I.Kirish:
1.Mahmud Qoshg’ariy kim bo’lgan.
2.Mahmud Qoshg’ariyning,, devonu lug’otit- turk’’ asari haqida
3.,,Devonu lug’otit- turk’’ ning o’zbek tiliga munosabati masalasi.
II.Asosiy qism.
1.Turk tabaqalari va qabilalarning bayoni haqida.
2.Turk tilining xususiyatlari haqida.
3.Tilda va laxjalarda bo’lgan farqlar haqida.
4.Uzoq sharqdagi qarindoshlar.
III.Xulosa:
1.,,Devonu lug’otit-turk’’ o’zbek shevalari tahlili.
2.Asarning bugungi kundagi ahamyati.
Mahmud qoshg’ariy kim bo’lgan o’zi? Mahmud Ibn-ul-Xusayin Ibn Muhammadil Qoshg’ariy XI asr boshlarida Balasog’unda(xozirgi Qirg’izistonning To’qmoq shaxri yaqinida) tug’iladi.Uning bobosi qoshg’arlik bo’lib, Balasog’ungako’chib kelib,shu yerda yashab qolgan.Mahmud Qoshg’ariy yoshligidanoq qunt va ishtiyoq bilan o’qidi,turli ilmlar bilanxususan arab filologiyasi bilan shug’illandi.U turkiy xalqlarning tiliga,turli qabila va urug’larning urf-odatiga,og’zaki badiiyijodiyotiga qiziqdi.Yuqori Chindan boshlab Movarannaxr, Xorazm, Farg’ona, Buxoroga qadar cho’zilgan keng va katta xududlarni birma-bir kezib chiqdi; urug’,qabila va xalqlarning turmushini, ularning kasb korini,urf odatlarini, xususan tili va og’zaki ijodiyot boyliklarinio’rganib material to’pladi, oddiy xalq ommasi vakillari bilan, olimlar va shoirlar bilan suxbatlashdi. Bu xaqida Mahmud Qoshg’ariyning o’zi bunday dedi:
,,Men turklar, turkmanlar o’g’izlar,chiginlar, yag’molar, qirqqiz(qirg’iz) larning shaxarlarini, qishloq vayaylovlarini ko’p yilar kezib chiqdim,lug’atlarini to’pladim, turli xil so’z xususiyatlarini o’rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganligim uchun emas, balki bu tilardagi xar bir kichik farqlarni xam aniqlash uchun qildim.Bo’lmasa men tilda ularning eng yetuklaridan, eng katta mutaxasislaridan, xushfahimlaridan, eski qabilalaridan, jang ishlaridausta nayzodorlaridan edim.Ularga shuncha diqqat qildimki, turklar, turkmanlar, o’g’uzlar,chigillar, yag’molar ba qirqiz qabilalarining tillari butunlay dilimga jo bo’ldi.Ularni xar tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim’’.
Mahmud Qoshg’ariy tilshunoslikka doir ikki nodir asar ,,Javxir-un-naxv fi lug’otit turk’’ (,,Turkiy tillarning naxv (sintaksis) durdonalari, qoydalari’’), ,,Devonu lug’otit turk’’ (,,Turkiy so’zlar to’plami’’) asarlarini yaratdi.
Afsuski ,Mahmud Qoshg’ariyning birinchi asari bizgacha yetib kelmagan yoki xanuzgacha nomalum bo’lib kelmoqda.
2.Mahmud Qoshg’ariyning ,,Devonu lug’otit turk’’ asari haqida.Davrlarning eng istedodli va atoqli olimlaridan biri bo’lgan Mahmud Qoshg’ariyning ,,Devonu lug’otit turk asari XX- asir boshlarida istanbulda topildi. Bu qo’l yozmani ko’chirgan kotib Mahammad binni Abu Bakr Damashqining malumotiga ko’ra, u nusxani Mahmud Qoshg’ariyning o’z dasthati (avtografi) dan olgan.
,,Devonu lug’otit turk” ilm-fan axlarining diqqat-etiborini o’ziga jalb etib kelmoqda.Bu asar 1915-1917- yilarda uch tomlik kitob shaklida Istanbulda nashr etildi.Sharqshunos Brokkelman bu asarni nemis tiliga (Leypsig,1928),Basim Ataliy usmonli turk tiliga (Ashqara, 1939) tarjima qildi. Keyinchalik ,,Devonu lug’otit turk” ni tilshunos olim S.Mutallibov aslidan o’zbek tiliga tarjima qildi.
,,Devono lug’otit turk’’ ni yaratish uchun ko’p ko’p yilar davomida muntazam ish olib borgan Mahmud Qoshg’ariy uni 1076/77(xijriy 459) yillarda yozib tugatdi.,,Devon” yaratilgan davrda ilmiy asarlarni arab tilida yozish kuchli bir tradsiyaga aylanib qolgan edi.Mahmud Qoshg’ariy xam o’z asarini arab tilida yozdi:,,Devon” ikki qismdan:muqaddima va lug’at qismidan iborat. Muqadimada avtor ,,Devon” ni yaratish sabablari, uni yozish uchun ko’p yillar davomida material toplagani, o’z ish usuli, ,,Devoni” ning qurilishi, ,,turkcha so’zlarning tuzilishida qo’llaniladigan so’zlar” ,,so’zlarning tuzilishi’’ ,, Turk tabaqalari va qabilalari” va boshqa masalalar xaqida batafsil to’xtab, boy faktik material keltiradi va ilmiy-nazariy xulosalar chiqaradi. ,,Devon” ning asosi bo’lgan lug’at qismida avtor olti mingdan ziyodroq turkiy so’zlarning lug’aviy manosini arabcha izoxlab beradi. Bu so’zlar turli turkiy qabila va xalqlarning, territorial dialektrarning so’zlaridir. ,,Devon”dagi so’zlar va ularning gramatik xususiyatlari boshqa turkiy tillarga aloqador bo’lgani kabi, xozirgi zamon o’zbek tiliga xam aloqador bo’lib bizni tilning qadimgi negizlari bilan tanishtiradi.,,Devonu lug’otit turk” oddiy lug’at kitobi bo’lmay, balki tilshunoslik ilmi taraqiyotiga juda katta xissa bo’lib qo’shilgan asardir. Kitob avtori donishmandona kuzatishlari va boy faktik material asosida turli qabila va xalqlarning tilini territorial dialektrarni atroflicha tekshirib yoritadi, til xodisalari va faktlarini bir-biriga chog’ishtiradi,leksika, fanetika, morfologiya va dialektologiya masalalari yuzasidan qimatli nazariy xulosalar chiqaradi.Shunga ko’ra, bu asar xozirgi kunga qadar tilshunoslikning muhim manbalaridan biri bo’lib kelmoqda U til tarixini yaratishda o’z qimmatini saqlab kelmoqda. Chunonchi, shu asar topilgandan keyin ,,Qutadg’u bilik” ni o’qish va uni tarjima qilishda sodir bo’lgan kamchliklar aniqlandi va tugatildi. ,,Devonu lug’atit turk” ning vujudga krlishi turkiy tillarning o’sib rivojlanganini, ularning madaniy xayotda, jumladan ilmiy-fandan keng o’rin egallagani ko’rsatuvchi katta bir faktdir.,,Devonu lug’atit turk” dagiilmiy tradisiyalar Abulqosim Muhammad Zamaxshariy, Ibn-Muxanna va nixoyat Alisher Navoiy kabi buyuk olimlarning tilshunoslikka doir asarlarida davom etiradi ba rivojlantiriladi.
,,Devonu lug’otit turk” faqat tilshunoslik asarigina bo’lib kelmasdan, balki o’z davrining bir qomusiy- ensiklopediyasidir. Bu asarda turli qabila va xalqlarning tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy axvoli, urf-odati va boshqalar xaqida xamda joylarning geografik ba tabiy xususiyatlariga doir ko’p malumotlar beriladi.Bu ,,Devonu lug’otit turk” ning qimatini yanada oshiradi.
3.,,Devonu lug’atit turk” ning o’zbek tiliga munosabti masalasi.Bu asarning xozirgi o’zbek tiliga munosabati masalasiga kelganda, dastlab shuni aytish kerakki, o’zbek tili uni yaratgan o’zbek xalqi kabi juda uzoq muddat davomida turli xollarni kechirgandir.O’zbek xalqining uzoq vaqtlar kechirgan og’ir hayot sharoiti uning o’zini xam, unung tilini xam unitdilar darajaga yetkazdi.Ayniqsa o’zbek tili XIV asirning oxirlarida juda ayanchli xolga tushdi.. Bu davr tilini qayta tiklashda ulug’ yozuvchi Navoiyning xizmati bexat ulug’dir. XV asrning gigant olimi va shoiri ulug’ ustod Abduraxmon Jomiy so’zi bilan aytganda, Naviy o’sha davrda unitilar darajaga tushgan o’zbek tilini qaytadan tiriltirdi, yangidan uni dunyo saxnasiga ko’tarib chiqdi.
Bu sohada Alisher Navoiyning taxsinga sazovor ishi xammaga ravshan.Lekin Navoiy davrida yuzaga kelgan burilish vaqtli bir burilish bo’ldi. XI asr tili dualektlarida so’z boshidagi i bilan iy almashishi xam xozirgi o’zbek tili dialektlarida to’la saqlangan.
II- Asosiy qism:
1.Turk tabaqalari va qabilalarning bayoni xaqida.Turklar aslida yigirma qabiladir.Ular xammasi nux payg’ambar o’g’li Yafas, Yafas og’li ,,Turk” ka borib taqaladilar.
Bular ,,rim” avlodining Ibroxim payg’ambar o’g’li Isxoq, Isxoq og’li Isu Rimga borib taqalishiga o’xshaydi Xar bir qabilaning sanoqsiz allaqancha urug’lari bor. Men bulardan asosini, ona urug’larini yozdim, shaxobchalarini tashladim. Faqat og’iz turkmanlarning mayda urug’larini, ularning mollariga qo’yiladigan belgilarini ham yozdim,chunki odamlarda bularni bilishga extiyoj bor edi. Sharqdan boshlab xar bir qabilaning turar joylarini birin –ketin tartib bilan ko’rsatdim. Rumdan kun chiqargacha bo’lgan musulmon va boshqalarni zikr qildim.Rumga yaqin birinchi qabila ,,bajaynyak” so’ng ,,qichaq’’ ,,og’iz’’, ,,jamak’’, ,,bashg’irt’’,,,basmil’’,so’ng ,,jabaqu’’, so’ng ,,tatar’’, so’ng qirg’iz keladi qirg’izlar CHin yaqinlaridir. Bu qabilalar hammasi Rum yonida kun chiqargacha cho’zilgandir. So’ng ,,chiril’’, so’ng ,,tuxsi’’, so’ng ,,ig’rak’’, so’ng ,,jaruq’’ so’ng ,,jumol’’, so’ng ,, ujg’ur’’,so’ng ,,tasut’’, so’ng ,,xitaj’’, xitoy-,,Chin’’ dir. So’ngra ,, tavg’ach’’; bu ,,mochin’’ dir.
Bu qabilalar Janub va Shimol o’rtasidadir. Buqabilalarning turar joylarini bu doirada ko’rsatdim.
Fikrimcha, Mahmud qoshg’ariy bu yerda ,,doira’’ deb ko’rsatgan narsasi devonda berilgan xarita bo’lsa lerak.
2.Turk tilining xususiyatlari xaqida.Eng to’g’ri va aniq til faqat birgina shu tilni biladigan, Forslar bilan aralashmaydigan va shaxarlarga borish-kelish qiladigan odami bo’lmagan kishilarning tilidir. (Ular) sug’daq, kanjak, arg’ular kabi ikki tilda sozlashuvchilardir; xotanlilar, yo’butlar, va tanutlarning bazilari kabi ikki tilda so’zlaydiganlar va boshqa shaxarlarga borib yurganlar tilida buzuqlik bordir. Bular bu yerlargaso’ng kelganlardir. Men ularning xar birlarining tillarini o’z o’rnida so’zlayman. Lekin jabarqaliklarning uzoqda turishlari tillari bilinmaydi.
Molchinliklarva chinliklarning alohida tillari bor bo’lsaham shaxarliklar turkchani yaxshi biladilar bizlar bilan yozishmalari turkchadir. Yajuj, Majujlar uzoqda turgani orada to va chin yaqinidagidengiz to’sqinlik qilishi tanitijasida ularning tilari xam malum emas. Tubutliklarning tillari alohidadir,shuningdek xo’tanliklarning xam ayrim yozuvlari xam turkchani yaxshi bilmaydilar.
Uyg’urlarning tillari turkchadir, lekin o’zlari bir-birlari bilan so’zlashadigan boshqa bir tillari ham bor. Yozuvda kitobning xatlarini shu yozuv bilan yozadilar. Uyg’urliklarning ham chinliklarning ham yana boshqa bir yozuvlari bor.Kitoblariga idora ishlarini u xat bilan yuritadilar. Chinliklar ba musulmon bo’lmaganlardan boshqalar u xatni o’qiy olmaydilar. Menmen bugacha so’zlaganlarim shaxar xalqlaridir.Saxroiylardan bo’lgan jumularning tillari alohidadir.Ular turkchani xam biladilar. Shuningdek qaj, jabaqu, tatar, basmil qabilalarining xar birining tili o’ziga xosdir. Shu bilan birga ular turkchani xam yaxshi biladilar. So’ngra qirg’iz, qipchoq, og’iz, tuxsi, jag’ma chirll, va bashg’irt tillari faqat turkchadir.
Tillarning yengil o’g’uzcha, eng to’g’risi yaxshisi-jag’ma, tuxsi kabilarning tili va shuningdek ila(ili) ertish(irtish0 jamar etil vodilaridan uyg’ur shaxarlarigacha bo’lgan joylarda yashovchilarning tilidir.Balasog’unliklar sug’dcha va turkcha so’zlaydilar tiraz (talos) va Madjhatulbajza shaxarlarining xalqlari sug’dcha xam turkcha so’zlaydilar ispijab (ispijob – xozirgi chimkent) dan to balasog’ungacha bo’lgan arg’u shaxarlarning xamasida yashuvchilarning tilida ham kamchlik bor.Shaxar o’rtasida turuvchilar xoqoniy turkchasuda so’zlaydilar.rumdan mochungacha bo’lgan turk shaxarlarning xamasining boyi besh mingdan sakiz ming farsagacha yetadi. Bu shaxarlar o’rnini aniqlash maqsadida ularning xamasini yer shaklidagi doirada ko’rsatgandim.
3.tilda va laxjalarda bo’lgan farqlar xaqida. Tub so’slarda o’zgarishlar kam bo’ladi. So’zlardagi o’zgarish xarflarda, bazi xarflarning almashuvida, tushunuvidadir. Masalan zo bilan boshlangan ot va felarning bosh xarfini o’g;iz xam qipchoqlar alif yoki zo ga aylantiriladilar.Xozir qo’ylar turadigan joy- qo’ton, qoromol boqiladigan joy esa og’il deyiladi. Shundayin, qadimda ota-bobolarimiz otlar saqlanadiganjoyni ,,aran’’ tarzida alohida nombilan atagan ekanlarki, buni asrlar davomida unitibmiz. ,,devonu lug’otit turk’’ da yiqining tarbiyasi kasaliklari yoshi va rangi xususida xam puxta izoxlangan.Masalan bugungi kunda yoli va quyrig’i oq otlar ,,oqyol’’ deb aytiladi. Qoshg’ariy zamonda ajdodlarimiz bunday tusli otlarni ,,jang’il’’ degan ekan.Sherlarda shunday keladi:
Biligni irdadim, Bo’guni uzurdim, Ozimni azirdim, Jalg’il atim jazlinur. Mazmuni: ilmu donishni istadim.Ilmli, donishmandlarni qidirdim.o’zimni odamlar orasidan ayirdim.Buning uchun oq yolli otim yechiladi.,, Yetilgan’’ so’zi ,,Otlarda bo’ladigan bez kasaligi. U yorilib tuzaladi’’ tarzida izoxlangan. Qiziq tomoni bugun bu ibora unitilib, o’rniga forscha ,,xunom yoki xuunom’’ dan yasalgan ,,huxuno’’ so’zi ishlatiladi. Toshkent shevasida ,,jazliq’’ surxondaryoloiklar shevasida ,,jaxannik’’ samarqand laxjasida ,,jaxaldirik’’ deb yuritiluvchi egarning tagida o’riladigan qo’shyostiq shaklidagi ot abzali ,,Devonu lug’otit turk’’ da ,,azrim’’ deyilgan .Uzangining ikki yonidagi qayish bog’ichi ,,qismak’’ deb qayd etilgan.bugun uning o’rniga ,,uzangibov’’ ishlatiladi.
Xuddi shunday, ,,iqilach’’ termini xam bugun istemoldan chiqqan ,,sho’x uchqur ot’’ manosini beruvchi ushbu so’z shaxrida ,,alp yorig javritma, iqilach arqasin jag’ritma-botirlarni ranjitma ba xolsizlantirma, uchqur ot orqasin yag’ir qilma’’ degan maqolning keltirilishi oz zamonida iqilach otlar noyob bo’lganini tasdiqlaydi.
,,Dvonu lug’atit turk’’ shubxasiz tomiri ko’p ming yiliklarga boradigan turkiylar yelqichiligi sirlarini inkishof etadigan nodir manbadir. Bugungi kunda biz yosh avlodlarning gardanimizdagi vazifa asarni chuqur o’rganishdan iborat. Ana shunda xalq yiqichiligining teran ildilariga yaqinlashuvimiz osonlashadi.
Oq jilan- o’q ilon, o’zini odamga otadigan ilon. Uva- chaqiruvchiga nisbatan javob tariqasaida ,,ha’’ deb aytilgan so’zdir. Uqa-kafillik, kafolat. Aj-to’q sariq rangdagi bir ipakkiyimlik. Ilk-oldin, avval ot- o’t, olov.
Av- av (chitkaron qishloq shevasida).
Egildi –egildi(qishloq shevasida
Egdi (qishloq shevasida)
Aridi- aridi (qishloq shevasida)
Eskirdi( eskirdi qishloq shevasida)
Baqirdi baqirdi (baqirdi (adabiy tilida ,,baqirdi’’ ovozini balandlanim gapirdi baqirdi qishloq.
Bezadi bezadi(qishloq shevasida.
Beladi beladi (qishloq shevasida.
Berdi berdi (qishloq shevasida)
Bichdi- bichdi (bichdi) yoki bichti shaklida qishloq shevalari)
Ilindi ilindi (qishloq shevasida.
Satil- chelak paqir.
Lali-lagan tavoq tarelka
Bu so’zlar ham Samarqand shevasiga xos.
Qapi- eshik
Uchak-tom
Taka-yostiq
Kadi-xorazmda yigitlar yaxshi ko’radigan qizni shunaqa deyishadi.
Bol-asal
Nichik- qanday.
Gashir-sabzi
Xozirchi eslaganlarim shu. Yana esimga tushsa yozaman Inshaalloh.
Ona-nana
Buvi-bibi
Buva- bobo
Handalak-zomicha
Shovla-sho’la
Suzma-chhakka.
Bularham Samarqand shevasi bilan o’xshash.
Etak-etak
Etuk-etik
Etuk- xikoya ertak; birormaqsandi shoxga bildirish xikoya qilish ucgun xam bu so’z qo’lanadi.
Asli bir narsani xikoya qilishda olingan.
O’lug-o’lik
Uluk-xissa qismat nasiba(yumshoq talafuz qilindigan u bilan)
Ilik-ilik (o’zgacha) boshqa bir turklarda jilik-yilik) deydilar.O’g’uzchadagi xarfi o’rniga almashadi.
Ekim-ekishlik.
O’kum-to’da
Jarmaq-bir to’da tanga.
O’lim-ulim
Alim-odamlardagi olasi narsa oladigani qarzi bu so’z shu maqolda xam kelgan.
Alimch-arslon
Barimchi-sichg’an qarz beruvchi (puldor) xujum qilishda go’yo arslon qarzdor esa qo’rqiv vaxima bosgandan sichqon kabidir.
Atan- axta qilingan tuya;shu maqolda xam kelgan atan ash bolsaa achqa az qo’runo’r-atan (axta qilingan tuya)ning yuki oziq-ovqatlar bo’lsa ham och odamga oz ko’rinadi.
Uchun- sababni bildiruvchi so’z
Udui- xatan shaxrining nomi xo’tandaturuvchilarga xam udun deydilar
Azin-boshqa bo’lak
Eran- erlar erkaklar erkaklar.bazan ko’plik shaklida shunday qo’laniladi.
Egin-egin elka kift
Ekin- ekin ekin ekiladigan er (ug’uzcha)
Ekin- eni bir yarim qarich bo’y to’rt gazlik bo’zlikbo’z
O’kun-pul (tangachaqa) gul va boshqa narsalar to’dasi yumi. Biryerga to’plangan tuproq yumiga to’dasi
Alin –peshona
Ukak- sandiq.
Ukak- shaxar devorida urush uchun tayorlangan burjlar.
Ilal- xa albatta xaqoniylar laxjasida amirlar beklar ucg=hun ishladi
Avut-xovuch azut tarzida xam talafuz qilinadi.
Ujuk-tepaga o’xshash balandlik tepalik joylar.
Aja-kaft
Uja- qish uyasi ini
Aba-ona (o’g’uzcha) qarluq turkmanlari qatiq bilan aoa deydilar
Uza-o’tgan asirlar
Ini-ini kichik birodar uka.
Anit-flamingo g’zga o’xshash pushti rangli bir qush.
Anut- sharob quyadigan voronka idish
Anar-,,unga demakdir
Anar- ajdim unga aytdim.
Onur-g’or
Azg’ir- ayg’ir
Erko’z erima suv
Arkish-yurtidan uzoqa ketgan bir kishiga yuborgan xabar yetkazuvchi odam
Alqish-olqish maqtash duo qilmoq
Otrug’- orol jazira
Atlig’-otliq odam
Artig’- xotinlat kiyadigan nimcha
Ortoq-o’rtoqivriq- ko’zacha
Ernak- barmoq
O’mzuq –egarning oldi va orqa tamonlari
Ustun-ust baland
Ishg’in- ravoch
Inak –sigir
Aqru-sekin arqu-arqu- sekin sekin
Ajban- kal
Erinan-bo’ydoq
Axsaq-oqsoq cho’loq
Artaq- buzuq buzilgan
Og’loq- uloq
Archi-sumka
Asra-quyi ost
Echku- echkiuragut-xotin
Aramut bir joy nomi
Arg’ag’- baliq tutadigan qarmoq
Uchirg’an- o’chradigan.
O’tkunch- hikoya
4.Uzoq sharqdagi qarindoshlar.Mahmud Qoshg’ariyning ,,Devonu lug’tit turk” asarini varaqlar ekanmiz,taraqiyot tezlashib glabalashuv jadalasjgani sayin bu kitobning qadr-qimati oshib borayotganni xis qilamiz. Faqat o’zbek yoki turkiy tillarni emas balki barcha oltoy tilarinitadqiq etishda.Faqat o’zbek yi=oki turkiy tillarni emas balki barcaha oltoy tilarini tadqiq etishda ,,Devonu lug’atit turk’’ nodir manba va zifasini o’tashga ishonaman.Malumotlarga qaragandxoziryer yuzining 400 miliondan ortiq oholisi shu oilaga mansubtillarda so’zlashadi.O’zbekchava korescha o’rtasida moorfologik va fonetik o’xshashliklar,so’zyasalishv amazmun jixatidan yaqinlik mavjudligi shundan.
III- xulosa
1.,,Devonu lugatit turk’’ o’zbek shevalari tahlili.asrdagi o’zbek shevalri haqida malumotlar juda ko’p bo’lib asrdagi sheva oid so’zlar juda qiziq.Chunki ota bobolarimiz davridagi tilini ularning hayotiy kechinmalarini yashash tarzini bilishga katta yordam beradi deb o’ylayman. Asarda eskiy turkiy qabila larning nomi ularning yashash tarzi tabiat muhiti xaqida judda keng yoritilgan.Mahmud qoshg’ariy asarda turk qabilalrini yashash tarzini o’rganim chiqish yo’lida juda ko’p va samarali xarakat qilgan.asar bizga o’z imizning buyuk tariximiz xaqida zo’zlar ekan.
2.asarning bugungi kundagi ahamiyati.,,Devonu lug’atit turk’’ ning adabiy qiymati xam binixoya kattadir.Unda uch yuzga yagin sheriy parcgha va juda ko’p maqollar matalllar xikmatli so’zlar bor bo’lib kitob aftori ulrdan so’zlarning lug’aviy manosini izoxlashda bir ko’rgazma sifatida foydalaniladi.Bu xaqida Mahmud Qoshg’ariyning o’zi ,,men bu kitobni maxsus alifbo tartibida xikmatli so’zlar sajilar maqallar qo’shiqlar rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalr bilan bezadim”-deydi.Mahmud Qoshg’ariy Alp Ertunga (Afrosiyob) iskandar ba boshqalar xaqida xalq orasida mavjud bo’lgan ayrim afsona va rivoyatlatni ham bayon qiladi.
Shu bilan birga Mahmud qoshg’ariyning yo’l yo’lakay bo’lsa xam bazi bazi adabiy janrlar xaqida malumot beradi Buboshlang’ich tarzda bo’lsa ham o’sha davrlarda adbiyot nazaryasiga doir ayrim masalalarning ilmiyasoslardao’rganilgani va malum qoydalari yaratilgani ko’rsatadi.
Garchi ,,Devonu lug’atit turk’’ dagi adbiy asralarning vujudga kelish xronologiyasini qatiit belgilab bo’lmasa xam lekin ularning mazmuni tili va uslubiga qarab yartilgan davrni faraz qilish mumkin.Ko’pgina adbiy parchalarda qabilalarning juda qadimiy patraxal xayoti iptidoi jamoa qoldiqlari tabiat xodisalariga nisbatan primativ qarsh (Masalan animizim) ifodalanadi xamda ularga islom dini aqidalalarning izi ko’rinmaydi, arabcha so’zlar ishlatilmaydi. Bunday asarlar Mahmud mud qoshg’ariy davridan beri ancha ilgari vujudag kelib og’izdan-og’izga avloddan-avlodaga o’tib saqlangan.
Shunga ko’ra biz ,,eng qadimgi adabiy yodgorliklar’’’ qismida ,,Devonu lug’atit turk’’ orqali yetib kelgan qo’shiq va lirik sherlarning ayrim namunalari bilan tanishdik.
Biroq shu bilan birga ,,devonu lug’atit turk’’ dagi adabiy asarlarning ancha qismi shubxasiz keyingi davrlarda vujudag kelga.ayrim adbiy parchalarda keskinroq tus olgan ijtimoiy-sinfiy zidiyatlarning ravshanroq ifodalanishi xotin-qizlarga nisbatan feodeal-aristogratlarga munosabatlari aks etishi til va uslubiy ayrim yangiliklar ana shuni ko’rsatadai.,,devonu lug’atit turk’’ asari adbiy namunalarning ko’pchilik qismi mexnatkash tabaqalarning badiy ijodiy masalalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |