Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Xitoy yengil sanoatining asosiy mahsulotlari (1949-1985 yy.)43



Download 3,16 Mb.
bet116/206
Sana12.01.2017
Hajmi3,16 Mb.
#291
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   206
Xitoy yengil sanoatining asosiy mahsulotlari (1949-1985 yy.)43

Mahsulotning turi

O‘lchov birligi

1949y.

1965 y

1978y.

1983 y

1985 y

1985y. 1949 y. nisbatan, % da

Mashina yordamida ishlab chiqarilgan qog‘oz

Ming.t.

108

1731

4387

6613

9112

84,3

shakar

Ming.t.

199

1451

2267

3771

4513

22,6

tuz

Ming.t.

2965

11468

19534

16127

14786

4,9

Sigaretlar

Ming yashik

1600

4784

11818

19378

28700

17,9

velosipedlar

Ming dona

14

1838

8540

27682

32277

2305,5

Tikuv mashinalari

Ming dona

4

1238

4865

10871

9912

2478

soatlar

Ming dona

-

1008

13511

34690

54311

-

Charm

Ming dona

-

7130

26590

35760

41642

-

Pivo

Ming.t.

-

86,3

403,8

1630

3104

-

Maishiy kir yuvish mashinalari

Ming dona

-

0,4

3659

5781

9231

-

Elektr ventilyatorlari

Ming dona

-

1380

10460

17707

33256

-

Ayniqsa, yengil industriyaning asosiy mahsulotlaridan bo‘lgan muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, elektr ventilyatorlari va boshqa uzoq muddatga mo‘ljallangan tovarlarini ishlab chiqarish tez sur’atlarda o‘sdi. Agarda biz, xitoyning sanoat tarmoklarining joylashuvi bo‘yicha taqsimlanishini ko‘radigan bo‘lsak, unda Xitoyning Shimoliy-Sharqida uning qog‘oz ishlab chiqarish sanoati, shakar-qand ishlab chiqarish sanoati va yog‘-moy sanoati joylashganligini, mamlakatning Shimoliy-G‘arbida paxtani qayta ishlash va suv xo‘jaligi maxsulotlari ishlab chiqariladi, Xitoyning Janubiy-G‘arbida oziq-ovqat sanoati rivojlanganligining guvohi bo‘lamiz.

Iqtisodiy islohotlar davrida mamlakatda yengil sanoatning yangidan-yangi tarmoqlari birin-ketin tashkil etila boshlandi. Ular qatoriga qo‘l soatlarini ishlab chiqarish; plastmassa, yorug‘likni sezuvchi materiallar, kir yuvish mashinalari va sun’iy kir yuvish vositalari kiradi. 1978 yildan to 1985 yillargacha bo‘lgan davrda tarmoqning 78 ta sifatli mahsuloti milliy oltin medallar bilan va 455 tasi kumush medallar bilan taqdirlangan.Ulardan eng sifatli 10 ta mahsulot xalqaro yarmarkalarda oltin medallar sovrindorlari bo‘lishgan.

Yengil sanoatning qog‘oz ishlab chiqarish tarmog‘i juda qadimiy bo‘lsa ham, uning mashinalar yordamida ishlab chiqarilishi 19 asrdan boshlangan bo‘lib, u to 1949 yilgacha juda ham sekin rivojlandi. O‘sha davrda mamlakatda 108 ming tonna mashina yordamida qog‘oz ishlab chiqarilar edi. Iqtisodiy islohotlar boshlangandan so‘ng, mazkur sanoatda ham katta o‘zgarishlar yuz berib, qog‘oz ishlab chiqarish hajmi 1985 yilga kelib, 9,112 mln.tonnani tashkil etdi. Bu esa, 1949 yilga nisbatan, 84 marotaba ko‘pdir.

1985 yilda mamlakatda 1600 ta qog‘oz fabrikalari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ulardan 130 tasi yirik va o‘rta korxonalar bo‘lgan. Mazkur korxonalar Xeylunszyan, Szilin va Fuszyan provinsiyalarida joylashgandir. Xitoyda 1980 yillar oxirida 430 sortlardan iborat bo‘lgan qog‘ozlar ishlab chiqilib, ular asosan ichki iste’molni qondiradi.

Xitoy boy osh tuzi resurslariga ega bo‘lib, ular dengiz oldi provinsiyalarida dengizdan va mamlakatning ichki xududlaridan ham qozib olinadi. Osh tuzi va tosh va ko‘ldan olinadigan tuzlar yildan-yilga ko‘payib, ular mamlakatning Sichuan, Yunnan, Sinszyan, Sinxay, Ichki Mongoliya, Xunan, Xubey va Szyansida qazib olinadi.

Hozirgi kunda Xitoydagi yuvilgan, maydalangan, rafinadli, osh va tabobat hamda yodlangan tuzlar takomillashgan texnologiyalar asosida qazib olinmoqda.

Xitoyning charm sanoati o‘z ichiga ularni qayta ishlash, oyoq-kiyim uchun charm, teri va jun mahsulotlarini ishlab chiqarishni olib, ushbu yo‘nalishlar juda ham sekin rivojlangandir. Xitoy charm kurtkalari, qo‘l qoplari, keyslar va charm belbog‘larni ichki iste’mol va eksport uchun ishlab chiqaradi. Mamlakatda 460 ta charmni qayta ishlaydigan korxonalar mavjuddir. Bunda asosan, cho‘chqa terisi asosiy xom ashyo hisoblanadi.

Shular qatorida mamlakatning tekstil sanoati ham rivojlangan bo‘lib, u o‘tgan asrning 80 yillarida vujudga kelgandir. Agar, 1949 yillargacha mazkur sanoat tarmog‘i ancha qoloq bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda u ko‘p tarmoqli sanoatga aylangandir. U o‘ziga paxta sanoatini, jun, shoyi, len, sun’iy tolalar, bo‘yoq beruvchi, nusxa tushuruvchi, trikotaj va ip-yigiruv tarmoqlarini qamrab oladi. Bu tarmoqlar orasida kimyo tolalarini ishlab chiqarish sanoati alohida o‘ringa egadir. Xitoy bugun o‘zini-o‘zi tekstil xom ashyosi bilan ta’minlaydi.

Mamlakat pahta yetishtirishda o‘z ichki ehtiyojlarni to‘liq qoplaydi va eksportga ham mahsulotlar chiqaradi. 1980 yilda Shanxay shaxrida umumiy qiymati 32,9 mlrd yuan miqdorida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chikarilgan bo‘lib, u mamlakatda ishlab chikarilgan umumiy mahsulotning 14% ni tashkil etdiHozirgi kunda Xitoyda ozik-ovkat sanoatiga tegishli bo‘lgan korxonalarning soni 66000 ga yaqindir. Bundan tashqari, tekstil sanoatiga qrashli korxonalar soni esa, 23 500 ga yetdi .

(jadval 10.5.2.)




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish