Men kelmadim, kelinim bilan o‘g‘lim olib kelishdi, - yerdan ko‘z uzmadi Mikoyil.”
O‘z kechinmlariga taslim bo‘lgan, qiyinchilik bilan bo‘lgan kurashda “mo‘rtlik” qilgan Mikoyil aqlan xato qilganini sezib, hatto birinchi bor ko‘rib turgan hakimning ham ko‘ziga qaray olmaydi. Aslida yozuvchi bu xulosalarning hech birini asar davomida keltirmaydi, ammo personajning harakatiyoq ularning kechinmalarini kitobxonga tezlik bilan yuqtiradi. O‘quvchi qahramonning aybdorlik hissini o‘zida tuya oladi.
“Mikoyil o‘z uyiga shoshilardi. U itini ko‘rishni istardi…. Ertalab uyg‘onganida it uning boshida o‘tirardi. U itning bo‘ynidan quchoqlab yig‘ladi.
– Bo‘ldi jonivor, endi bunaqa be’manilik qilmayman. – dedi uning paxmoq junlarini siypalab.
It shu zahoti ortiga burildi. Mikoyilning chaqirig‘iga ham qaramay ko‘chaga otildi. Birozdab so‘ng yana paydo bo‘ldi. Og‘zida eski, pishiq arqonini tishlab turardi.
Hikoya ushbu jumlalar bilan yakunlangan va bu tugallanishda sof insoniy muhabbatning, mehr berish va olishdagi shartlarsiz holatning guvohi bo‘lamiz. yana bir o‘ziga xoslik esa yozuvchining ipga ta’rif berar ekan, uning aynan Mikoyil o‘zini osmoqchi bo‘lgan ip ekanligini aytib o‘tmaydi. Bu kitobxonni yanada teranlikka, mushohadaga chorlaydi.
Asarda inson hayotining qadr-qimmati nihoyatda ulug‘lanishi va butun olam unga xayrixoh bo‘lishi voqealar rivoji hamda natijadan anglashilib tuuradi. Mohiyati jihtidan Samad Neknomning ushbu hikoyasida umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lgan elementlarga boy ekanligini ko‘ramiz.
Muhojirlikda yashab ijod qilayotgan yana bir yozuvchilardan biri Zo‘yo Pirzoddir. Uning qisqa hajmli hikoyalari o‘zining falsafiy g‘oyalarga boyligi bilan tahsinga sazovorligi nafaqat Germaniya, balki Eronda ham e’tirof etiladi.
Qisqa hikoyada hayotni keng qamrab olishi, voqealarni jozibali manzaralarda chizib berishi jihatidan adibaning “یک زندگی” (“Bir ayolning hayoti”)21 hikoyasi o‘zigacha yaratilgan boshqa hikoyalardan ajralib turadi. Hikoyaning boshlanishida bir keksa ayolning gullagan daraxtga qarab turishi tasvirlanadi. U daraxt gullariga boqib ularni kuzatar ekan butun hayotiga guvoh bo‘lgan daraxt gullari haqida uzoq o‘y suradi. Ammo hozir doimo gullarining iforidan bahra oladigan, gullarining go‘zalligi hamisha unga quvonch baxsh etgan daraxtning unga qizig‘i yo‘q. U endi bu darxtning yashnashidan zavqlanmaydi. Vaqt o‘tib bormoqda. Ayolning esa tobora madori ketib bormoqda. Har bir inson keksaygan chog‘ida o‘tmish hayotiga nazar tashlagani singari ayol ham shu daraxt bilan bog‘liq o‘tkazgan damlarini bir-bir ko‘z oldiga keltiradi. Ayolning hayoti, uning shu daraxt gullarini ilk bor ko‘rganidan boshlab, o‘zi va oilasining o‘tgan umri-yu, hozirgi holatigacha bo‘lgan damlarni eslab, xotirasida butun bir davr gavdalanadi. Ayolning eng ezgu xotiralari shu daraxt gullari bilan bog‘liq. Shuni ham ta’kidlash joizki, hikoyada daraxt gullari va ayolning o‘tmishi bilan shunchaki birgalikda berilmagan, albatta. Daraxt gullari hikoyada mustaqil ramziy obraz sifatida gavdalanadi. Ayol xarakteridagi ko‘pgina qirralar daraxtning gullashi bilan uyg‘un holda ochila boradi. Daraxtning ilk gullagan kezlari ayolning kelinlik davridagi betakror va shirin baxtining timsoli bo‘la oladi. Ayol yangi kelinchaklik paytida go‘yo daraxt bilan birga gullaydi. Keyingi tasvirlar esa ayolning farzandli bo‘lishiga bog‘lanib ketadi. Umuman olganda daraxt gullari ayolga umri davomida sherik bo‘ladi. Uning har gullagan davida ayolning go‘zal onlari bilan birgalikda, g‘am-anduhlari ham chechak ochadi. Gullar ayolning har bir hissiyotidan xabardor va unga harrohdek go‘yo. Adiba mazkur hikoyaning har bir voqeasida inson umrining bir davrini tasvirlab beradi. Shu qisqa satrlarda butun bir hayot gavdalanadi. O‘tgan umr go‘yo sarhisob qilinadi. Aniq syujetga ega bo‘lmagan mazkur qisqa hikoyada umrbod gullayotgan daraxt – o‘tayotgan umr ramzi. Odam umrining gullayotgan, yangi nihol chiqargan daraxt bilan qiyoslanishi jahon adiblari (Pushkin, Tolstoy va boshqalar) asarlarida va afsona, miflar, ertaklarda ham ko‘p uchraydi.
Xulosa qilib aytganda, “Bir ayolning hayoti” hikoyasida ayol va daraxt gullari orqali, qahramonning ichki va tashqi qiyofasidagi o‘tmish va kelajak, o‘tgan umr va yangi davr tushunchalarining uyg‘unlashuvi, umrning oqar suvdek tez oqib ketishi, hayot esa davom etaverishi namoyon etilgan. Voqealarning qaysi mamlakatda yoki muhitda sodir bo‘lishi ko‘rsatilmagan bu hikoyada asosan umuminsoniy qadriyatlarga urg‘u berilgan. Bu hikoya ma’naviy tus olgan, o‘zida ma’naviy bir maqsadni mujassamlashtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |