SUG‘D YOZUVI
U meloddan avvalgi III asrlarda oromiy xati negizida shakllangan bo‘lib, melodning XI asriga qadar sug‘dlarning milliy yozuvi sifatida amal qilgan. “Milliy sug‘d yozuvi”ni aslida sug‘dlar ishlatgan. Uzoq tarixiy birodarlik, qo‘shnichilik va birga yashash ta’sirida undan turklar ham foydalangan. Lekin “milliy sug‘d yozuvi”dagi turkiy bitiglar oz.
Kezi kelganda, sug‘d yozuvi madaniyati O‘rta va Markaziy Osiyo xalqlarining yozuv madaniyatiga ham ta’sir ko‘rsatgan edi. Uyg‘ur yozuvining negizi ham sug‘d yozuviga tutashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |