, .
Muhim belgilaridan biri, unlilar, asosan, birinchi bo‘Іinda yoziladi, singarmonizm qonuniga ko‘ra keyingi bo‘Іinda hosil bo‘luvchi unli yozilmaydi.
Undoshlarni ifodalovchi harflar uch guruhga bo‘linadi:
1. Yozuvda undoshlarning fonetik juftini bildiradigan harflar: B – b, b – b', x – ğ, g – g, D – d, d – d', J – y, j – y', Q u I – q, k f F – k, L – l, l – l', N – n, n – n', R – r, r – r', S – s, s – s', T cv– t, t – t'.
2. Yozuvda undoshlarning yo‘g‘on va ingichka variantlarini farqlamaydigan harflar. Bular: z – z~z', m – m~m', h – ŋ~ŋ', p – p~p', c – č~č', Y – š~š', # – ñ~ ñ'.
3. Yonma-yon kelgan qo‘sh undoshlarni bildiradigan harflar: P – lt~l't', O – nt~n't', W – nč~n't', n – rt~r't'.
Ko‘k turk yozuvi qadimgi turkiy tilning fonetik-fonologik, morfo-fonologik xususiyatlariga moslashgan edi. Buni yozuvning turkiy singarmonizm (unlilar uyg‘unligi) qonuniga bo‘ysunganligida yaqqol kuzatish mumkin. Yozuv belgilari so‘zning fonetik-fonologik tabiatini anglatib turadi.
Ba’zi undoshlar qanday unli bilan yondosh kelayotgani, bo‘g‘inning holatidan kelib chiqib, turli harflar yordamida ifoda etilgan. Masalan: [q] tovushi -ïq , -qï morfo-fonologik ko‘rinishida I, -aq, -qa holatida Q, -uq, -oq, -qu, -qo holatida u harfi bilan yoziladi. Ayni hodisani [k] tovushining ifodasida ham kuzatamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: