Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi fakulteti


Muhojirlikdagi fors nasrida ayollar ijodi



Download 85,35 Kb.
bet12/15
Sana20.09.2021
Hajmi85,35 Kb.
#179748
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Diplom oxirgi zamira

2.2. Muhojirlikdagi fors nasrida ayollar ijodi
Ayni vaqtda fors millatiga mansub boshqa mamlakatlarda o‘z ijodiy faoliyatini yuritayotgan ayol ijodkorlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ularning ijodiy namunalari muhojirlikdagi fors hikoyanavisligining ajralmas va betakror qismidir.

Hozirda AQSHda istiqomat qiluvchi eronlik adibalar Sahar Delijoniy, Ozar Nafisiy, Ruyo Hakakiyan, Shahmush Parsipur; Fransiyada istiqomat qiluvchi Marjon Satrapiy, Maryam Majidiy, Laylo Zangoniy va boshqa ko‘plab yozuvchi ayollar muhojirlikdagi fors nasri, xususan, hikoyanavisligiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda. Ular orasida dunyo tomonidan tan olingan va olinayotgan Zo‘yo Pirzod, Mashhid Amirshohiy hamda Mahrnush Mazoreiylar ijodiga alohida to‘xtalib o‘tar ekanmiz, bu adibalarning ijodida fors mentalitetiga xos bo‘lgan elementlarni ko‘plab uchratishimiz mumkin.

Hozirgi zamon xorijdagi fors adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri Mahshid Amirshohiy 1937-yil 9-aprelda Eronning Kirmonshoh shahrida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Fransiyada istiqomat qiladi. Otasi Amir Amirshohiy sudya, onasi Mo‘vlud Xonlariy siyosiy faollardan bo‘lgan. Amirshohiylar oilasi ko‘pgina siyosiy arboblar bilan do‘stona aloqada bo‘lgan. Abdulsamad Kombaxsh , Nuriddin Kiyonuri , Maryam Firuz va boshqalar Amirshohiylar oilasining doimiy mehmonlari edi

Mahshid o‘z ijodini juda erta boshlagan va yosh bo‘lishiga qaramay uning yozuvchilikdagi mahorati adabiy tanqidchilar e’tiboriga tushdi. O‘smirlik chog‘laridan sarguzasht asarlar yozishni boshlaydi va ilk ijodiy ishlarini Franklinda ekanligida nashr ettiradi. 1960- yillar boshida adabiy asarlar tarjimasi bilan ham qiziqa boshlaydi va bo‘sh vaqtlarida tarjima bilan shug‘ullanadi. Ilk bor Jeyms Terber asarini ingliz tilidan fors tiliga tarjima qiladi. Ana shundan so‘ng u badiiy va ilmiy tarjimalar bilan shug‘ullana boshlaydi. O‘z hamkasblari bo‘lmish Nuriddin Zarin Kalak va Parviz Kalantari yordamida bolalar kitoblari nashr etish dasturiga hissa qo‘shadi. U bolalar va o‘smirlar uchun ham ko‘pgina kitoblarni tarjima qiladi. U Pennisilvaniya oliygohida o‘qib yurgan kezlarida o‘zi haqida quyidagicha bayon qiladi: “Mening birinchi hikoyalar to‘plamim 15-17 yoshlarimda yozilgan.” 1966-1970 yillarda Mahshid Amirshohiyning “Kucheye bombast”, “Sare bibi xonum” kabi beshta hikoyalardan iborat to‘plami yoziladi. Ularning uchtasi gazetalarda nashr etiladi. Amirshohiylar oilasi islom inqilobi g‘alabasidan so‘ng Fransiyaga ko‘chib ketadi.

Uning o‘tkir, rango-rang, ravon, ta’sirchan uslubi zamon chizgilarini to‘laqonli ochib berishga qaratilgan. Uning asarlari muvaffaqiyatining bosh sababchisi ulkan so‘z boyligi, xalqona samimiylikdir. Tanqidchilar adiba hikoyalari muvaffaqiyati – yumorda aks etgan uslubni alohida ta’kidlaydilar. Eronning taniqli yozuvchisi Jalol Sattoriy aytganidek: “Mahshid Amirshohiy bizning eng yaxshi hikoyanavisimizdir. Uning hikoyalaridagi haqiqat hissi xoh yaxshi, xoh yomon bo‘lsin o‘quvchini ushbu haqiqatni tan olishga majbur etadi. Mening fikrimcha yozuvchi uchun bundan katta yutuq yo‘q”. “Oyandegon” gazetasining badiiy rahbari Parviz Najibiy esa adibaga shunday ta’rif beradi: “Amirshohiy bolalikning rango-rang kunlarini tasvirlashda o‘zgacha qobilyatga ega. Uning bolalik tasavvuri va bolaligi barhayotdir”.

Uning asarlarida insoniylik tushunchasi bosh g‘oya bo‘lib qolaverdi. Shuningdek, musulmon davlatlarida dindan holi bo‘lgan demokratik ruhni qo‘llab-quvvatlash uning asarlari leytmotivini tashkil etadi. Mahshid Amirshohiy hajviy-yumoristik hikoyalar yozuvchisi sifatida o‘zining yorqin qirralarini namoyon eta olgan. U yumorni o‘ziga xos tarzda talqin etadi. Uning asarlarida hayotning zarbalari, og‘irligi shunday yumorga olinadiki, o‘quvchi ushbu kulgini juda yengil va samimiy qabul qiladi. Fors adabiyotidagi hajviy-yumoristik hikoyalar janrini Mahshid Amirshohiy asarlarisiz tasavvur qilish qiyin.

Uch tilda chop etilgan (ingliz, fransuz, fors) “Hezar Bisheh” to‘plamida adiba o‘zining tanlangan ma’ruzalari, intervyu va maqolalarini jamlagan.

Mahshid Amirshohiy asarlaridagi xilma-xillik ularni biror turga tasniflash imkonini murakkablashtiradi. Uning qahramonlaridagi kuch va qat’iylik Erondagi adabiy va siyosiy soha vakillari, Eronning ziyolilar qatlamiga birday ta’sir etdi va ularning hayratiga sazovor bo‘ldi. Uning bu sobitqadamligi va vazminligi muhojirlikdagi Eron xalqining ham jo‘shqin olqishiga sabab bo‘lgan. U o‘sha paytda sodir bo‘lgan va xalq qahriga uchragan voqealarni yozishda hech ham ikkilanmadi.

Mahshid Amirshohiy hajviy-yumoristik hikoyalar yozuvchisi sifatida o‘zining yorqin qirralarini namoyon eta olgan. U yumorni o‘zgacha talqin etadi. Uning asarlarida hayotning og‘ir zarbalari shunday yumorga olinadiki, o‘quvchi ushbu kulgini juda yengil va samimiy qabul qiladi. Fors adabiyotidagi hajviy-yumoristik hikoyalar janrini Mahshid Amirshohiy asarlarisiz tasavvur etish qiyindir.

Mahshid Amirshohiy hajviy hikoyalari mavzusini o‘zi yashagan davrning turli ijtimoiy-siyosiy, tarbiyaviy va madaniy hayot muammolaridan olgan bo‘lib, hikoyalardagi g‘oya tasvir etilgan kishilarning psixologiyasi, taqdiri, voqealarning mohiyati ichiga singib ketgan. Mahshid Amirshohiy qalamiga mansub “Adde” hikoyasi "کوچه ی بنبست" hikoyalar to‘plamidan joy olgan. Umuman olganda, fors adabiyotida satira va yumorning ildizlari juda qadim davrlarga borib taqaladi. Bu hikoyada yumoristik kulgi yuksak darajada ifodalanganligining guvohi bo‘lamiz.

Har bir ijodkor qalam tebratar ekan badiiy ifodani mazmunan quyuqlashtirish, uni his-hayajonlarga yo‘g‘dirish uchun so‘z salohiyatiga tayanadi. Har bir so‘z shakl-shamoyili, rang-bo‘yog‘i, o‘z salmog‘i va ohangiga ega. Yozuvchi ixtiyorida bir necha vositalar mavjud bo‘lib, bu vositalarning eng muhimi badiiy-tasvir vositalaridir . Zero, Mahshid Amirshohiy ham o‘zining “Adde” hikoyasida tasviriy vositalar yordamida o‘zi tasvirlayotgan narsa-hodisalarning ba’zi bir tomonlarini, yoki belgisini aniq va qisqa xarakterlab berishga erishgan. Yozuvchi har bir hodisani aks ettirganda, uning muayyan sharoitda muhim hisoblangan sifatini ajratib ko‘rsatadi.

Ushbu asar sodda tilda hikoya qilinadi. Hikoya bosh qahramon Hasanning oila a’zolari turmush tarzini hikoya qilishdan boshlanadi. Hasan otasidan erta yetim qolgan, hayot qiyinchiliklarida toblangan yigit. Uning onasi zodagon oilalar uchun liboslar tikadi. Singlisi ham qo‘li kelishib qolganidan so‘ng onasiga yordamlashadi. Hasan esa tayyor bo‘lgan liboslarni o‘z egalariga yetkazish bilan shug‘ullanadi. “Adde” hikoyasida kishilar, voqea-hodisalar ustidan yengil, do‘stona, beg‘araz kulguni ko‘rishimiz mumkin.

Yozuvchi umumxalq tilidan foydalanar ekan umumodatlangan normadan og‘adi(ya’ni, til unsurlarini odatdagidan o‘zga shakl, ma’no, tartib, munosabat va shu kabilarda qo‘llaydi). Natijada asarda tasvir jonli va to‘laqonli bo‘lishi, ifodaviylikning kuchayishi ta’minlangan.

Yozuvchining umumxalq tilidagi leksik vositalardan ko‘p o‘rinlarda foydalanganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin:

حتی وقتی که حسن خیلی کوچک بود مادرش از یکدندگیش شکایت خیال میکنه از دماغ فیل افتاده.

22"اگه بابا ننه شو ندیده بود داشت می گفت ادعاش می شد پسر اترخان رشتیه"

Hatto Hasan juda kichikligida onasi uning burni osmonda ekanligidan shikoyat qilardi. Doim derdi: “Buncha o‘zingni katta olasan, agar ota-onangni ko‘rmaganingda O‘to‘rxonning o‘g‘liman deb da’vo qilarmiding.”

Yozuvchi xalqchil, hammaga tushunarli tarzda sodda xalqning tilidan foydalanib, asar qahramonlarini jonlantirgan. Umumxalq tilidagi so‘zlar o‘zlarining nominativ holatida ham tasviriylik va ifodaviylik imkoniyatlari jihatidan farqlangan. Ya’ni, ijodkor ifoda va tasvirni so‘z ma’nosiga daxl qilmagan holda, mavjud so‘z xazinasidan “so‘z tanlash” hisobigagina kuchaytirgan.

Adabiy tilda kam qo‘llaniluvchi dialektizmlar badiiy asarda joy koloritini berish uchun qo‘l kelgan.

در خانواده اده فقط مادر حسن تهرانی بود. خود اده در قزوین به دنیا آمده بود و پدر در پدر هم قزوینی بود. اما فارسی را یک درجه غلیظ تر ازتهرانی ها به لهجه تهرانی صحبت می کرد. داشتن لهجه تهرانی برای اده در حکم داشتن سواد و خانواده و تمدن بود. کسانی را که به لهجه شهرستانی حرف می زدند زیاد جدی نمی گرفت23



Addening oilasida faqat Hasanning onasigina Tehronlik edi. Addening o‘zi Qazvinda dunyoga kelgan ota-bobosi ham qazvinlik edi. Ammo forschda tehronliklardan g‘alizroq darajada Tehron lahjasida gaplashar edi. Tehron lahjasida so‘zlash Adde uchun madaniyatli oiladan chiqqanlik va savodlilik darajasini bildirar edi. Shahristonliklar lahjasida gapirganlarni jiddiy qabul qilmas edi.

Muallif ushbu tasvirdan so‘ng ba’zi dialektizmlarni qo‘llashga o‘tadi:

بعد صحبت های پیر کرمانشاهی را با لهجه ای مخلوط از قزوینی و ترکی و کلیمی بازگو می کرد و اعتقاد داشت لهجه کردی را تقلید می کند. "اگه زنده اس خدا عمرش بده اگه مرده خدا رحمتش کنه مرد بود و پای قولشوایستاد آب دسش بود زمین گذاش و تا دس منو به ضریح نرسوند جواب خوش نکرد شبونه از سرحد ردم کرد. پلی که ازم گرفت از شیر مادر حلالترش باشه24"

Keyin Piri Kirmonshohiyning so‘zlarini adabiy til, turkiycha va qazvincha lahjalarni aralashtirib gapirib berardi. “Agar hayot bo‘lsa, umri uzoq bo‘lsin, agar vafot etgan bo‘lsa Xudo rahmat qilsin. Mendan olgan puli ona sutidan ham halol bo‘lsin”.

Ushbu satrlar fors tili lahjalarida yozilgan bo‘lib, og‘zaki nutq elementlari yaqqol namoyon bo‘lib turibdi. Bu esa asarning yanada jonli bo‘lishini ta’minlaydi. Hudud kishilarigagina xos bo‘lgan jihatlar(urf-odatlar, tasavvurlar, aqidalar) ham mavjudki, bular birinchi galda sheva tilida o‘z aksini topadi. Shunday ekan, asarda tasvirlanayotgan hududga xos bo‘yoqlarni berish, unda harakatlanayotgan personaj xarakterini to‘laqonli badiiy talqin etish uchun dialektizmlardan foydalanish zarurati yuzaga kelgan.

Mahshid Amirshohiyning “Adde” hikoyasida badiiy obraz konkretlilik xususiyatiga ega. Asardagi personaj konkret muhitda harakat qiladi. Muhitga mansublikni ifodalashda argo va jargonlarning ahamiyati katta. Yozuvchi aynan shu xususiyatni asar qahramonida bo‘rttirish orqali, yumorni yuzaga keltira olgan. Hikoyada foydalanilgan argo, jargonlar personaj nutqini individuallashtirish, ruhiyatini ochish va umumiy qiyofasini yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etgan.

اده چون چند کلاس درس خوانده بود اصرار داشت کتابی و لفظ قلم حرف بزند. کلمات قلنبه را گاه به جا و غالبا نا به جا چاشنی صحبت هایش می کرد. اهل محل و مستخدمین دیگر برای اینکه اده حرف های می زد که آنها نمی فهمیدند او را وزیر معارف صدا می کردند25.



Adde bir necha sinf o‘qigan bo‘lishiga qaramay kitobiy va adabiy tilda gapirishni talab qilib turib olardi. Dabdabali, balandparvoz so‘zlarni gohida o‘rnida, ko‘pincha noo‘rin qo‘llardi. Yerli aholi va boshqa xizmatchilar Adde gapirganda uning gaplarini tushunmaganliklari uchun uni “maorif vaziri” deb chaqirardilar.

Ushbu sifatlashlar orqali biz qahramonning oliy tabaqa vakillariga kulgili tarzda taqlid qilishini bilib olishimiz mumkin.

وزیر معارف برای اینکه کلمات را وزین تر کند گاه آنها را به کلی تغییر می داد به به گنجه لباس "محکوم" "محکم"بود و "شوخه" "خوشه" در لغتنامه او را مشدد تلفظ می کرد. اگر می گفت "فلان مطلب استبعادی قصدش این بود که "فلان مطلب ابعادی نداره" غالبا واوها را به الف و الف ها را به واو تبدیل می کرد26.

Maorif vaziri” o‘z so‘zlarini yanada salobatli qilish uchun gohida ularni butunlay o‘zgartirib qo‘llardi, masalan uning lug‘atnomasida “xushe”(panja) “shuxe” tarzida yoki “mahkam” “mahkum” tarzida talaffuz qilinar edi. “Eshkof” (shkaf) esa “eshqof” libosiga burkanardi. “Baroat” (sha’bon oyining o‘n beshinchi kuni) va “qo‘dum” (kelish) so‘zlaridagi undoshlarni ikkilantirib talaffuz qilardi. Ko‘pincha vov harfini alif bilan va alifni vov bilan almashtirib so‘zlardi.

Bu jumlalar orqali badiiy asarlarda eng ko‘p qo‘llaniluvchi badiiy tasvir vositalaridan biri metaforaga ham murojaat etilgan. Masalan, zodagonlar tilida gapiruvchi Addega “maorif vaziri” laqabining berilishi ham yozuvchi tomonidan o‘ylab topilgan ajoyib topilmadir. “Maorif vaziri” so‘zi bu o‘xshatishga yorqin misol bo‘la oladi. Ma’lumki, o‘xshatish(tashbeh) usuli narsa-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanadi. “Adde” hikoyasida bunday o‘xshatishlarga ko‘plab duch kelishimiz mumkin:

بعد می گفت "با شماره سه خانوم" مترسک سر خرمن دست و پایش را سیخ می کرد و پلک های خواهرم مثل عروسک رویهم می افتاد27.

Uch deyishim bilan xonim ko‘zlarini yumsin” derdi, opam ham qo‘g‘irchoq kabi ko‘zlarini yumib yotardi. Addening tilida hamma shaxslar “Qirq to‘ti”, “Husayn Kurd”, “Amir Arslon” qahramonlari uslubida so‘zlardilar. Adabiy so‘zlarni kattalar uchun asrab qo‘yar, biz bolalarning savodimiz u darajaga yetmaganini bilardi.

Kinoya qahramonlar tilida ham keng qo‘llaniladi.

Bu kinoya ko‘proq konkret hayotiy holatga, sog‘lom mantiqqa asarda antifrazis tasvir predmetiga nisbatan yozuvchi munosabatini ifodalashda ayniqsa qo‘l keladi.

Badiiy so‘z san’ati taraqqiy etib boruvchi estetik hodisa sifatida tabiat, jamiyat, hayot va inson ruhiy olamining turli murakkab qatlamlariga kirib boradi. Alohida o‘zan hisoblangan adabiy jarayon esa ijtimoiy shartlilik, o‘zgaruvchan va turg‘un tamoyillar va adabiy an’analar zaminida rivojlanadi. Badiiy adabiyoti tabiati uchun xos bu vazifani amalga oshirishda estetik ideal tamoyillari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Estetik ideal, uning tarkibiy qismi sanalgan estetik konsepsiya va nuqtai nazar, badiiy uslubi shakllangan ko‘pgina yozuvchilar qatorida Mahshid Amirshohiy ijodiy faoliyatida ham betakror xislatlari bilan ko‘zga tashlanadi. Bu xislatlar yozuvchi yaratgan ko‘plab nasriy asarlar, jumladan hikoyalarida estetik ideal mazmunan va mohiyatan tubdan o‘zgarganida, binobarin, modernlashgan an’anaviy realizm va modernistik yo‘nalishning botiniy hamda zuhuriy tamoyillari orqali namoyon bo‘lganida ko‘rinadi.

Badiiy kashfiyotlar tug‘ilishi bilan bog‘liq murakkab ijodiy jarayonda adib muayyan asarning ko‘tarinki, estetik xislatini kuchaytirish niyatida muhim komponent hisoblangan pafosga me’yorida murojaat qiladi.

Badiiy so‘z san’atining badiiy-estetik tamoyillari bilan ijtimoiy hayot munosabatlari miqyosini belgilashda ikkinchi muhim uzviy jihatni e’tibordan soqit qilmaslik lozim. Gap shundaki, badiiy-estetik qonuniyatlar jamiyat hayotining turli ko‘rinishlariga to‘laligacha suyanib yashamaydi.

Adiba estetik ideali, badiiy mahorati va individual uslubi bilan bir qatorda, aql-u idrok va tafakkur imkoniyatlarini doimiy ravishda uyg‘un qo‘llash, badiiy did va intellektual saviyani muntazam o‘stira boorish orqali ham shakllanayotgan kuzatiladi. Adib turli falsafiy-ijtimoiy, badiiy-estetik va ijtimoiy kategoriyalarni o‘rganish- talqin qilish natijasida olam va odam birdamligining dialektik asoslarini anglaydi, teran tahlil va tavsif yordamida ro‘yobga chiqarilgan adabiy asos bilan falsafiy asos orasida estetik mutanosiblik o‘rnatadi.

XX asr ikkinchi yarmi Eron hajviy nasrining, xususan hikoyachiligining eng muhim xususiyatlaridan biri – uning voqelikdagi noxush, negativ hodisalarni, odamlar tabiatidagi noqobil hollarni fosh etish asosiga emas, badiiy idrok etish asosiga qurilganligidir. Shuningdek, bu davr Eron hajviy hikoyachiligining yana bir muhim xususiyati mazmunning xarakteri bilan belgilanadi. Ma’naviy hayot muammolari bu davr hajviy hikoyalarining bosh mundarijasini tashkil etadi.

Mahshid Amirshohiy hikoyalari tematik jihatdan rang-barang bo‘lib, bolalikning yorqin xotiralari , mehnatkash, oliyjanob, vijdonli va halol insonlar tushib qolgan vaziyat tasviri, ziyolilar taqdiri mavzular yetakchi o‘rin egallaydi. Mahshid Amirshohiy yumoristik asarlarning ijtimoiy ahamiyati yozuvchi tanlagan voqelikning o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Yozuvchi kundalik hayotda deyarli har bir inson to‘qnashishi mumkin bo‘lgan holatlarni tanlay olgan.

Mahshid Amirshohiy biz o‘rgangan hikoyalardagi asosiy xususiyatlaridan yana biri ularda qahramonlarning sodda, oddiy xalqning ijobiy xarakterlarning yaratilganligidir.

Mahshid Amirshohiy hajviy hikoyalari mavzusini o‘zi yashagan davrning turli ijtimoiy-siyosiy, tarbiyaviy va madaniy hayot muammolaridan olgan bo‘lib, hikoyalardagi g‘oya tasvir etilgan kishilarning psixologiyasi, taqdiri, voqealarning va narsalarning mohiyati ichiga singib ketgan.

Yozuvchining hajviy asarlari personajlari sodda, xalqchil va samimiy insonlar bo‘lib, ularning ko‘nglida kiri yo‘q beg‘araz insonlardir. Mahshid Amirshohiyning “Adde” kabi boshqa hikoyalari ham o‘sha davrdagi Eron jamiyatida mavjud bo‘lgan ba’zida odamlar e’tibor bergan, birovlar esa umuman ahamiyat bermagan hayotiy voqealarni o‘z ichiga olgandir. Yozuvchi o‘z xalqi hayotig befarq bo‘lmagan. U oddiy odamlar hayotiga katta qiziqish bilan qaragan va ularning turmush tarzlarini chuqur o‘rgangan. Hattoki, boshqalar bu hayotda ilg‘amaydigan narsalarni u e’tibordan chetda qoldirmagan.

Yozuvchining ushbu hikoyasida bosh qahramon Addening so‘zlari orqali uning qanday xarakterga ega ekanligini bilib olish mumkin.

Muhimi, yozuvchi hikoyaga materialni shunday mohirlik bilan tanlanganki, garchi bu material kichik bir epizod shaklida bo‘lsada, tasvirlanadigan qahramon xarakteri ochilishi faqatgin shu epizodda o'zining eng yorqin ifodasini topishi mumkin. Hikoya qahramonlarining hammasi ham syujetda ishtirok etmaydi biroq yozuvchining mahorati shundaki, hikoyada ishtirok etmayotgan, “orqa plan” datasvirlangan qahramonlarga nisbat berilgan o‘tkir shtrixli ikki-uch xarakteristika ularni janr doirasida xarakter darajasiga ko‘targan. Bu hikoyada birinchi o‘ringa mazmun va syujet taraqqiyoti jarayonida ko‘rinadigan xarakter emas, xarakterlarga singdirilgan yozuvchi g‘oyasi chiqadi.

Yozuvchining ushbu hajviy hikoyasi muallif tilidan hikoya qilinadi. Uni o‘qigan kitobxon hikoyada tasvirlangan voqealarni muallifning o‘zi boshidan kechirgandek qabul qiladi. Mashhid Amirshohiy jahon hajvchilarining sevimli usullari – hajv, mubolag‘a, hazil-mazax, taqlid kabi uslublardan o‘z hikoyasida unumli foydalangan.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Mahshid Amirshohiy XX asr ikkinchi yarmi Eron adabiyotida o‘zining o‘tkir qalami, ijtimoiy munosabatlarga tiyrak nazari va hajviy hikoyachilikdagi favqulodda noyob iste’dodi bilan betakror sahifa bo‘lib qoladi.

Hozirgi kunda muhojirlikda qalam tebratayotgan adibalardan biri bu Zuyo Pirzod bo‘lib, u 1952-yilda Obodon shahrida tavallud topgan va hozirgi kunda Germaniyada istiqomat qiladi.

Zo‘yo Pirzod, asosan, hikoya janrida qalam tebratadigan yozuvchi sifatida o‘z o‘rniga egadir. 1991, 1997, 1998 yillarda “مثل همه عصرها” (“Barcha asrlar singari”), “طعم گس خرمالو” (“Nordon xurmoning ta’mi”), “یک روز مانده به عید پاک” (“Pok bayramga bir kun”) kabi hikoyalar to‘plamlari keng ommaga havola qilindi. Shu bilan bir qatorda so‘nggi yillarda uning romanlari jamoatchilik e’tiborini tortib kelmoqda. “Chiroqlarni men o‘chiraman”, “Odatlanamiz”, “O‘rtamizdagi bo‘shliq”, “Biz aytmaslikka qoldirgan narsalar” kabi romanlari shular jumlasidandir.

Zo‘yo Pirzod ijodi asaosan qisqa hajmli hikoyalari bilan ajralib turadi. Hikoya- hayotning kichik bir parchasini aks ettirganidan, unda bir yoki bir necha hayotiy voqea qalamga olinganidan bu janrda qahramonning ruhiy dunyosi izchil ravishda batafsil yoritish, “qalb dialektikasi”ni bosqichma-bosqich berish imkoni biroz cheklangan. Hikoyaga xarakterlar tayyor holda kirib keladi, shuning uchun ham hikoya janrida psixologik tahlil ko‘proq situativ xarakterga ega. Hikoyada tush, gallyutsinatsiya, maktub singari shakllarni qo‘llash ham ko‘p uchramaydi. Bu janrda psixologik detal, psixologik tafsilotdan foydalanish imkoniyati ko‘proq, portret esa, asosan, shtrixlar tarzida ko‘rinadi. Aynan mana shu elementlar Zo‘yo Pirzod hikoyalarini ham xarakterlashda o‘rinlidir.

Uning “Janob F.ning orzusidagi hayot” hikoyasi o‘zining psixologik tasvir vositalariga ko‘ra boshqalaridan ajralib turadi. Hikoya kichik hajmda.



روزی که آقای ف بازنشسته شد خانم ف برای ناهار شیرین پلو پخت. گلدان بزرگی را با گل های زرد و سفید داوودی پر کرد و گذاشت روی میز ناهاخوری.28

Janob F. nafaqaga chiqqan kuni edi, F. Xonim nonushtaga mazali taomlar tayyorlagan, sariq va oq gullar bilan to‘la katta guldon dasturxonning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turardi.

Yozuvchi hikoya boshlanmasini qahramon hayotining tinch va osuda kunlarini tasvirlash bilan boshlaydi. Bosh qahramonning ayoli nonushtaga alohida mehr bilan tayyorgarlik ko‘rishi, stoldagi gul, bularning barchasi Janob F.ning naqadar baxtli er ekanligi, hikoya davomida uning qizlari dadasini nonushta stolida kutishi esa farzandlardan ham omadi kulganligini ko‘rsatadi. Ammo, shunday bo‘lishiga qaramasdan Janob F.ning ishi uning shunday saodatini his qilishiga to‘sqinlik qilib kelgan. Aslida qahramon o‘zi bexabar bo‘lgan favqulodda baxtli inson. Ammo u ishdan qoniqish hissiyotini qolgan barcha tuyg‘ularidan ustun qo‘yganligi sababli hikoya davomida o‘z hayotidan norozi va o‘tmishdagi ishini qo‘msab, o‘zining o‘tgan kunlariga asir bo‘lgan insonga aylanadi.

Janob F. ishda o‘z mavqeyiga ega xodim sifatida ilg‘or va jamoatchi edi. U nafaqaga chiqqan kunidan boshlab o‘zini keraksizdek his qila boshlaydi. Bu holat hozirgi davrda butun insoniyat ruhiyatida yuz berayotgan yuqumli bir hissiyot desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Adiba globallashuv jarayonida yuz berayotgan ushbu vaziyatni o‘zgacha modernizm yo‘nalishida ochib berishga erishgan. Rivojlangan mamlakatlarda ish, kareyera tobora birinchi o‘ringa chiqib olayotgan davrda hikoya qahramonining ruhiy kechinmalarini tushunish mushkul emas. U ishxonasidagi kayfiyatidan kelib chiqqan holda hayotdagi o‘rnidan mamnun bo‘lib yashayotgan bir paytda nafaqaga chiqish unga katta ta’sir ko‘rsatadi. Janob F. ilk kunlari hovlisidagi kichik bir bog‘cha bilan ovunadi, bog‘ni parvarishlaydi, hovlisi bilan andarmon bo‘ladi, ammo ko‘p o‘tmay bu ish ham o‘z qiymatini yo‘qotadi.

صبح روز بعد آقای ف دیرتر از از روزهای قبل از خواب بیدار شد. یادش آمد که مجبور نیست از رختخواب بیرون بیاید. زیر ملافه جا به جا شد و با پا دنبال خنکی های تشک گشت.29

Tong saharda Janob F. doimgidan ko‘ra biroz kech uyqudan uyg‘ondi. Endi uyqudan barvaqt uyg‘onishi shart emasligi yodiga tushdi. To‘shakdan erinibgina turar ekan sekingina yura boshladi.

Adiba hikoyasining har bir jumlasida bosh qahramonning holatini jonli tasvirlaydi. Hikoya davomida esa uning ichki kechinmalarini yoritishga esa hojat yo‘qdek tuyuladi go‘yo. Chunki qahramonning har bir harakati uning holatini, xarakterini ochib beradi. Yuqoridagi parchada qahramon o‘z-o‘zidan uyqudan uyg‘onadi va shoshilish hissiyotini tuyadi lekin birdaniga endi u erta turishga majbur emasligini eslaydi. Yozuvchi bu jumla bilan insoniyatning naqadar qoliplashib borayotgani, ish, hayot uni o‘z dengizida oqimga qarshi suzishiga imkon bermasdan hatto uning uyqu vaqtini ham belgilaganligi, agarda u o‘sha qolipdan chiqsa o‘zini aybdor his qilish darajasida ijtimoiy qoidalarga tobe ekanligiga va bu vaziyatning naqadar tabiiy holat sifatida baholanishiga ishora qiladi.



فکر بااغچه آقای ف را از رختخواب نیرون کشید. پرده ی کلفترا کنار زد و پنجره ررا باز کرد. باغچه زیاد بزرگ نبود. 30


Download 85,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish