Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Xitoyning yengil sanoati asosiy mahsulotlarini ishlab chiqarish dinamikasi49



Download 3,16 Mb.
bet121/206
Sana12.01.2017
Hajmi3,16 Mb.
#291
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   206
Xitoyning yengil sanoati asosiy mahsulotlarini ishlab chiqarish dinamikasi49

Ko‘rsatkichlar

2002 y.

2004 y.

2006 y.

2007 y.

Paxta kalavasi, mln.tn.

9,83

10,18

10,90

11,43

Gazlamalar,mlrd.m.

37,1

46,4

53,7

59,0

Suniy tolalar mln.t.

11,8

13,9

18,6

19,3

Shakar, mln.t.

10,8

12,6

14,7

15,9

Sigaretlar,mln.quti

35,6

36,2

38,9

41,6

Shuningdek, mazkur Kengashda, mamlakatning markaziy va g‘arbiy rayonlarida, xususan, Sinszyan-Uyg‘ur avtonom rayoni va Shimoliy G‘arbiy Xitoyda paxta sanoati tarmog‘i asosini yaratish vazifasi qo‘yildi.

Hozirgi kunda jahon kalavalarni ishlab chiqarishning 1/3 qismi Xitoyga to‘g‘ri kelib, 1981 yildan to 2007 yillargacha paxtadan mato va aralash paxta kalavasini ishlab chiqarish 3,17 mln tonnadan to 11,43 mln. tonnagacha o‘sdi, ularning yillik o‘sish 5,28% ni tashkil etdi.50

2007 yilda XXR da kalavani ishlab chiqarish 15,7 mln. tonn. ni tashkil etib, sof paxtadan matolar va paxta asosida aralash matolar ishlab chiqarish o‘sdi, uning yillik o‘sish sur’ati 4,68% ni tashkil etdi. Bu davrda Xitoyning jahon gazlamalar ishlab chiqarishdagi salmog‘i 21-21%. dan iborat bo‘ldi.

2007 yilda Xitoyda gazlamalar ishlab chiqarish 59 mlrd. m (+12,1%), ni tashkil qilib, ulardan sof paxta gazlamalari 54% ni va paxta bilan aralash gazlamalar– 21%.ni tashkil etdi.

2007 yilda Xitoyning tekstil va kiyim kechak eksportidan tushgan tushumi 121,45 mlrd. doll.ni tashkil etib, jumladan, paxtadan tekstil mahsulotlari va paxtadan kiyim kechaklar eksporti (unga kalava, matolar va tayyor mahsulotlar kiradi) 51,1 mlrd. doll.ni iashkil etdi. (+33,26%).51

AQSh va YeI davlatlari Xitoy tekstil tovarlari eksportining o‘sishini muhokama qilishib, jahon tekstil tizimidagi 2005 yildagi kvota cheklovlarini 2006 yilda bekor qilishga qaror qilishgan. Xitoy esa, o‘z navbatida bunday holatlar («bra wars» - «byustgalternix voyn») ni boshqa takrorlamaslikka va’da berdi. Mazkur tekstil sanoatida barqaror o‘sishni ta’minlash uchun, uning eksportiga qulay sharoitlar yaratib berish lozimligini Xitoy tekstil sanoati vazirligi tan olmoqda.

Xitoy tekstil eksporti jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan jiddiy tarzda talofat ko‘rmoqdalar, 2008 yilning 9 oyi ma’lumotlariga ko‘ra, xitoy kiyim kechak eksporti atigi 1,8% ga o‘sgan. Xitoy hukumati mana shunday mehnat talab tarmoqlarda odamlarni ishdan ommaviy tusda haydalishi to‘g‘risida qayg‘urib, tekstil mahsulotlarini eksport qilishda soliq stavkalarini joyiga oshirib qo‘ydi. Ya’ni, yuqorida ta’kidlaganimizdek, Xitoy moliya vazirligi va XXR Davlat bosh soliq boshqarmasi 2009 yilning 1 fevralidan boshlab, tekstil va kiyim-kechaklar eksportiga o‘rnatilgan soliq stavkasini 14% dan 15% ga qaytarish orqali soliq stavkasini 1% ga joyiga oshirib qo‘ydi va bu 3325 ta tovarlar turlariga tegishli bo‘ldi.

Mazkur Kengashda ta’kidlanganidek, Xitoy mahalliy tekstil sanoati xalqaro bozorda yuqori darajadagi raqobatbardoshligi bilan ajralib turadi. Mazkur sohani yangilanishini jadallashtirish uchun uning ishlab chiqaruvchilarini mustaqil yaravishda yangi ishlanmalarni ishlab chiqishga va ularning texnologik darajalarini ko‘tarishga hamda korxonalarni qayta tashkil etishga qaratmoq lozimdir.

Xitoy iqtisodiy o‘sish sur’atlari yiliga 9% ni tashkil etgan holda, uning tekstil sanoatining o‘sish sur’ati yiliga o‘rtacha 20% dan iboratdir.

Xitoy 2001 yilning 11 dekbrida JST ga a’zo bo‘lgan paytidan boshlab, jahon tekstil va kiyim kechaklar savdosida o‘zining undagi 20% lik ulushi bilan, ustun pozisiyani egallab kelmoqda. Shu davr mobaynida, u AQSh va YeI davlatlariga o‘z tekstil tovarlarini eksport qiluvchi Meksika va Turkiyani siqib chiqardi.

Bugungi kunda Yaponiya o‘ziga kerakli 80% kiyim yechaklarni XXR dan oladi. 2004 yilda Osiyo mamlakatlari umumiy tekstil mahsulotlarining ¾ qismi Xitoyga to‘g‘ri keladi.

Xitoy tekstil mahsulotlarining ustun tomonlari – uning ishchi kuchining arzonligi va xom ashyo bazasining rivojlanganligidir. Biroq, uning asosiy ustunligi katta mehnat resurslarida va ish haqining uncha katta bo‘lmagan darajasida emasdir. Xitoy uchun xos bo‘lgan holat – bu tekstil xom ashyosi va materiallari importiga bo‘lgan bog‘liqlikning juda ham kamligidir.

Xitoy Davlat Kengashi tomonidan yaqin 3 yil ichida yengil sanoat tarmoqlarida qo‘shimcha 3 mln.yangi ish o‘rinlarini yaratish rejasi e’lon qilinib, unga ichki talabning kuchayishi orqali erishiladi52. Davlat Kengashi shu yilning fevral oyida mamlakat yengil sanoatining tekstil va neft kimyosi sektorlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash rejasini ko‘tarib, ushbu sohalarga umumiy qiymati 4 trln. yuaney ($586 mlrd.) lik mablag‘ ajratdi.

Hozirgi kunda esa, Xitoy hukumati yengil sanoatning kichik va o‘rta kompaniyalariga moliyaviy yordam ko‘rsatmoqda, chunki, ular rivojlanishi uchun yaxshi salohiyatlari mavjud bo‘lib, kelajakda ularda katta hajmda ish o‘rinlarini tashkil etish mumkindir.

2008 yilda Xitoyning yengil sanoatida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari miqdori 2,62 trillion dollarni tashkil etib, o‘tgan yili uning hissasiga YaIM ning 8,7% i to‘g‘ri keldi. Ular eksportining umumiy hajmi $309,2 mlrd.ni tashkil etib, u o‘tgan yildagi umummilliy ko‘rsatkichni 21,7% ni tashkil etdi.

“Jahon tekstil mahsulotlarini savdosini erkinlashtirish natijasini yer qimirlash bilan taqqoslasa bo‘ladi, chunki, uning oqibatida bevosita 30 mln.ish o‘rinlarini qisqarib ketishi va bilvosita yana 30 mln.sohaga tegishli tarmoqlarda ishchilarning qisqarishiga olib kelishi mumkin” – deydi, Xalqaro tekstil, tikuv va charm sanoati xodimlari federatsiyasining bosh kotibi (ITGLWF) Nil Kirni.

Uning ma’lumotiga ko‘ra, Stambul deklaratsiyasiga binoan, undagi 50 ta mamlakatlar vakillari ushbu kvota tizimini yana 3 yilga uzaytirishni, mamlakatlarda ijtimoiy nobarqarorlikni oldini olib, talab qildilar.

Hozir jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida, ekspertlarnig baholashicha, Yevropa Ittifoqi davlatlarida kuniga 50 tadan yengil sanoat korxonalari yopilib, 1000 tadan ortiq kishilar o‘z ish o‘rinlarini yo‘qotmoqdalar. AQSh da esa, 2009 yil boshidan beri 18 ming kishi ishsiz qoldilar.53

Xitoyning yengil sanoatiga oxirgi 3 yil vaqt mobaynida $21 mlrd. doll.xorijiy investisiyalar kiritildi va ularning ahamiyatli qismi Yevropa va amerika konsernlaridan kiritildi. Mazkur sohadagi quvvatlarning o‘sishi 50% ni tashkil etib, unda nafaqat, yangi ish o‘rinlari yaratilmadi, balki, aksincha, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash oqibatida 2 mln.ishchilar ishdan haydaldilar.

Hozirgi kunda YeI davlatlari tomonidan JST ga 1 yilga qadar xitoy importidan voz kechish bo‘yicha muayyan talablar qo‘yilgan bo‘lib, ular hali yechimini topganicha yo‘qdir. Shu bilan birga, YeI davlatlari tekstil kompaniyalari nafaqat, Xitoyga qarshi, balki, Hindistonga ham qarshi chiqib, ular uchun imtiyozlarning umumiy tizimi (GSP) dagi imtiyozlarni bekor qilishni talab qilmoqdalar. Ular tez sur’atlarda rivojlanib kelayotgan Hindistonning tekstil sanoati mahsulotlari ekspansiyasidan xavotir olmoqdalar. Chunki, ularning fikricha, Hindiston va Pokiston ham Xitoyga o‘xshab kvotani bekor qilinishidan yutmoqdalar. Jahon bozoridagi tekstil operatsiyalari deyarli yiliga $500 mlrd.ni tashkil etadi.

Xitoy o‘zining paxta tolasi importiga bo‘lgan talabini 2007 yildan boshlab qisqartira boshladi. XXR Davlat Bosh Bojxona boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2007 yilning 1 choragida paxta tolasi importi 55% ga qisqartirildi. Bu esa, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 722,35 ming tonnaga kamdir. Xitoyning yirik paxta tolasi bo‘yicha eksporteri Hindiston davlati bo‘lib, u 2007 yilning 1 choragida 333,4 ming tonna paxta tolasini sotib oldi. Xitoyning 2-eksporteri AQSh hisoblanib, 2007 yilda uning hajmi 75,3% ga qisqartirildi. Xitoyga paxta tolasini eksport bo‘yicha 3-o‘rinni O‘zbekiston egalladi. U 2007 yilning 1-choragida Xitoyga 118,07 ming tonna paxta tolasini eksport qildi.

Jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab – quvvatlash iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolishda g‘oyat muhim ahamiyatga ega.

Bu vazifani bajarishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini kengaytirish katta o‘rin tutadi. Ushbu dastur doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar ko‘paytirish mo‘ljallanmoqda.

Oziq – ovqat va boshqa iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarda mamlakatimiz ishlab chiqarish korxonalari uchun keng ko‘lamli rag‘batlantirish tizimi nazarda tutilgan. Jumladan, ular uchun 2012 yilning 1 yanvarigacha quyidagi soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda:


  • go‘sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun bo‘shagan mablag‘larni ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilishga maqsadli ravishda yo‘naltirish sharti bilan yagona soliq to‘lovi stavkasini 50 foizga qisqartirish;

  • tayer nooziq – ovqat tovarlarning muayyan turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni foyda va mulk soliqlaridan, mikrofirma va kichik korxonalarni yagona soliq to‘lovidan ozod qilish.

O‘zbekiston shoyi sanoati korxonalari 2008 yilning 1 yanvariga qadar ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xom ashyo va yordamchi materiallarga import boj to‘lovlaridan ozod qilingan edilar. 2010 yilning 1 yanvarigacha shoyi ipak qurtlarini birlamchi qayta ishlovchi korxonalari uchun QQS dan ozod qilish amalda qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston Prezidenti qarorlarida mazkur tarmoqni isloh etish choralari belgilangan bo‘lib, xususan, unda "O‘zbek ipagi" assotsiatsiyasi bekor qilindi. Mavjud 14 ta shoyi tolalarini tayyorlaydigan va 6 ta shoyi to‘quvchi korxonalar Davlat “O‘zbekengilsanoat” hissadorlik kompaniyasiga aylantirildi.

Mazkur qaror bo‘yicha shoyi sanoatiga 20 ta investision loyihalarni 2006 yildan boshlab amalda kiritish ishlari olib borilmoqda va ular 2010 yilgacha davom ettiriladi. Bu loyihalarning umumiy qiymati $20,8 mln.dan iborat bo‘lib, ulardan $17,5 mln.ni xorijiy investorlar orqali o‘zlashtiriladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, har bir mamlakat o‘z iqtisodiyotini industriallashtirish va modernizatsiyalashda turli yo‘llar va usullar va imkoniyatlardan foydalanib kelishgan. Biz ham o‘z ilmiy ishimizda Xitoy tajribasidan kelib chiqqan holda, uning barcha jihatlarini o‘rganib chiqib, O‘zbekiston uchun ushbu sohani rivojlantirishga yordam beruvchi jihatlaridan foydalanishga xarakat kildik.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish