Janubiy-Sharqiy Osiyo turli xil foydali qazilmalarga boy bo’lib, ularning zahiralari bugungi kunda etarlicha o’rganilib chiqilmagan, lekin ochilgan konlar mintaqada jahon miqyosidagi xom-ashyo salohiyati mavjudligini ko’rsatmoqda. Mintaqa yirik neft va tabiiy gaz zahiralariga ega (ular asosan, Indoneziya, Malayziya, Bruney, Tailand). Deyarli barcha mamlakatlarda ko’mir zahiralari mavjud bo’lib, ular odatda, noenergetik hisoblanib, sifati pastdir.
Marganes zahiralari Indoneziya, Tailand va Filippinda, хromitlar Filippinda, alyumin rudasi boksit sifatida Indoneziya, Malayziya, Filippinda mavjud. Mis, nikel,kobalt zahirasi Filippin va Indoneziyada joylashgan. Undan tasshqari yirik volfram, qo’rg’shin konlari Myanma va Tailandga joylashgan. Indoneziya, Malayziya, Tailand mamlakatlari qalay zahirasi bo’yicha dunyo ulushining 60% ni beradi va mazkur ko’rsatkichda mintaqa 1-o’rinni egallamoqda. Mintaqada oltin (Indoneziya va Filippinda), tantal, niobiy, simob, surma, flyuorit, kaliy tuzi konlari ham mavjuddir. Qurilish materiallari va ularni ishlsb chiqarish uchun xom ashyo zahirasi esa beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |