BRAHMA YOZUVI
Brahma xati bo‘g‘in yozuvi bo‘lib, qadimgi sanskritcha alifbo negizida shakllangan. Turon yurtiga buddizm ta’sirida kirib kelgan. Brahma xatini turk budda jamoalarigina qo‘lladi, qolganlar o‘z yozuvida qolaverdi. Shunisi borki, buddizmni qabul qilgan turklar o‘zining milliy yozuvidan ham kechgani yo‘q. Ular o‘z tillariga o‘girilgan budda asarlari uchun uyg‘ur yozuvidan ham foydalangan. Buning sababi, turkiy xalqlar uchun bo‘g‘in yozuvidan ko‘ra o‘zlarining fonetik alifbolarini qo‘llash qulay edi. Shuning uchun ham qadimgi turklar orasida brahma xati keng yoyilgan emas. Uning yodgorliklari ham shunga yarasha oz.
Do'stlaringiz bilan baham: |