Mintaqaning ijtimoiy ahvoli, aholisi, iqtisodiy salohiyati va ekologiyasi
Janubiy Osiyo mintaqasiga xos bo’lgan asosiy muammolardan biri – bu o’sib borayotgan qashshoqlikdir. Qashshoqlik darajasi past Osiyo aholisining yarmidan ortig’i mazkur mintaqaga to’g’ri keladi.Ularning umr ko’rish darajasi - ,4 yilni, tashkil etadi va katta yoshdagi aholinihg 40,5%i savodsiz. Aholi soni 1,734200 mln. kishi (2009 y.), uning o’rtacha o’sish sur’ati 1990-2009 yillar mobaynida 1,6% ni tashkil etdi, bu esa jahon o’rtacha o’sishidan ancha balanddir. Aholini katta qismini hindoevropa oilasidagi hind guruxi tashkil etadi (radji, bengal, pendjab, gudjarat, bixar, assam, oriya, singalliklar). Hindistonning janubida dravid oilasiga mansub (tamillar,telugu), Himoloyda – xitoy-tibet oilasiga mansub - Tibet-birman guruxi, Pokistonda - hindoevropa oilasini eron guruxidagi – pushtunlar, beludjilar istiqomat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |