23
Hindlarga g‘azavot e’lon qilgan jahongir Maxmud G‘az-naviyga qarshi Beruniy hind xalqiga hurmat
bilan qarab, har qanday zo‘rliq qilich va shamshirlar o‘rniga madaniy aloqani kuchaytirish tarafdori bo‘lib
chiqdi. Xalqlar o‘rtasida do‘stona aloqa o‘rnatishning katta omillaridan biri tarjima ekanini juda yaxshi
bilgan Beruniy, jumladan Hindistonni o‘rganish va hind xalqi yaratgan ilm-fan yangiliklarini targ‘ib qilishda
asosiy vosita bo‘lgan tarjimachilik ishidan keng foydalandi. U o‘nlab asarlarni tarjima qilib, uning prinsiplari
haqida o‘zining fikrlarini bayon qildi.
«Mening butun orzu-niyatlarim, jonu dilim bilimlarni targ‘ib qilishdan iborat bo‘lib qoldi, zeroki
men bilim to‘plashga bo‘lgan hoyu-havas davrini bosib o‘tgan edim, bu esa men uchun buyuk bir baxt edi.
Haqiqiy voqif bo‘lgan kishi mening hind tilidan musulmonlarning tasavvuriga muqobil yoki zid narsalarni
uzluksiz tarjima qilganim va bu sohada hafsala qilish vaqt ajratganim uchun meni ayblamas. Ammo meni
adbiyot bilan ayblovchi kishi meni nodon hisoblab, asarlarimni o‘zi bilganicha buzib talqin qiladi». Beruniy
matematika va astronomiyaga taalluqli juda ko‘p kitoblarni tarjima qilgani haqida ma’lumot beradi. Bundan
tashqari, u taniqli hind faylasuflarining asarlar to‘plamlarini ham ag‘daradi.
«Men ilgari arab tiliga ikki kitobni tarjima qilgan edim, uning biri «Sankhya» nomidagi kitob bo‘lib,
unda olamning boshi va yaratilishi haqida tasnif beriladi, ikkinchisi esa jonning jismdan ozod bo‘lishi haqida
yozilgan «Patanjala» nomi bilan mashhur bo‘lgan kitobdir».
Beruniy arab, hind, fors tillaridan tashqari yunon va suriya tillarini ham bilgan. Ulug‘ olim o‘zi
tarjima etgan asarlariga katta mas’uliyat bilan qarab, ularning to‘g‘ri va aniq bo‘lishiga ahamiyat bergan.
Beruniyning hind tilidan arab tiliga tarjima qilgan va xozircha fan olamiga ma’lum bo‘lgan asarlari shulardir:
Khandakhadyaka («al Arkanda jadvali»).
Brahmasiddihonta (matematikaga oid kitob).
Ikkita Balian butparasti haqida hikoya.
Barohamihira.
Nilufar haqida hikoya.
Kapayara (kasallar haqida yozilgan kitob).
Sankhya (falsafaga oid kitob).
Patanjala (falsafaga oid kitob).
Beruniy hind hikoyalari to‘plami «Kalila va Dimna» asarining tarjimasidagi xato-nuqsonlarni aytib,
o‘zi shu asarni qayta tarjima qilishga orzumand ekanligini bildiradi:
«Bizda «Kalila va Dimna» nomi bilan mashhur bo‘lgan «Panchatantra» kitobini tarjima qilishni juda
ham istar edim. U Abdulloh al Muqaffa kabi, asarni buzmay tarjima qilishlariga ishonib bo‘lmaydigan
kishilar tomonidan hind tilidan forschaga, so‘ngra fors tilidan arabchaga o‘girilgan. Ibn Muqaffa diniy
e’tiqodi mustahkam bo‘lmagan kishilar orasida shubha tug‘dirib, ularni manixeizm ta’limotiga ishonishga
moyil qilish maqsadida Barzuy haqidagi bobni asarga qo‘shgan. Binobarin, uning qo‘shgan narsalari
qanchalik shubha tug‘dirsa, uning tarjimasi ham shunday shubhadan xolizmas» (166-bet).
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning zamondoshi, XI asrning atoqli lingvist olimi Mahmud
Koshg‘ariyni ham ilk tarjimonlarimizdan biri deb ayta olamiz.
Asrlar aro yodgor bo‘lib qolgan bebaho uch tomlik «Devonu lug‘oti-turk» («Turkiy so‘zlar devoni»)
Mahmud Qoshg‘ariyning ulug‘ iste’dodidan dalolat beradi. Bunday ajoyib asarni bino qilar ekan, u juda ko‘p
turkiy so‘zlarni arabchaga tarjima etib, ularning nozik tomonlarini ustalik bilan talqin qilib berdi. Har bir
leksikograf olim, o‘z yo‘li bilan, kuchli tarjimon hamdir. Zotan, lug‘at tuzuvchi kishi bir necha tilni
mukammal bilgan bo‘lishi keraq Turkiy so‘zlar devonini arab tilida yozgan Mahmud Qoshgariy siymosida
buni yaqqol ko‘ramiz.
«Men, deb yozadi Mahmud Qoshg‘ariy, turklar, turkmanlar,o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar,
qirqqizlarning (qirg‘izlarning) shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘atlarini
to‘pladim, turli xil so‘z xususiyatlarini o‘rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganligim uchun
emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim, bo‘lmasa, men tilda ularning eng
yetuklaridan, eng katta mutaxassislaridan, xushfahmlaridan, eski qabilalaridan, jang ishlarida u.sta
nayzadorlaridan edim. Ularga shuncha diqqat qildimki, turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar va
qirg‘iz qabilalarining tillari butunlay tilimga jo bo‘ldi. Ularni har tomonlama puxta bir asosda tartibga
soldim».
Bundan to‘qqiz yuz yil ilgari turkiy so‘zlarni, maqol, matal, she’r parchalarini birinchi marta
arabchaga tarjimasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |