industrial mamlakatlar katoriga olib chikish belgilangan bo‘lib, Xitoy 2001 yilning dekabr oyida JST ga a’zo bo‘ldi va mamlakatdagi industriallashtirish jarayoni deyarli tugatilish arafasida va iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayoniga shaxdam qadamlar bilan kirib borib, g‘ozirgi kunda ushbu yo‘nalishda juda katta o‘zgarishlar amala oshirilmoqda.
2005 yilning 1 – yanvaridan Xitoyning tekstil mahsulotlari va kiyim kechaklari uchun kvotalar olib tashlandi. Kvotani olib tashlash boskichma boskich, 10 yil davomida amalga oshirildi;
-
1-bosqichda Xitoyni tashqi savdosini erkinlashtirish darajasi (liberallashtirish) - 16% qilib belgilangan edi, 1998 yil 1 yanvarida esa, u - 17% , 2002 yil 1 yanvaridan esa, jahon tekstil va kiyim-kechak mahsulotini eksporti uchun 18% qilib belgilandi va 2005 yilning 1 yanvaridan boshlab, esa, u - 49 % qilib belgilandi.
So‘nggi yillarda jahon tekstil sanoati sezilarli o‘zgarishlar yuz tutmokda. Sekin-astalik bilan tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarilishida globalizatsiyaning ta’siri sezilmoqda. Yevropa Ittifoqi va AQSh kabi mamlakatlardan yengil sanoatning tarmoqlari Janubiy-Sharkiy Osiyo, Markaziy Osiyo va Janubiy Amerika mamlakatlariga ko‘chib o‘tkazilmoqda. Mazkur davlatlar hukumati bunday vujudga kelgan holatlarni yaxshi tushungani holda, mamlakatda yengil sanoat tarmoklarini rivojlantirishga imtiyozlar yaratib berishga xarakat qilib, kirib kelayotgan investorlarga davlat tomonidan kafolatlarni va shu bilan birga, mahsulotlarni eksport qilishda to‘g‘ridan-tuo‘g‘ri ushbu sohalarni dotatsiyalash va ularga imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llab-quvvatlamoqdalar.
Jadval 10.5.5.
Do'stlaringiz bilan baham: |