Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi fakulteti


Hozirgi zamon muhojirlikdagi fors hikoyanavisligi



Download 85,35 Kb.
bet10/15
Sana20.09.2021
Hajmi85,35 Kb.
#179748
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Diplom oxirgi zamira

Hozirgi zamon muhojirlikdagi fors hikoyanavisligi

2.1. Xorijdagi fors hikoyanavisligida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning aks etishi

Atoqli va favqulodda iste’dodli adiblarimizdan biri hisoblanmish Sh.Xolmirzayevning: “Chamasi, hikoya yozishdan ko‘ra, hikoyaning o‘zini yozish qiyin emas ekan, sababi- hikoyadagi qahramonlar ham, ular xatti-harakati, ana shu harakatdan kelib chiqadigan ma’no ham o‘zingniki bo‘ladi, bularning hammasi, Annenkov aytmish, “qanoting ostida” turadi. Yozganda ham, yozayotganda ham o‘zingni erkin his etasan, nafsilambiri, ruslar “kitob o‘zi uchun javob beradi” deganlaridek, har bir olam sen – yozuvchi – ana shu olam ustida turib, undagi o‘zing “bino etgan sarguzashtlarni, Flober aytmish “insonlar taqdirini kuzatuvchi xudo singari kuzatasan” lekin albatta, ular ishiga hadeb bosh suqavermaysan. Lekin “hikoya” haqida yozish qiyin ekan”19 degan fikrlari mavjud. Uning ushbu gaplari nihoyatda o‘rinlidir. Chunki biror bir hikoyani tahlil qilar ekanmiz, undagi kayfiyatni turlicha his qilishimiz mumkin bo‘ladi. Ayniqsa, bu holat tarjima asarlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi, tarjimalar sonidan qat’iy nazar bir-birini takrorlamaydi. Natija shuki, hikoyalarning tahlili ham o‘ziga xosdir.

Muhojirlikdagi fors hikoyanavisligi bu bir-birini takrorlamaydigan, o‘z qahramonlarining falsafiy-estetik dunyosi bilan farq qiluvchi rang-barang hikoyalardan iborat.

Muhojirlikdagi fors hikoyanavisligida XX asr birinchi yarmida voqelikni tasvirlash metodiga kelsak, eng avvalo, realistik yo‘nalishning ustunligi aniq ko‘rinadi.20

Bu davrda muhojir ijodkor yozuvchilar tezkor va hozirjavob hikoya janriga qo‘l urib, xilma-xil hikoyalar yoza boshladilar. Hikoya tilining go‘zalligi, latofati va soddaligi bilan o‘z ixlosmandlarini topa bordi.

Muhojirlikdagi fors adiblarining hikoyalarini tahlil qilishni, Eronda zamonaviy hikoyachilik janrining asoschisi hisoblanmish, muhojirlikda yashab, ijod qilgan adib Muhammadali Jamolzoda ijodi bilan boshlaymiz. Muhammdali Jamolzoda olti hikoyani o‘z ichiga olgan, “Bor ekan-da, yo‘q ekan” (1924 - 1921 yillar oralig‘ida yozilgan) to‘plamini yozgan va Eron xalqi orasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Eronliklar yangi hikoya janri bilan tanishar ekanlar, ularni qadimiy hikoyatlar bilan o‘xshashligi bois juda yaxshi kutib oldilar. Balki, shuning uchun ham sal oldinroq asosan muhojirlikdagi yozuvchilar tomonidan yozilgan romanlar bilan oshno bo‘lgan eronliklar Jamolzodaning hikoyalarini Abdurahim Tolibov va Zaynalobidin Marog‘aiyning romanlaridan ko‘ra ancha iliq kutib oldilar, Jamolzodaning hikoyalari qahramonlari, odatda, oddiy, besavod, to‘pori xalq vakillari edilar.

Muhammadali Jamolzodaning “Qurbonalining dil dardlari” hikoyasida ma’rifatparvarlik realizmidan tanqidiy realizm tomon siljishlar ko‘zga tashlanadi. Bu hikoyada ratsionalizm mafkurasi , ya’ni Yaratganning ishlariga aqliy tahlil nuqtayi nazaridan qarash yetachilik qiladi. Hikoya o‘zini xudojo‘y qilib ko‘satgan odamlarni fosh qiladi. Adib qahramonlarni o‘z tili orqali fosh qildirish uslubidan samarali foydalangan. Hikoyada Sayyidi Shuhado maddohi – Qurbonalining haqiqiy tabiati ochib beriladi. Yozuvchining uslubi an’anaviy uslubga yaqin. Bu uning jumlalar tuzishida, so‘z san’atlari – talmeh, ritorika, majoz, u yoki bu shoir she’rlaridan misollar, diniy iboralar ishlatishida aniq bilinadi.

O‘z asarlarida realism tamayillarini barqaror etgan yozuvchilardan biri Mahmud Kiyonush 1934-yil Eronning Mashhad shahrida tug‘ilgan. Adabiy faoliyatini 1958-yillarning boshida Sadaf jurnalida o‘z asarlarini chop etishdan boshlagan. 1964-yilda “Marde gereftor ”(“Band odam”) nomli mifologik xarakterga ega bo‘lgan ilk povestini yozadi.

“G‘o‘ssei va qessei” (“G‘am-anduh va qissa”, 1965) to‘plamiga kiritilgan asarlari adibning bolalik xotiralari asosida yozilgan. shundan so‘ng dunyo yuzini ko‘rgan bir qator to‘plamlari, xususan, “Dar injo hich kas nabud” (“Bu yerda hech kim yo‘q edi”, 1966), “Oinehoyi siyoh” (“Qora oynalar” 1970) to‘plamlarining asosiy mavxusidehqonlar qismatidir. bulardan tashqari Mahmud Kuyonushning “Az peleye chehelom” (“Qirqinchi pillapoyadan” 1977), “Balo omad o‘ shifo omad” (“Baxtsizlik keldi va shifo keldi” 1978), “So‘z va sukut” hikoyalar to‘plamlari nashr etilgan.

Hozirgi kunda ham zamonaviy fors adabiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yana bir yozuvchilardan biri bu Shvetsiyada istiqomat qiluvchi shifokor psixolog Samad Neknomdir. Samad Neknom 1963-yilda Eron Islom Respublikasining Ardabil viloyatida tug‘ilgan. U 1994-yilda Bokudagi Ozarbayjon tibbiyot universiteti, 2011-yil Shvetsiydagi Linkoipng tibbiyot universitetining psixologiya yo‘nalishini tamomlagan. Uzoq yillardan beri tibbiy faoliyat bilan birga badiiy ijod bilan ham shug‘illanib keladi. Bir qator kitoblari chop etilgan. Ayni paytda Shvetsiyada istiqomat qiladi.

Samad Neknomning boshqa hikoyalaridan o‘zining tasvir vositalari bilan ajralib turuvchi “Qasd” hikoyasida yozuvchi o‘z kasbidan mahoratli foydalangan holda o‘ziga xos ixcham va ma’no jihatdan keng bo‘lgan asar yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Unda qahramonlarning psixologiyasi voqealar ichida ochilib boradi. Adib o‘z qahramonlarini ortiqcha ifoda, so‘z va harakat bilan qiynamaydi. Asarni bir maromda, mo‘tadil kayfiyatda o‘qish mumkin. O‘z navbatida kishilarning ichki kechinmalari, hissiyotlari oddiy so‘zlashuv uslubidagi so‘zlar bilan ifodalangan. Undagi qiyin so‘zlardan qochish, dialoglardan foydalanish esa asarning tushunarliligini ta’minlagan. Yozuvchi qahramonning ruhiyati, tuyg‘ulariga aralashmaydi. Aynan mana shu jihat esa o‘quvchi imkoniyatini shu qadar kenggaytiradiki, kitobxon personajning ruhiy holatini o‘z tuyg‘ulariga tayangan holatda his qila olishi, o‘zining hayotiy, falsafiy, psixologik va adabiy bilimlariga tayangan holda tahlil qila olishi mumkin bo‘ladi.

Ushbu asar sodda tilda o‘quvchiga yetkazib berilgn. Hikoyaning bosh qahramoni Mikoyilning xotini vafot etgan va uning yagona hamrohi bu uning itidir. Qur’oni Karimning “Naba” surasi 8-oyatida “Biz sizlarni juft qilib yaratdik” deyilgan. Ya’ni bu olamda juftliklar shunday yaratilganki, ularning chegarasi bir ko‘rinmas pardadir, biri tugasa, ikkinchisi boshlanadi. Juftliklar biri ikkinchisini taqazo etadi. Mana shunday vaziyatda barqarorlikning buzilishiga duch kelgan Mikoyil o‘z juftidan beva qoladi va umri birin-ketin mazmunsiz kunlar bilan o‘ta boshlaydi. Shundan so‘ng u farzandi, kelini bo‘lishiga qaramasdan bir necha marotaba o‘z joniga qasd qilishga urinadi. Hikoyaning aynan shu nuqtalari bo‘yoqlardan holi, yozuvchi bu halatlarning hech biriga to‘xtalmay, izoh bermay o‘quvchini o‘yga toldiradi. Natija o‘qirman ziyrak tortishga majbur bo‘ladi. Unda “nega” degan savol paydo bo‘ladi va bu savolga o‘z xulosalaridan kelib chiqib, turlicha javob berish imkoniyatiga ega.

So‘zdan ortiqcha foydalanmaslikasarda katta voqeaning ixcham tarzda shakllanishiga asos bo‘lgan. Adib hikoyada asosan, voqealar rivoji, uning ketma-ketligiga e’tibor qaratadi va izchillikni ta’minlaydi. Kutilmagan voqealarning keltirilmaganligi va asarga chetdan turib baho berilganda jo‘ngina ekanligi hikoyaning hayotiyligini ta’minlay olgan.

Bosh qahramon Mikoyil ikki marta urinishdan so‘ng uchinchi marotaba o‘z joniga qasd qilishni rejalashtiradi. Lekin uchinchi urinishda ham bu mudhish voqea sodir bo‘lmaydi. Bu noxushlikning oldini olgan qahramon esa uning itidir.

Mikoyilning shifoxonadagi holati ham ortiqcha izohlarsiz kitobxon ko‘z o‘ngida jonli gavtalantiriladi.

“ – bolalarimni xavotirga qo‘ydim. Keyin itim ham… unga kim qarayapti bilmadim. Mening tirikligimni ko‘rsin.”

Mikoyil qilgan ishidan bolalari bilan bir qatorda itidan ham qattiq hijolat tortadi. Adib personajlardagi insoniy fazilatlarni ularning xatti-harakati va ifodalarisiz ham, faqatgina ilarning so‘zlari orqali ochib berishga erishgan.

Shu o‘rinda tabiatning insonga naqadar yaqin ekanligini ko‘rishimiz mumkin. “Jannatga kiradigan o‘n nafar hayvondan biri bu “As’hobi kahf”ning vafador itidir” (Hadisi sharif, “Al-jome al -Kabir”) deya marhamat qilinadi hadisi sharifda. Ilmiy asoslangan ma’lumotlarga ko‘ra esa it hayvonlar orasida insonga eng vafodori hisoblanadi. Shariatning maqsadlari jonni saqlash, aqlni saqlash va molni saqlash ekan Mikoyilning o‘z joniga qasd qilishga urinishi bu diniy aqidalarimizga nihoyatda ziddir. Ilmiy jihatdan esa suitsid ya’ni o‘z hayotiga o‘zining xohishi bilan chek qo‘yishga urinish ruhiy nosog‘lomlikni bildiradi. Yozuvchining shu kabi ham ilmiy, ham diniy materiallardan ustalik bilan foydalana olishi uning kasbiy, adabiy va ilmiy mahoratini yaqqol ochib bera oladi.

Asar qahramonlari siz-u biz yashab turgan zamonda, jamiyatda yashovchi oddiy odamlar, ularning hayot tarzida umumbashariy qadriyatlarga xos elementlarni ko‘plab uchratishimiz mumkin. Farzandlarning ota-onaga g‘amxo‘rligi, qariyalarning kamsuqumligi, mehr-muruvvat, kasb egalarining mas’uliyati shular jumlasidandir.

“ – Xo‘sh, Mikoyil og‘a, bu yerga nima uchun keldingiz… - so‘radi hakim boshini jurnaldan ko‘tarib.


1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish